Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

6-§. Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy
axborot vositalari rolining ortib borishi
0 ‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotning 
boshqa sohalari qatori ommaviy axborot vositalariga ham yangicha 
munosabat vujudga keldi. Buning boisi shunda ediki, 0 ‘zbekistonda 
qurilayotgan o‘ziga xos, o‘ziga mos yangi jamiyat ommaviy axborot 
vositalari oldiga yangi vazifalar qo‘ymoqda edi.
Bular yangi jamiyatning mohiyati, yuz berayotgan ijtimoiy- 
siyosiy jarayonlar mazmuni haqida ommaga to ‘liqroq tushuncha 
berish, istiqloldek muqaddas ne’matning olamshumul ahamiyatini 
adolatli va demokratik jamiyat qurish hamda uning ravnaqi uchun 
kamarbasta bo‘lish zarurligini har bir fuqaro ongiga yetkazishdan 
iborat edi. Yangilanayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy ja- 
rayonlami hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etishga da’vat qilish, 
ulami ommaviy safarbarlikka chorlash darkor edi.
Mustaqillikning milliy qadriyat sifatida e’zozlanishi, uni yangi- 
dan yangi mazmun bilan boyitish uchun keng jamoatchilik fikrini 
uyg‘otish tub islohotlar samarasini oshirishning yetakchi omillaridan 
biridir.
M a’lumki, matbuot hamma vaqt rivojlanishning har bir bosqi- 
chida o‘zi yashab turgan jamiyatning manfaati uchun xizmat qilgan, 
uning maqsad va intilishlarini targ‘ib qilgan, yoqlab chiqqan. Zotan, 
haqiqiy xalqchil matbuotning vazifasi ana shundan iborat bo‘lmog‘i 
kerak. Afsuski, sho‘rolar tuzumi davrida matbuot yakka-yu yagona 
kommunistik mafkura g ‘oyalarini targ‘ib qilgan, uning rahnamolari 
yo‘l-yo‘riqlari asosida ish tutgan, ular topshirig‘ini bajargan.
2 5 4


Xalq og‘zida matbuot deb atalgan ommaviy axborot vositalari 
amalda «barcha g‘alabalarimizning ilhomchisi va tashkilotchisi», 
deb bong urilgan kommunistik partiyaning xizmatkoriga aylangan 
edi. U qizil imperiyaning suyangan tog‘i, totalitar tuzum manfaat- 
larini himoya qiladigan G‘oyaviy qurolga aylangan edi. Tabiiyki, 
bu holat omma bilan matbuot o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga 
keltirgan edi.
Aslida matbuot omma fikrini o ‘zida ifoda etishi, shu asosda o‘z 
sahifalarida xalq xohish-irodasini, umumxalq manfaatini va umum- 
jamiyat istiqbolini ifodalashi lozim. Shundagina uning obro‘-e’tibori 
oshib, jamiyat oldidagi, xalq oldidagi burchini xolisona ado etishi, 
erkin matbuotga aylanishi mumkin.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng aytish mumkin- 
ki, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari da o‘ziga xos- 
lik paydo bo‘la boshladi. Endi gazetalar, jumallar, radioeshitti- 
rish va teleko‘rsatuvlarda bevosita respublikaning Mustaqilligiga 
bag‘ishlangan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-ma’rifiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan mavzularga keng o‘rin beriladigan bo‘ldi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, 0 ‘zbekiston ommaviy 
axborot vositalari endilikda xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan 
voqea-hodisalar haqidagi axborotlami, yangiliklami, o ‘sha mamla- 
katlar yoki yirik axborot agentliklaridan bevosita, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
qabul qilib olishdmkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, 1996-yilning may oyidan boshlab respublikamizning 
jahondagi yirik kompyuter tizimi «Internet» bilan aloqa o‘matib, 
undan eng muhim yangiliklami qabul qilib olishning yo‘lga 
qo‘yilgani 0 ‘zbekiston axborot vositalari tarixida ulkan yangilik 
bo‘ldi.
«Intemet»ning 50 million abonenti bo‘lib jahondagi eng yirik 
axborot markazlari unga a’zo boiishgan. U butun dunyo bo‘yicha 
turli sohalardagi yangiliklami qabul qilib oladi hamda ana shu yangi­
liklami o ‘z abonentlariga tez va aniq yetkazib beradi.
0 ‘z navbatida respublikamiz haqidagi muhim yangilik va axbo- 
rotlar ham manilakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy axborot 
agentliklari vakillari va muxbirlari tomonidan o‘sha mamlakatlar 
axborot vositalari uchun bevosita yetkazib berilmoqda. Axborot al- 
mashinuvi, dunyo voqealaridan xabardorlik, yoki aksincha, dunyo 
sahnasiga chiqish, o‘zini namoyon qilish imkoniyati tug‘ildi.
Mustaqillik tufayli gazeta sahifalari, radioeshittirj^hlari va 
teleko‘rsatuvlarda mamlakatning qadimiy tarixi, o ‘tmishi, madani- 
yati, sho‘rolar tuzumi davrida taqiqlab qo‘yilgan milliy qahramon-
255


larimiz haqida, o‘zbek xalqining o ‘ziga xos urf-odatlari, aqidalari 
to‘g ‘risida qiziqarli maqolalarga keng o‘rin berildi. Ana shuning o ‘zi 
endi mamlakatimizda hurriyat, hurfikrlilik, milliy manfaatlarga va 
milliy ravnaqqa yo‘l ochilganidan dalolat beradi.
Shuningdek, matbuotda islom madaniyati, nazariyasi, tarixi va 
qonuniyatlarini targ‘ib qilishga keng yo‘l berildi. Buyuk mutasavvuf 
allomalar Hakim at-Termiziy, Imom Buxoriy, Xoja Ahmad Yassa- 
viy, Shayx Najmiddin Kubro, Bahouddin NAQSHband, Abduxoliq 
G‘ijduvoniy, Abu Mansur Moturudiy, Marg‘iloniy hamda boshqa qa- 
tor tarixiy shaxslar, ulug‘ donishmandlar, xususan Sohibqiron Amir 
Temur haqida keng miqyosli maqolalaming berib borilishi jamoat- 
chilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
Islom dinining boy ma’naviy imkoniyatlaridan foydalanishga 
imkon yaratildi. Axloqiy barkamollik va ruhiy tozalik uchun zarur 
omil sifatida uning taraqqiy etishiga, kundalik turmush tarzimizga 
kirib borishiga keng yo‘1 berildi. Bulaming hammasi 0 ‘zbekiston 
matbuotining oldingi «qizil yalovbardorlib> illatlaridan qutulib, 
sogiomlashib, xalqchil va oshkora tus ola boshlaganidan dalolat 
beradi. Buni ommaviy axborot vositalarining demokratlashish sari 
qadam tashlayotganining yorqin dalili, deyish mumkin.
Umuman olganda, istiqlol erkin fikrlashga, har kimning o‘z fik- 
rini oshkora bayon qilishga, hurriyatga keng eshik ochdi. Hurfikr- 
lilikni barqaror etishning yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi. 
Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko‘paydi. Demokratik 
erkinlik sharoitida bir necha mustaqil siyosiy harakatlar, jamoat 
birlashmalarining nashrlari tashkil qilindi. Xususan, 0 ‘zbekiston 
Xalq Demokratik Partiyasining « 0 ‘zbekiston ovozi» - «Голос 
Узбекистана», «Vatan taraqqiyoti» partiyasining «Vatan», «Adolat» 
sotsial-demokratik partiyasining «Adolat», «Milliy tiklanish» parti­
yasining «Milliy tiklanish», Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi­
ning «Fidokor» gazetasi, «Xalq birligi» harakatining «Birlik» gaze- 
talari nashr qilina boshlandi. Qator vazirliklar, davlat qo‘mitalari, 
uyushma va konsemlar o ‘z sohalariga doir nashrlar tashkil etishdi. 
Bunday gazeta va jumallaming chiqishi maTum tarmoq muammo- 
larini, o‘ziga xos murakkabliklami o‘z vaqtida o‘rganishga yordam 
beradi.
Mustaqil nashrlar o ‘z muassislari g‘oyalari va dasturla- 
ri yo‘nalishlari doirasida mustaqil ish olib boradilar. Islohotlar va 
yangilanishlarga o ‘z munosabatlari, muammolarga yondashish usul- 
lari bor. Biroq, yagona maqsad - istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq 
istiqboli ulami birlashtirib turadi.
2 5 6


Prezident I. Karimov ommaviy axborot vositalarining rolini alo- 
hida ta’kidlab, -

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin