Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi. 
0 ‘zbekistonda 
tug‘ilish ko‘p boTgani va aholining talaygina qismini bolalar tashkil 
etgani uchun onalar va bolalar salomatligi muhofazasi hamisha eng 
muhim va dolzarb masalalardan biri boTib keldi. Onalar va bolalar 
sog‘lig‘ini saqlash, ularga tibbiy yordam ko'rsatish ishlarini uyush- 
tirish va rivojlantirishda tibbiyot oliy o ‘quv yurtlarining pediatriya, 
akusherlik va ginekologiya kafedralari, shuningdek, ixtisoslashgan 
ilmiy tadqiqot institutlari - pediatriya, akusherlik va ginekologiya 
institutlari katta roi o ‘ynadi. Onalikni muhofaza qiluvchi va ixti­
soslashgan pediatriya yordami ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘i 
kengaydi. 1995-yildan 109 dan ziyod ayollar konsultatsiyalari yoki 
akusherlik-ginekologiya kabinetlari, 1800 dan ortiq bolalar poliklini- 
kalari (konsultatsiyalari) ish olib bordi, kasalxonalarda bolalar uchun 
ajratilgan o ‘rinlar soni 50,7 mingtaga yetdi. Keyingi yillarda ayollar 
konsultatsiyalari, tug'ruqxonalar, akusherlik-ginekologiya kabinetla- 
ridan tashqari, tegishli muassasalarda turmushga aloqador^masala- 
lar yuzasidan maslahat beradigan «Nikoh va oila» va tibbiy-genetik 
konsultatsiya markazlari ochildi.
285


Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda ayollar umrining davo- 
miyligi 72 dan 73 yoshgacha uzaydi. Shu davming o ‘zida Rossi- 
ya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ayollar umrining davomiyligi 1-3 
yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada ayollar umrining davo­
miyligi shu davr ichida oshdi, lekin tegishli ravishda 71 va 66 yosh 
darajasida saqlanib turibdi. Xuddi shunday vaziyat erkaklarda ham 
kuzatilmoqda, 0 ‘zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990- 
yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68 yoshgacha ko‘tarildi, ayni paytda 
Rossiya va Qozog‘istonda erkaklar umrining davomiyligi 2-4 yosh­
ga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada erkaklar umrining davomiyligi 
uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi.
Respublikada onalar va bolalar sogTig‘ini muhofaza qilishga 
katta ahamiyat berildi. «Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini 
olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlami hamda homilador ayol- 
larda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha 
«Ona va bola skriningi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida» 
(01.04.98-y.) Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilingan- 
ligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Ayollami o‘z vaqti- 
da tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sogTomlashtirish natijasida bolalar 
oTimi 1000 ta tug‘ilgan bolaga nisbatan 1991-yilda 51,4 dan 1999- 
yilda 20,2 ga kamaydi. Onalar oiim i 100 ming tirik tug‘ilgan bolaga 
nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi.
0 ‘zbekistonda tibbiy taTimning uzluksiz boTishiga va muta- 
xassislaming o ‘z malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat be­
rildi. Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti ishlab turibdi. 
Uning 42 kafedrasi va har xil ixtisoslikka moTjallangan kurslari- 
da har yili 5-6 mingga yaqin vrach, jumladan boshqa hamdo‘stlik 
mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar o‘z malakasini oshirdi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiy islohotning borishi tibbiyot xodimlari 
tayyorlash ishini, umuman tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirishni 
taqozo qilardi. Respublikadagi tibbiyot institutlarida bakalavrlar va 
magistrlar tayyorlash ko‘zda tutildi. Shunga ko‘ra «davolash ishlari» 
ixtisosligidan vrach kadrlar tayyorlash ishi 3 bosqichdan tarkib topa- 
digan bo‘ldi, shulardan birinchisi - tabobat bo‘yicha 5 yil davomida 
umumiy tayyorgarlik ko‘rib, bakalavr, ya’ni vrach yordamchisi un- 
vonini olish; ikkinchisi - to‘la-to‘kis tibbiy ma’lumotga ega boTib, 
tibbiyot doktori darajasiga erishish; uchinchisi - xodimning tanlagan 
ixtisosligiga qarab, magistraturada o ‘qish.
Magistraturada mutaxassis vrach tayyorlash eng yaxshi ilmiy 
maktablar va klinikalarda olib borildi. Ayni vaqtda zamonaviy ta’lim 
texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Shu bilan birga, mutaxas-
286


sisning malakasini tekshirib borish yoki oshirish uchun uni vaqti- 
vaqtida sinov (attestatsiya)dan o ‘tkazib turiladi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin