Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Kuch -
adolatda» 
hikmatining naqadar to‘g‘riligini isbotlaydi.
Xalqimiz o‘tmishining ajralmas qismi bo‘lmish Buxoro tarixi 
shukuhli va muborak kunlar bilan bir qatorda juda og‘ir va musibatli 
damlarga guvoh bo‘ldi. Ko‘plab bosqinlami boshdan kechirdi, necha 
marta vayron etildi, o‘t ichida qoldi. Bu muqaddas tuproqda begu- 
noh qonlar to‘kildi, muhtasham obida, minora va aztí-avliyolaming 
qabrlari oyoqosti qilindi. Ammo buxoroliklar o ‘z ona shaharlarini 
mardonavor himoya etdilar va necha qayta qurdilar, tikladilar.
567


So‘nggi mustamlaka zamonida Buxoroga boigan munosabat 
hammamizga m a’lum. Inqilob bahonasida bu sharofatli shahar obi- 
dalari yana bir bor vayrona etildi, uning asi farzandlari qatag‘on qi- 
lindi. Xalq va uning moddiy-ma’naviy merosiga ko‘rsatilgan bunday 
munosabat sobiq sho‘rolar tuzumining qanchalik g‘ayriinsoniy va 
adolatsiz ekanligini ko‘rsatadi.
Muhtaram jamoa!
Har bir xalq o‘z yurtiga haqiqiy ega bo'lganda uning tarixi 
va salohiyati bo‘y-bastini, uning go‘zalligini dunyo ko‘z o ‘ngida 
to‘la-to‘kis namoyon eta oladi. Bugun bu qadim shahar to‘yi dun­
yo miqyosida keng nishonlanayotgan ekan, bu ham Istiqlolimiz 
sharofatidir.
Istiqlol ko'hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Bu- 
xoro viloyati va shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoal, qishloq 
xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va san’at yangi yuksalish yo‘liga kirdi. 
Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga o ‘zgarmoqda, yangi shukuh 
topmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo 
ahli tarafidan muhim voqea sifatida e’tirof etildi. Shahar va viloyatda 
juda katta qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o ‘z saxovatli mehnati bilan 
Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Buxoroning tengsiz zardo‘zi liboslari, oltinga teng pillasi, 
qorakoi terilari jahon bozorida munosib bahosini olmoqda.
Sharq m e’morchilik san’atining noyob namunalari bo‘lgan bar- 
cha qadimiy obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asi shakliga 
qaytmoqda.
Buxoroning va buxoroliklaming yana bir katta yutug‘i shundaki, 
bugun bu tabarruk zaminda turli millat-u dinga mansub kishilar - to- 
jiklar, turkmanlar, ruslar, yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar 
va boshqa o‘nlab millat vakillari o‘zbeklar bilan birga qo‘lni-qo‘lga 
berib, do‘stona, ahil, hamkor va hamjihat bo‘lib yashamoqdalar.
Bugungi fursatdan foydalanib, mard va tanti, g‘ururi baland, 
ilmparvar va mehnatsevar Buxoro ahliga xalqimiz nomidan, shaxsan 
o ‘z nomimdan minnatdorlik izhor etishni va ularga chuqur ta’zim 
qilishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.
Aziz vatandoshlar!
Zamonlar o‘tar, yillar, asrlar o‘tadi. Hech shubha yo‘qki, far- 
zandlarimiz, nevaralarimiz, kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim 
tarixiga qayta-qayta murojaat etadilar.
Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon
5 6 8


bo‘lganlami, mustaqillik imorati poydevoriga birinchi g‘isht qo‘ygan 
ota-bobolarini sira unutmaydilar.
Yangi o ‘sib kelayotgan avlodlarimiz o‘z tarixini, yurtini, aziz- 
avliyolarini, osori atiqalarini boshiga ko‘tarib, shu tariqa mil- 
liy tuyg‘u, milliy g ‘urur, milliy iftixor hissiyotini ko'kka ko‘tarib, 
umumshabariy qadriyatlar xazinasiga o‘zlarining munosib hissasini 
qo‘shadilar.
Aziz do‘stlarim, vatandoshlarim!
Sizlami yana bir karra Buxoroi sharifning qutlug‘ to‘yi bilan 
chin ko'ngildan tabriklayman!
Barcharaizga ajdodlarimizga munosib, yana ming yillarga da- 
vomdor buyuk ishlar qilish baxti nasib etsin!
Yaratganning o ‘zi bizning barcha ezgu ishlarimizda madadkor 
bo'lsin!

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin