Javob: Ot.
287-savol: Rimliklar gallarni masharalab, ularni bir nom bilan ataganlar, chunki gallar
dubulg‘alariga o‘sha narsani qadab yurar edilar. Ular nima qadab yurishgan?
Javob: Xo‘roz patini.
Izoh: Shuning uchun yunonlar gallarni «xo‘roz» deb masxaralashar edi.
288-savol: Miloddan avvalgi 279 yilda Epir podshosi Pirr qo‘shinlari Adriatika dengizi sohilidagi
Auskul shahri yonida bo‘lgan jangda Rim qo‘shinlarini tor-mor etgan. Shunda Pirr: «Agar biz
rimliklar ustidan yana bir marta shunday g‘alaba qilsak,…» - degan. Uning so‘zlarini davom
ettiring.
Javob: «…tamomila halok bo‘lamiz».
Izoh: Bu jangda Pirr o‘zining juda ko‘p jangchilaridan ayrilgan.
289-savol:Xitoyliklar undan juda ko‘p zarar ko‘rishgan. Shuning uchun ular uni «Tentak»,
«Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi» deb atashgan. U xozir qanday ataladi?
Dostları ilə paylaş: |