Mamlakatimizda 2006-yil 4-aprelda 0 ‘zbekiston Respublika-
si Oliy Majlisi Senatining Kengashi may-iyun oylarida «Fuqaro-
lar yig‘ini raislari (oqsoqollari) va ulaming maslahatchilari saylovi
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu
qaromi amalga oshirish maq-
sadida mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rildi. Awalgi yillarda
o‘tkazilgan saylovlardan farqli oiaro q ushbu saylov birinchi marta
2004-yilda qabul qilingan «Fuqarolar raislari (oqsoqollari) va ular-
ning maslahatchilari saylovi to‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq o‘tkazildi.
Saylovni tashkil etish va o ‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ama-
liy yordam ko‘rsatish uchun davlat idoralari tomonidan joylarda 199
ta tuman hamda shahar komissiyalari tuzildi, 8843 ta ishchi guruh
tashkil etildi. Ular tarkibiga «Mahalla» jam g‘armasi, 0 ‘zbekiston
faxriylami ijtimoiy qo‘llab-quwatlash «Nuroniy» jam g‘armasi,
0 ‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va 0 ‘zbekiston
ijtimoiy hara-
kati hududiy bo‘linmalarining vakillari kiritildi. Komissiyalar va
ishchi guruhlarga ishda foydalanish uchun 12 ming nusxadan ortiq
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Fuqarolar yig‘ini
raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi va
«Fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining matnlari maxsus nashr etil-
gan risolalar va fiiqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organlariga say-
lovlar o‘tkazish maselalariga doir bir qancha qoilanm a va risolalar
yuborildi.
Saylovlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining
a’zolari,
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining
deputatlari faol ishtirok etdilar.
Shuni aytish joizki, fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organ
lariga saylovlar keng oshkoralik va ochiqlik vaziyatida o'tdi. Om-
maviy axborot vositalari saylovning borishini keng yoritdilar.
Umuman olganda, saylov tadbirlarida 12 million 315 ming 818
saylovchi nomidan 574687 nafar vakil ishtirok etdi. Ular 27715
nomzod orasida 8843 nafar fuqarolar yig‘inlari raislarini muqobil-
lik asosida sayladilar. Ular orasida 2895 nafar fuqarolar yig‘inlari
raislari (oqsoqollari) yoki ular umumiy sonining 32,7 foizi ilk bor
saylandi. Shuningdek, 84375 nafar fuqarolar yig‘inlari raislarining
maslahatchilari ham saylandi.
Fuqarolar yig‘ini majlislarida fuqarolaming o ‘zini o‘zi bosh
qarish
organlari faoliyatidagi, davlat hokimiyatining mahallij^ijro
organlarining muhim ijtimoiy, uy-joy-kommunal va boshqa masa-
lalami hal etishdagi mavjud kamchiliklar tanqidiy va ochiq muho-
145
kama etildi. Xususan, joylarda mavjud boigan kam ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda muhtoj oilalaming bola-
lariga nafaqalar tayinlash masalasini adolat bilan hal qilmaslik holla-
ri, fuqarolar yig‘inlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik yetarli emasligi va boshqa aholi e’tiroziga sabab
bo‘layotgan muammolar qayd etildi.
143 ta fuqarolar yig‘inlarida ular rahbarlarining o‘tgan
davrdagi
ishi qoniqarsiz deb topildi, oqsoqollarga ishonchsizlik bildirildi va
ular qayta saylanmadilar.
Umuman, fuqarolar yig‘inlari saylovi kompaniyasi yakunlarini
tahlil qilib aytish mumkinki, yig‘inlar raislari va maslahatchilari-
ning bo‘lib o‘tgan saylovi, shuningdek, kelgusi davrga moijallangan
faoliyat dasturlari keng muhokama etilib
qabul qilinganligi jami-
yatimizni demokratiyalashtirish, mamlakatni modemizatsiya qilish
yo‘lida muhim qadam, fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish shaklini
qaror toptirish va mustahkamlashning eng muhimi fuqarolik jamiya-
tini shakllantirishning navbatdagi bosqichi b o iib qoldi.
2008-yil 30-sentabr kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi
Senati Kengashining «Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovi
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra shu yilning noyabr-dekabr
oylarida barcha mahallalarda saylovlar oshkoralik va yakdillik bilan
o‘tkazildi.
Dostları ilə paylaş: