Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

birinchidan, 
iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qish- 
loq hayotiga yetakchi tarmoq sifatida qarash;
ikkinchidan, 
milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil 
oshirib borish;
uchinchidan, 
mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, 
shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikni 
qo ‘ llab-quwatlash;
to'rtinchidan, iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalami xusu- 
siylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish;
beshinchidan, 
o‘tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishla- 
rini yo‘lga qo‘yish va bu borada izchil tadbirlami amalga oshirish 
Mustaqil 0 ‘zbekistonda davlat Mustaqilligini amalga oshirishning 
jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustuvor yo'nalishlaridir.
0 ‘zbekiston davlat rahbari tomonidan ishlab chiqilgan yosh mil­
liy Mustaqil davlatlar taraqqiyotiga doir ham nazariy, ham amaliy 
yo‘nalishlar, ilmiy qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar 0 ‘zbekiston Mustaqil ri- 
vojlanishining o‘n besh yili davomida hayot sinovidan muvaffaqi- 
yatli o‘tdi.
Yuqoridagilami umumlashtirib aytish mumkinki, mustaqillikka 
erishilgandan keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar izchillik 
bilan o‘z samarasini bermoqda. Buni jahon siyosatchilari va dav­
lat arboblari ham tan olmoqdalar. Jumladan, AQSH Prezidentining 
milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi taniqli siyosat- 
shunos Zbignev Bjezinskiy 0 ‘zbekistonda bo‘ldi va mamlakatimiz 
aholisi bilan yaqindan tanishdi. U garchi 90-yillar boshida yozgan 
maqolalaridan birida «Keyingi 10 - 15 yil ichida 0 ‘zbekiston ri- 
vojlanishi qanday bo‘ladi bilib bo‘lmaydi, deb «bashorat» qilgan 
bo‘lsa-da, qariyb 12 yildan keyin 0 ‘zbekistonda bo‘lib yurtimiz- 
da amalga oshirilgan ishlami yuqori baholadi va 0 ‘zbekistonning 
mintaqamizda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, 0 ‘zbekiston bilan 
hamkorlik AQSH manfaatlari uchun muhim ahamiyatga egaligini 
asoslab berdi.
«Islom Karimov - yangi 0 ‘zbekiston Prezidenti» deb nomlan- 
gan teran tahlil va mazmunga ega kitob mualliflari doktor Levitin va 
doktor Karlayl ko‘p yillar Markaziy Osiyo respublikalarida bo‘lgan, 
mintaqadagi siyosiy vaziyat va iqtisodiy islohotlaming borishiga gu- 
voh bo‘lgan, mintaqaning o ‘ziga xos jihatlarini atroflicha o ‘rgangan
64


kishilar sifatida o ‘z asarlarida 0 ‘zbekistonda olib borilayotgan islo- 
hotlar samarasiga yuksak baho beradilar.
«Tasawurimcha, - deb yozadi L.Levitin - dunyoda 0 ‘zbekiston 
misolida alohida sivilizatsiyaviy qiyofa kuchayishi bilan, o‘ziga xos 
sivilizatsiyaviy o ‘z-o‘zini anglashning o‘sishi bilan ish ko‘rayotir».
Ko‘rinib turibdiki, Markaziy Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy va- 
ziyatni chuqur tadqiq etib, har ikki xorijiy muallif «Islom Karimov 
o‘tish davrining obyektiv omillarini inobatga olib, o‘zbek xalqi sivi- 
lizatsiyasi xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutdi, islohotlar o‘zining 
ijobiy samarasini bera boshladi. Oqibatda bu holni mustaqil davlat- 
lar taraqqiyoti uchun xos bo‘lgan rivojlanishning «o‘zbek modeli» 
degan jahon tan olgan yo‘lga olib keldi», deb baholaydi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda jamiyatni ri- 
vojlantirish va uni ijtimoiy taraqqiy ettirishning o‘tgan davriga na- 
zar tashlar ekanmiz, bu davr mobaynida erishilgan har bir natija 
va yutuq haqli ravishda 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin