Javob: Iso va Iuda.
Izoh: Bu yerda gap Leonardo da Vinchining “Tilsimli kecha” suratidagi Iso va 13 ta havoriylar
haqida ketmoqda.
337-savol: 100 metrlik metall sterjen 1 daraja isitilganda 1 mm ga uzayadi. Toshkentda harorat
yil davomida o‘zgarib turadi. Shu sababli metall haroratining 15 gradusdan 65 gradusgacha
qizishini hisobga olsak,uning balandligi taxminan 15 sm ga o‘zgarib turadi. Uni ayting.
Javob: Toshkent teleminorasi.
338-savol: Odatdagi asalarilar oilasi bir mavsumda 50-60 kilogrammgacha asal va 1-
1,5kilogramm uni berishi mumkin. U nima?
Javob: Mum.
339-savol: O’zbekistonda davlat muhofazasi ostiga ularning 319 tasi olingan, ulardan ko‘pchiligi
Farg‘ona vodiysida,Samarqand,Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridadir.Ulardan ayniqsa
ehtiromga sazovori Vodilda bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari 800, 35, 8 ga teng.U nima?
Javob: Chinor (800 yosh,bo‘yi 35 m,qalinligi 8 m).
340-savol: Bu narsaga nisbatan non 3 marotaba,sigir suti 10 marotaba kamroq to‘yimlidir.
Kaloriyaviyligi bo‘yicha unga hatto cho‘chqa yog‘i ham bas kelolmaydi. U nima?
Dostları ilə paylaş: |