Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Biz, - degan edi I. Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Biz, - degan edi I. Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan
nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam
daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek, qayd
etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish dav-
latning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik».
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablaming 
muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari 
muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o ‘quv yujQtlarining 
professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlami 
ijtimoiy himoyalash va ulaming mehnatini rag‘batlantirish maqsadi-
2 6 9


da ularga qo‘shimcha moddiy ne’matlar - kvartira haqi va kommu­
nal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib 
olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo‘ldi.
Masalan, o‘qituvchilaming davlat va tashkilotlar tomonidan be- 
rilgan uylari bepul xususiylashtirildi. 35 ming 841 kishiga shaxsiy 
qurilish uchun yer uchastkasi berildi.
Yana shuni aytish o ‘rinliki, Mustaqillik yillarida o ‘quvchi 
yoshlami ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajral- 
gan holda o‘qib, bilim olish uchun zarur sharoit yaratishga ham 
doimo e’tibor berildi. Oliy o ‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar 
va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining, aspirantlaming sti- 
pendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi. Bundan 
tashqari yoshlami ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari - ovqat 
narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab osh- 
xonalari va tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qismini 
budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, jamoat transportida arzón haq 
to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analami nazarda 
tutib, birinchi bor nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel 
va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
Biroq, ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oi- 
lalar chetda qolib, muhtoj bo‘lmagan oilalar ham moddiy yordam 
ola boshladi. Shunday sharoitda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish- 
da, yangicha yo‘l tutish zarur bo‘lib qoldi. Shu munosabat bilan 
ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonchli ijtimoiy kafolat- 
lar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quwatlash tizimiga o‘tish maqsadga 
muvofiq, deb topildi. Bunday yangi tartib aw alo adolat tamoyiliga 
rioya qilishni talab qilardi. Bu qoidaning mohiyati shundan iborat- 
ki, davlat tomonidan qo‘llab-quwatlanishiga haqiqatan ham muhtoj 
b o ig an kishilami aniqlash, ularga yordam uyushtirish lozim edi. 
Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu hora­
da hokimlar, mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati oshirildi. Ular aho- 
lining moddiy yordamga muhtoj qismini aniqlashda bunday yordam- 
ni uyushtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini joriy etishga haqli 
bo‘ldilar. Chunki vazifa g‘oyat murakkab va mas’uliyatli edi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin