va uning gumashtalari g‘oyasiga ko‘r-ko‘rona yondashgan, uning
manfaatlariga xizmat qilgan millionlab buyuk nemis millatiga man-
sub bo‘lgan kishilar bor edi. Biroq, hech kim hech qachon fashizmni
buyuk nemis millatiga dog‘ sifatida nisbat bermaydi-ku? Nega endi,
Botken fojialarini tashkil etgan va amalga oshirganlar orasida qa-
yerda tug‘ilgani va yashayotganidan qat’i nazar, qaysi mamlakat fu-
qarosi bo‘lganini inobatga olmay o‘zbeklar va 0 ‘zbekiston boshiga
mag‘zavalar quyishi kerak ekan?
0 ‘zbekiston davlatining qudrati, uning yurt tinchligi va xalq
osoyishtaligi borasidagi siyosiy yo‘li ana shunday qat’iy! Zotan,
0 ‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi orasida o‘zining barqa-
ror rivojlanish yo'liga chiqib olganligi, jahon siyosiy maydonida o‘z
so‘zi va o ‘z fikri bilan alohida mavqega ega bo‘layotganligi, dunyo
voqealariga qat’iyat va nihoyatda aniqlik bilan yondashayotganli-
gi bois juda katta nufüzga ega bo‘lmoqda. Bulaming hammasining
tagida juda katta e’tiqod, tanlab olingan yo‘lga sobitlik fazilatlari
yotadi. Xalq ishiga, Vatan osoyishtaligiga qaratilgan siyosat yuksak
e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan taqdirdagina u har qanday tahdidga
tahdid sola biladigan, har qanday tajovuzni yenga oladigan, uni bar-
bod qilishga qodir boigan m o‘jizaga aylanadi.
1999-yilning 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shah-
rida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi
yig'ilishi bo‘ldi. Anjumanda asosiy muhokama qilingan masala Yev
ropada Xavfsizlik Xartiyasi bo‘ldi. Xartiya nafaqat tashkilotga a’zo
bo‘lgan 54 mamlakatning, balki butun dunyoning kelgusi asrdagi
xavfsizligini ta’minlash borasidagi muhim hujjatdir. Ushbu anju
manda birinchi bo‘lib 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga so‘z
berildi. 0 ‘zbekiston rahbari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq
ko‘targan muammolar, ilgari surgan g ‘oyalar naqadar real ekanligini
vaqt yaqqol ko‘rsatib berdi.
Prezident Islom Karimov xalqaro terrorizm va mintaqaviy mo-
jarolar xususida gapirar ekan,
Dostları ilə paylaş: