Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh
qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amal­
ga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi 
Qarori bilan tasdiqlangan davlat 
qurilishi va boshqaruvi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va 
ta’sirini kuchaytirish sohasida islohotlaming ustuvor yo‘nalishlarini 
amalga oshirish konsepsiyasiga ko‘ra, fuqarolaming o ‘zini o ‘zi 
boshqarish organlarining roli va vakolatlarini kuchaytirish maqsadi­
da ularga davlat tomonidan yordam berish shakllarini tartibga solish, 
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa muammolami hal qilish 
uchun ulaming huquq va vakolatlarini kengaytirishni nazarda tu- 
tuvchi takliflarini ishlab chiqish, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatiga davlat yordamini ko‘chaytirishga doir tashkiliy- 
huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshi­
rish belgilangan.
Fuqarolaming o‘z-o‘zini boshqarish organlarining jamiyatdagi 
roli va o‘mining oshib borishini 2006-yil may-iyun oylarida boiib 
o‘tgan fuqarolar yig‘ini raisi va maslahatchilari saylovi natijalaridan 
ham ko‘rish mumkin.
144


Mamlakatimizda 2006-yil 4-aprelda 0 ‘zbekiston Respublika- 
si Oliy Majlisi Senatining Kengashi may-iyun oylarida «Fuqaro- 
lar yig‘ini raislari (oqsoqollari) va ulaming maslahatchilari saylovi 
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qaromi amalga oshirish maq- 
sadida mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rildi. Awalgi yillarda 
o‘tkazilgan saylovlardan farqli oiaro q ushbu saylov birinchi marta 
2004-yilda qabul qilingan «Fuqarolar raislari (oqsoqollari) va ular- 
ning maslahatchilari saylovi to‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq o‘tkazildi.
Saylovni tashkil etish va o ‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ama- 
liy yordam ko‘rsatish uchun davlat idoralari tomonidan joylarda 199 
ta tuman hamda shahar komissiyalari tuzildi, 8843 ta ishchi guruh 
tashkil etildi. Ular tarkibiga «Mahalla» jam g‘armasi, 0 ‘zbekiston 
faxriylami ijtimoiy qo‘llab-quwatlash «Nuroniy» jam g‘armasi, 
0 ‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va 0 ‘zbekiston ijtimoiy hara- 
kati hududiy bo‘linmalarining vakillari kiritildi. Komissiyalar va 
ishchi guruhlarga ishda foydalanish uchun 12 ming nusxadan ortiq 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Fuqarolar yig‘ini 
raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi va 
«Fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining matnlari maxsus nashr etil- 
gan risolalar va fiiqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organlariga say- 
lovlar o‘tkazish maselalariga doir bir qancha qoilanm a va risolalar 
yuborildi.
Saylovlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining 
a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 
deputatlari faol ishtirok etdilar.
Shuni aytish joizki, fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organ­
lariga saylovlar keng oshkoralik va ochiqlik vaziyatida o'tdi. Om- 
maviy axborot vositalari saylovning borishini keng yoritdilar.
Umuman olganda, saylov tadbirlarida 12 million 315 ming 818 
saylovchi nomidan 574687 nafar vakil ishtirok etdi. Ular 27715 
nomzod orasida 8843 nafar fuqarolar yig‘inlari raislarini muqobil- 
lik asosida sayladilar. Ular orasida 2895 nafar fuqarolar yig‘inlari 
raislari (oqsoqollari) yoki ular umumiy sonining 32,7 foizi ilk bor 
saylandi. Shuningdek, 84375 nafar fuqarolar yig‘inlari raislarining 
maslahatchilari ham saylandi.
Fuqarolar yig‘ini majlislarida fuqarolaming o ‘zini o‘zi bosh­
qarish organlari faoliyatidagi, davlat hokimiyatining mahallij^ijro 
organlarining muhim ijtimoiy, uy-joy-kommunal va boshqa masa- 
lalami hal etishdagi mavjud kamchiliklar tanqidiy va ochiq muho-
145


kama etildi. Xususan, joylarda mavjud boigan kam ta’minlangan 
oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda muhtoj oilalaming bola- 
lariga nafaqalar tayinlash masalasini adolat bilan hal qilmaslik holla- 
ri, fuqarolar yig‘inlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasida 
o‘zaro hamkorlik yetarli emasligi va boshqa aholi e’tiroziga sabab 
bo‘layotgan muammolar qayd etildi.
143 ta fuqarolar yig‘inlarida ular rahbarlarining o‘tgan davrdagi 
ishi qoniqarsiz deb topildi, oqsoqollarga ishonchsizlik bildirildi va 
ular qayta saylanmadilar.
Umuman, fuqarolar yig‘inlari saylovi kompaniyasi yakunlarini 
tahlil qilib aytish mumkinki, yig‘inlar raislari va maslahatchilari- 
ning bo‘lib o‘tgan saylovi, shuningdek, kelgusi davrga moijallangan 
faoliyat dasturlari keng muhokama etilib qabul qilinganligi jami- 
yatimizni demokratiyalashtirish, mamlakatni modemizatsiya qilish 
yo‘lida muhim qadam, fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish shaklini 
qaror toptirish va mustahkamlashning eng muhimi fuqarolik jamiya- 
tini shakllantirishning navbatdagi bosqichi b o iib qoldi.
2008-yil 30-sentabr kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senati Kengashining «Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovi 
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra shu yilning noyabr-dekabr 
oylarida barcha mahallalarda saylovlar oshkoralik va yakdillik bilan 
o‘tkazildi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin