Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«navbatdagi muhim masala respublikaning qonun huj-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«navbatdagi muhim masala respublikaning qonun huj-
231


jatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va stan-
dartlarga muvofiq holga keltirishdir.
Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilin-
gan. Bu hujjatlarda hukumatning o‘z fuqarolari oldidagi maj-
buriyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo‘lmagan ishlar bel-
gilab berilgan. O‘zbekiston hozirda bu standartlardan 15 tasiga
qo‘shilgan.
Oliy Majlisning shu yo‘nalishda faol ish olib borishi talab
etilmoqda», 
- deb ko‘rsatdi.
1996-yil oktabr oyida «Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Milliy Markazini tuzish to‘g ‘risida» qabul qilingan 
Farmon ana shu yo‘lda qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir. Ush- 
bu Farmon inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning 
ta’sirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy 
madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Huquqiy madaniyatning 
yuqori darajada bo‘lishi esa huquqiy demokratik davlatning noy ob 
xususiyatidir.
Inson huquqlari bo'yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy Mar- 
kazining maqsadi va vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. 
Jumladan,
- milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar 
va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq 
me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
- inson huquqlari sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasining xalq­
aro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish ana shun- 
day vazifalaming muhimidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13- 
noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra Milliy markaz 
tahliliy, tavsiyalar beruvchi, muassasalararo muvofiqlashtiruvchi 
davlat organi bo‘lib, inson huquqlari sohasidagi halqaro huquqning 
umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoida- 
lariga amal qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. 
Shu bilan birga Markaz o‘quv-ma’rifiy va targ‘ibot, tahliliy, fuqa- 
rolar murojaatlarini ko‘rib chiqish yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib 
bormoqda.
Masalan, o‘quv-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha 1997-1998-yillar 
mobaynida 20 dan ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vosi- 
talarida maqolalar chop etildi. Televideniyeda ko‘rsatuvlar tayyor- 
landi. Inson huquqlarini himoyalashning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 
xalqaro va milliy miqyosda o ‘quv dasturlari, seminarlar, anjuman-
2 3 2


lur, ma’ruza kurslari va o‘quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad 
Adenauer jam g‘armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkor- 
likda huquqni muhofaza etish idoralari xodimlari uchun Andijon, 
1'urg‘ona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan shaharla- 
rida ixtisoslashgan o‘quv seminarian o ‘tkazildi.
Tahliliy yo‘nalish bo‘yicha milliy markaz Oliy Majlis mu- 
hokamasiga qo‘yib kelinayotgan inson huquqlari himoyasi- 
gu 
aloqador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qat- 
nashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini 
lushkillashtirmoqda. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson huquqlari 
bo‘yicha Vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi», «Ommaviy axborot 
vositalari to‘g‘risidagi», «Jumalistning kasbiy faoliyatiga doir fao- 
liyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Axborot olish erkinligi kafolat- 
lari to‘g ‘risida», «Ta’lim to‘g ‘risida» va boshqa bir qator qonunlami 
muhokama qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o ‘tkazildi. Bun- 
dan tashqari Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan 
lurli qonunlar bo‘yicha, 0 ‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi lozim 
boMgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha muntazam o‘zining xulosala- 
rini berib bormoqda.
Fuqarolami qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormoq­
da. Shu bilan birga, inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respubli­
kasi Milliy Markazining tashkil topishi 0 ‘zbekistonda inson, uning 
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari 
oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor yorqin dalilidir. Bular- 
ning barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega ekanligini, 
mazkur sohaga shaxsan Prezidentning o‘zi e’tibor bilan qarayotga- 
nini ko‘rsatadi. Inson huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda 
bo‘lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik sifatida endigina turmush 
tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o‘zi tashabbus- 
kor va rahnamo bo‘layotir. Bu mamlakatimizda g ‘oyat insonparvar 
siyosat mavjudligining natijasidir. Bu esa, 0 ‘zbekistonda insonning 
tabiat gultoji, olam sarvari sifatida e’zozlanadigan jamiyat shaklla- 
nayotganidan dalolatdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan chora- 
tudbirlar orasida 1997-yil aprelda «Oliy Majlisning inson huquqlari 
bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respubli­
kasi qonunining qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq 
tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlaming ko‘pchiligida, xu£usan, 
Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlarini himoya qilishning 
bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada 0 ‘zbekiston
233


o ‘z «ittifoqdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo‘lmaydi. 
Ushbu qonunda shunday satrlar bon «Oliy Majlisning inson huquq- 
lari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar 
va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlari- 
ni davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashish 
maqsadida faoliyat ko‘rsatadi».
Ayni chog‘da istiqlolga erishilgandan so‘ng mamlakatda inson 
huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tad- 
birlar ham o ‘tkazildi. Jumladan, 1996-yil may oyida «Fuqarolami 
huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini yuksalti- 
rish» mavzusiga bag‘ishlangan respublika huquqshunoslari konfe- 
rensiyasi bo'ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, 
tajribalar umumlashtirildi, 1996-1997-yillarga moijallangan Dastur 
va tadbirlar rejasi, 1997-yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy mada- 
niyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi.
Mamlakat Oliy Majlisining VI sessiyasida Qonunlaming amalga 
oshirilishi yuzasidan aniq tadbirlar qoniqarli darajada belgilanma- 
ganligi ta’kidlab o ‘tildi.
1996-yil sentabr oyida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha 
vakili inson huquqlari masalalariga doir qonun harakatlariga rioya 
etilishini hamda ulaming xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq tarz- 
da takomillashtirilishini ta’minlash maqsadida birinchi yig‘ilishini 
o‘tkazdi.
Shuningdek, shu yili sentabr oyida Toshkentda Yevropada Xavf- 
sizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha milliy 
muassasalar kengash seminan ham o ‘z e’tiborini inson huquqlari- 
ga qaratdi. Seminar-Kengash qatnashchilariga Prezident I. Karimov 
Murojaat etib shunday dedi: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin