yuz yigirma deputatdan iborat tarzda shakllantirildi.
Konstitutsiyaga
muvofiq 2005-yil, yanvar oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma
majlislarida mazkur deputatlar orasidan ovoz berish yo‘li
bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teng
miqdorda - olti kishidan saylandi. Ayni chog‘da 0 ‘zbekiston Res
publikasi Oliy Majlisi Senatining o ‘n olti nafar a’zosi fan, san’at,
adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliya-
tining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda
alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
Yana shuni aytish joizki, Saylov kuni yigirma besh yoshga
to'lgan hamda kamida besh yil 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududida
muqim yashayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati, shu-
ningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi
bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
qonun bilan kafolatlandi.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida 0 ‘zbekiston Respublika
si Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi
bo‘lishi mumkin emftsligi ko‘rsatib qo‘yildi.
«79-modda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo
nunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa
latasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalaming raislari va
ulaming o‘rinbosarlarini saylash;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining taqdimiga bi-
noan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palata
si deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g ‘risidagi masa-
lalami hal etish;
3) 0 ‘z faoliyatini tashkil etish va palatani ichki tartib qoidalari
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4) Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masala
lar yuzasidan,
shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari
yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi
majlislari sessiyalar davrida o ‘tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqa^ida,
sentabming birinchi ish kunidan boshlab
kelgusi yilning iyun oyi
oxirgi ish kuniga qadar o ‘tkaziladi.
91
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari za-
ruratiga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o‘tkaziladigan bo‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari,
agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kami
da yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: