“Puldan tashqari hech nimani tan olmaydigan tadbirkorlik qashshoqlikdir”
***
Jon Grinlef: “Kichik tadbirkor, shuni bilginki, sen uchun halollikdan yaxshiroq yuksalish quvvati yo’q”
***
Koko Chenel “Hayotda zerikishga vaqt yo’q. Hayotda mehnat qilish va sevish uchun vaqt bor. Bular esa boshqa narsalarga o’rin qoldirmaydi”.
***
Robert Obren “Har kuni tongda uyg’ongach, boylarning yangi ro’yhatini ko’rish uchun “Forbes” jurnalini varaqlayman. Agar u yerda ismim bo’lmasa, yanayam qattiqroq mehnat qilish uchun ishga shoshaman”.
***
Xerold S. Genin: “Iqtisod olamida har kimga ikkita tanga beriladi: biri mablag’ olish uchun, ikkinchisi tajriba uchun. Sen avvalo tajribani xarid qil, so’ngra mablag’ning o’zi keladi”.
***
Henri Vard Bicher: “Har bir yosh tadbirkor biznesdagi muvvaffaqiyatning asosi yaxshi fazilatlar ekanini bilib olishi lozim”.
***
Robert Shuller: “Omadsizlikka uchrash “sen omadsiz san” degani emas, aksincha “omading hali oldinda” degani”.
***
“Tadbirkorlikda kompaniyaning haqiqiy xo’jayini bu – xaridor. Chunki u qaror qilsa pulni boshqa yerda sarflashi va kompaniyani kasodga uchratishi mumkin”
***
Andre Marlkos: “Rahbarlik – xalqqa xizmat qilishdir. Bundan ortiq, bundan kam emas”.
***
Klement Stoun: “Harakat, harakat, harakat va yana harakat har qanday sohada peshqadam bo’lishning bosh qoidasi”.
***
Aleksis de Tokvil: “Biz o’zimizdagi ijobiy fazilatlar bilan muvaffaqiyat qozondik. Ammo, “eng zo’r” ga aylanish uchun kamchiliklardan saboq olish zarur “.
***
Charliz Kettering: “Yuqori natijalar doimo umidlar tufayli qo’lga kiritiladi”.
***
Edvard Apleton: “Boshqaruvda kasbiy mahoratdan ko’ra kasbga bo’lgan istiyoqni qadrlayman”.
***
Lord Akton: “Men puxta tadbirkor emasman. Lekin mohir san’atkorman. Men pul haqida o’ylamayman. Go’zal narsalar pul olib kelishini bilaman”.
***
Robert Shuller: “Qo’rqma! Qo’rquvga quloq tutsang, qanchalik buyuk inson ekanligingni bilmay o’tib ketasan”.
***
“Bankda 100 dollar asrayotgan bo’lsang, bu sening muammong. Mobodo, bankdagi hisobing 100 million dollar bo’lsa, bu bankning muammosi”.
***
Stiv Jobs: “Biznesda muvaffaqiyatli inson yo’lboshchi, qolganlar esa unga ergashuvchidir. Yo’lboshchi va ergashuvchini bir – biridan farqlaydigan narsa – yangilikdir”.
***
Chariz Jaffe: “Boy bo’lishing oyligingga emas, sarf – xarajat qilishingga bo’g’liq”.
***
Deyl Karnegi: “Dunyodagi eng buyuk ishlar ajal ostonasiga borgan mahalda harakatni to’xtatmagan kishilar tomonidan uddalangan”.
***
Edvards Deming: “Mijoz sizning xizmatingiz yoki mahsulotingizdan do’stlari, yaqinlari oldida faxrlansin. Ana shunda siz mijozning do’stlarini ham xaridorlar safiga qo’shasiz. Foyda shu orqali oshadi”.
***
B. S. Forbes: “Haqiyqiy boy – avvalo qalbdan boy bo’ladi”.
***
Frank Lloyd: “Fermada oddiy tovuqxona qurayotgan bo’lsang ham, go’yoki o’zingga imorat tiklayotgandek diqqatli va g’ayratli bo’l”.
***
Stiv Jobs: “Yangilik qilganingda xato qilishing ham tayin. Muhimi xatoni tezda anglashdir”.
***
Volter Skot: “Tadbirkorlikda muvaffaqiyat yoki inqiroz qobiliyatga emas, xulq – atvorga ko’proq bog’liq”.
***
Aristotel: “Tadbirkorlikning siri boshqalar bilmagan tadbirdan boxabar bo’lishdir”.
***
Kolin Pauel: “Muvaffaqiyatning sirli joyi yo’q – bu puxta tayyorgarlik, qattiq mehnat va omadsizlikdan saboq olish degani”.