Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

birinchidan, 
ichki va tashqi sarmoyalami jalb qilish, 
ikkinchidan,
istiqbolli texnologiyalar joriy qilish va boshqaruvga oid yangicha 
uslublami tajribada qo‘llash maqsadida maxsus huquqiy tartibotga 
ega bo'lgan hududda xo‘jalik yuritishdir. Qolaversa, bunday zona- 
lami respublikada tashkil qilinishi kishilarda iqtisodiy bilimlami 
kengaytirish uchun ham kerak edi.
Erkin iqtisodiy zonalar orqali ish yuritish rivojlangan mamlakat- 
larda keng tarqalgan. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2000 
dan ortiq maxsus huquqqa ega boMgan iqtisodiy zonalar mavjud. 
Turkiya, Janubiyi Koreya, Xitoy kabi mamlakatlaming iqtisodiy ri- 
vojida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar salmog‘i katta. Sin- 
gapuming jadal rivojlanishining asosiy sababi mamlakatni butunlay 
«Erkin iqtisodiy zona» deb e ’lon qilinganidandir. Shu sabab, Singa- 
pur «Umumjahon omborxonasi» deb ta’riflanmoqda.
Rivojlangan G‘arb mamlakatlari ham bundan istisno emas. 
Ularda ayrim hudud, shaharlar uzoq o ‘tmishdan hozirgacha maxsus 
huquqlarga ega. Erkin shahar Genuya, Bremen, Rotterdam, Gam- 
burg - bulaming ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Bunday hudud 
va shaharlar aytish mumkinki, o ‘sha mamlakat iqtisodining rivojla- 
nishida «lokomotiv» vazifasini o ‘tayapti.
Keyingi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi 
mamlakatlarda ham erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishga intilish 
kuchaydi. Jumladan, Rossiyada, Qozog‘istonda va boshqa mamla­
katlarda shunday zonalar barpo qilindi.
Shu maqsadda 0 ‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar haqidagi 
Qonun loyihasi tayyorlandi. Loyihani tayyorlash mobaynidSf-yuqori- 
da zikr etilgan mamlakatlar qonun va boshqa me’yoriy hujjatlari har 
tomonlama o ‘rganildi. Xorij tajribalariga suyanib erkin iqtisodiy zo-
3 7 5


nalami bir necha guruhga, ya’ni: erkin savdo, erkin ishlab chiqarish, 
erkin ilmiy-texnik va boshqa zonalar tarzida tuzilishi qonun loyiha- 
siga kiritildi va u 1996-yil 26-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida 
qabul qilindi.
1995-1998-yillarda eksport tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar 
ro‘y berdi. Agar 1995-yilda paxta tolasi eksportning 50 foizini tash- 
kil qilgan b o isa, 1998-yilda uning ulushi 43 foizgacha kamaydi. 
Ayni paytda tayyor mahsulotlar ulushi 17 foizdan 25 foizgacha, 
mashina va uskunalar ulushi 2 foizdan 4 foizgacha, xizmatlar ulushi 
8 foizdan 9 foizgacha ortdi. Import tarkibidagi xuddi shunday 
o‘zgarishlar mustaqil davlat iqtisodiyotining qad ko‘tarish jarayonini 
yaxshi aks ettiradi. Agar ilgari asosiy import qilinadigan mahsulotlar 
oziq-ovqat (1994-yilda 34,7%) va yoqilgi (24,2%) bo‘lsa, hozirgi 
paytda oziq-ovqat importi ikki barobar qisqardi (1998-yilda 15,2 
foizgacha), yoqilgi importi esa deyarli umuman to‘xtatildi. Mam- 
lakat don va yoqilg‘i mustaqilligiga erishdi, ushbu strategik tovar- 
larga boigan ehtiyoj endilikda uning o‘z ishlab chiqarishi hisobiga 
qoplanmoqda. Natijada bo‘shagan valyuta mablag‘lari iqtisodiyotni 
rivojlantirishga, import o ‘mini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan 
ishlab chiqarishlami barpo etishga, zamonaviy uskuna va texnologi- 
yalar sotib olishga qaratildi. Shunga muvofiq ravishda, import tarki­
bida mashina va uskunalar ulushi shu davming ichida 15,9 foizdan 
47,3 foizgacha oshdi.
2007-yilga kelib mamlakatimiz 80 dan ortiq jahon mamlakatlari 
bilan savdo qila boshladi. Tashqari savdo muomalasi o ‘sib, 1998 yil- 
da 9 mlrd. dollardan oshib ketdi, bu esa 1994-yildagidan taxminan 
ikki barobar ortiq. Tashqi savdoning ju g ‘rofiy tarkibi ham o ‘zgarib 
bormoqda: agar 1994-yilda tovar muomalasining 58 foizi sobiq 
Sovet respublikalariga to‘g ‘ri kelgan b o isa, 1998-yilda ulaming 
ulushi faqat 27 foizni tashkil qildi.
Respublika makroiqtisodiy barqarorlikka birinchilardan b o iib
erishdi. 1996-yildayoq yalpi ichki mahsulot 1,7 foiz, 1997-yilda u 
5,2 foiz, 1998-yilda esa 4,4 foiz ko‘paydi.
Xuddi shunday o ‘sish keyingi yillarda ham kuzatildi. 2005- 
yilning nihoyasidagi yakunlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o ig an
yilda deyarli barcha makroiqtisodiy koisatkichlar bo‘yicha prognoz 
hajmi va koisatkichlariga erishildi, aksariyat koisatkichlaming esa 
sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta’minlandi.
2005-yilda yalpi ichki mahsulotning o ‘sish sur’atlari 7 foizni, 
inflatsiya darajasi esa 7,8 foizni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste’mol tovarlari
376


ishlab chiqarish 17,7 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chi- 
qarish esa 6,2 foizga o ‘sgani quvonchli hol, albatta.
2005-yil davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan kutilgan
1 foiz taqchillik o ‘miga 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi, uning 
daromad qismi esa prognoz ko‘rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo‘ldi.
Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur’atda o‘sib borayotgani, 
so‘nggi 2005-2006-yillarda bu ko‘rsatkichning 7 foizdan ortayotga- 
ni, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuni ta’kidlash zarurki, 0 ‘zbekiston 
erishayotgan barqaror iqtisodiy o ‘sish sur’atlarining asosiy manba va 
omillari tariqasida dunyo xomashyo va tovarlar, avvalo, neft va gaz 
bozorlarida mavjud boigan qulay konyunktura va qandaydir tashqi 
omillar ko‘maklashib turgani yo‘q.
Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida avvalo bozor islo- 
hotlari va mamlakatni modemizatsiya qilishning puxta o ‘ylangan 
modeli va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturini bosqichma- 
bosqich amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli, izchil va 
qat’iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas.
2005- 
yilda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim 
yo‘nalishlarini quyidagi misoldan ko‘rish murakin.
Birinchi yo‘nalish - iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan 
izchil yangilash.
Bu boradagi harakatlar avvalo iqtisodiyotda makroiqtisodiy mu- 
tanosibliknf ta’minlash, iqtisodiy o ‘sishda yetakchi o ‘rin tutishi lo- 
zim bo‘lgan ishlab chiqarish, soha va tarmoqlami jadal rivojlantirish, 
shu bilan birga, 0 ‘zbekistonning o ‘ziga xos demografik xususiyatla- 
ri, bandlik, aholi daromadlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq va boshqa 
o‘ta muhim muammolami hal etishga qaratildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan mazkur vazifaning aha- 
miyatini yana shu bilan izohlash lozimki, ichki va tashqi investitsi- 
yalami kiritishni talab etadigan tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshir- 
masdan turib, xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan bir yoqlama 
iqtisodiyotdan xalos bo‘lish, tom m a’nodagi iqtisodiy mustaqillikka 
erishish mumkin emas.
Ko‘rilayotgan qat’iy tadbir va choralar, amalga oshirilayotgan 
islohotlar natijalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki 
mahsulotning tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yetakchi soha- 
larimizdan bo‘lmish sanoatning ulushi 2002-yildagi 14 foiz o‘miga
2005-yilda 20,7 foizni tashkil etgani ham bu fikmi tasdiqlaydi.
2006- 
yilda iqtisodiyotning o‘sishi, solishtirma nàrxlarda olib 
qaraganda, 2000-yilga nisbatan 45 foizni tashkil etdi, bunda 
sanoat ishlab chiqarishi 1,6, qishloq xo‘jaligi 1,5, tashqi savdo
377


aylanmasi 1,7, eksport hajmi 1,9, oltin-valuta zaxirasi 3,7 barobar, 
real ish haqi esa 4 marta oshganini ko‘rish mumkin. Shu bilan 
birga, inflatsiyaning yillik darajasi 4 martadan ziyod pasayganini 
ham qayd etish lozim.
Ayni paytda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida 
ham jiddiy yutuqlarga erishildi. Buning natijasida sanoatda mehnat 
unumdorligi 1,7 marta oshdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori 
sur’atlar bilan o‘sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari, jahon bozo- 
ridagi qulay konyunktura va ayrim xomashyo turlari hamda mate- 
riallar narxining yuqoriligi hisobidan emas. balki birinchi navbatda 
raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda za- 
monaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab 
beradigan jiddiy tarkibiy o'zgarishlar va ishlab chiqarish samarador­
ligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
2006-yilda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000- 
yildagi 14,2 foiz o‘miga 22,1 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining 
ulushi 30 foiz o‘miga 39,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligida esa 
aksincha - bu ko‘rsatkich pasayib, 32 foizdan 24 foizga tushdi.
Xizmat ko’rsatish sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Sohaning 
yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 38,5 foizdan oshgani, jumla- 
dan, kommunikatsiya, transport va aloqa tarmoqlari bo'vicha xizmat 
ko‘rsatish hajmi besh yil mobaynida bir yarim baravar o’sgani bu­
ning yaqqol tasdig‘idir.
2006-yilda yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga o ’sdi. Ishlab chiqa­
rish hajmining sanoatda 10,8, qishloq xo‘jaligida 6,2 foizga oshga­
ni, investitsiyalaming 11,4, qurilish-pudrat ishlarining 12,8, xizmat 
ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlaming 19,5 foizga o‘sgani iqtiso- 
diy rivojlanishning asosiy omillari boflib xizmat qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o ‘tgan yilda erishilgan ana 
shunday o‘sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash 
bo'yicha amalga oshirilgan ko‘p yillik mashaqqatli va murakkab ish- 
lari natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror rivojlan- 
tirishning amaliy namoyoni bo’ldi.
Ayniqsa, keyingi yillarda telekommunikatsiya aloqasi va 
moliya-bank tizimida xizmatlaming yangi turlari tez sur’atlar bilan 
rivojlanayotgani e’tiborga sazovor.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy 
islohotlar va ulardan ko‘zlangan maqsadlaming bajarilishi yengil sa­
noatning jadal sur’atda rivojlanishida ham o‘z ifodasini topmoqda.
378


Bu tarmoqlar 2005-yilda o‘sish sur’ati 2004-yilga nisbatan 12 
foizni tashkil etgani, shu jumladan, to‘qimachilikda 17 foiz, tikuv- 
chilikda 24,5 foiz, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda 53 foiz 
o‘sish kuzatilganini qayd etish zarur.
Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan korxonalar- 
ning ishga tushirilishi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yangi 
ishlab chiqarish quwatlarining tashkil etilishi, jahon bozoriga ra- 
qobatga bardoshli tayyor engil sanoat mahsulotlarini eksport qilish 
hajmining sezilarli darajada ortib borayotgani - bulaming barchasi 
mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridir.
Eng muhimi, bunday o‘zgarishlar natijasida yangi ish o'rinlari 
yaratilmoqda, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar ish bilan ta’minlanmoqda.
2005-yilda chetga mahsulot eksport qilish hajmi 11,5 foizga 
o‘sgani yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotni 
modemizatsiya qilishda erishilayotgan yutuqlaming muhim natijasi 
desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ayni paytda umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xiz- 
matlar ulushi 50 foizdan oshdi.
Bu esa tashqi savdoda mustaqillik yillaridagi eng yuqori 
ko‘rsatkich - 1,3 milliard AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldo- 
ga erishish imkonini berdi. Natijada mamlakatimizning oltin-valyuta 
zaxirasi 1,3 marta ko‘paydi, bu esa, aw alo, iqtisodiyotimizning tash­
qi bozor o‘zgarighlariga barqarorligi ortib borayotganidan dalolat be- 
radi.
0 ‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan sifat o ‘zgarishlarini 
baholash uchun e’tibomi yana bir misolga qaratsak.
Agarki, yaqin-yaqinlargacha, ya’ni 2000-yilda eksport tarkibi- 
da paxta tolasining hissasi 27,5 foiz b o igan bo‘lsa, 2005-yilda bu 
ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etganining o ‘zi ko‘p narsani bildiradi, 
deb aytish mumkin.
Shu davrda importning tarkibi ham o ‘zgarib, mamlakatga olib 
kirilayotgan umumiy mahsulot hajmida texnika va uskunalar ulushi 
44 foizdan ortgani ayniqsa e ’tiborga loyiq.
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarining sifat jihatidan yuk- 
salishi ko‘p tomondan investitsiya hajmidagi tarkibiy o‘zgarishlar 
bilan bog‘liq bo‘lib, ulaming yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 
foizdan oshdi.
Markazlashtirilgan holda mablag1 bilan ta’minlash hajmi qis- 
qarayotgan bir paytda korxonalar va aholining xususiy ffiablag‘- 
qo‘yilmalari keskin oshib bormoqda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy inves- 
titsiyalar va tijorat banklari resurslari faol jalb etilmoqda.
379


Buni 2005-yilda nomarkaz investitsiya manbalari ulushi 76,6 
foizni tashkil etgani, to‘g‘ridan-to‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar va kre- 
ditlar hajmi esa qariyb 1,5 barobar ko‘paygani ham ko‘rsatib turibdi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin