Konstitutsiyaning 106 va 116-moddalarida sud hokimiyatining
asoslari aniq belgilanib, sud hokimiyati va sudyalaming mustaqilligi
mustahkamlangan. Shunga ko‘ra, sud hokimiyati va sudyalar faqat
qonungagina bo‘ysunadilar. Bu qoida Konstitutsiyada qator kafo-
latlar bilan himoyalangan. Sud tizimining tuzilishi va Respublika
barcha sud organlarining vakolatlari ham Asosiy qonunda belgilab
berilgan.
Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi-
ni tartibga soluvchi va uning sudyalami saylash, tayinlash hamda
ulami vazifasidan ozod qilish tartibi, sud ishlarini ko'rishda ara-
lashganlik uchun javobgarlik va hokazolaming asosiy kafolati hi-
soblangan «Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonun 1993-yil 2-sentabrida Oliy
Kengashning XIII sessiyasida qabul qilindi. Ilgariroq 1992-yil
10-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan «Pro-
kuratura to‘g ‘risida»gi Qonun uning sud bilan butunlay yangi sharoit
va talablar doirasidagi o ‘zaro munosabatlarini belgilab bergan edi.
Jinoyat protsessual, Xo‘jalik protsessual va Fuqarolik protsessual
to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi tamo-
yillari, taraflaming tengligi, sud ishlarini yuritishda tortishuv va odil
sudlovning boshqa demokratik me’yorlari mustahkamlandi.
1996-yil 7-dekabrda Konstitutsiyaning to‘rt yilligiga bag‘ish-
langan yubiley tantanalarida so‘zga chiqib, Prezident I. Karimov
davlatda huquqiy tijim har qanday vaziyatda ham aniq ishlashi lo-
zim ekanligini alohida ta’kidladi. Shuning uchun ham haqiqiy Mus
taqil, kuchli sud hokimiyati sudyalaming injiqligi yoki yuqori mavqe
istagi emas, balki u Konstitutsiyaning, barcha xalqning talabi hamda
erkin demokratik jamiyatning o‘zaklaridan biridir.
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi davomida qonuniylikni ta'min-
lashning bundan o‘zga mexanizmi topilgani yo‘q. Sud hokimiya
ti mustaqilligi tamoyili bizning mamlakatimiz ham qo‘shilgan juda
ko‘p xalqaro hujjatlarda, shu jumladan, Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasida ham o‘z ifodasini topgan.
0 ‘zbekiston ko‘p yillar davomida totalitar tuzum sharoitida
yashab, hokimiyat bo‘linishi tamoyili yo‘qligi uchun sud hukmron
Dostları ilə paylaş: