Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

B e sh i n ch i b o b
SIYOSIY, IJTIMOIY BARQARORLIKNING
TA’MINLANISHI
1-§. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash - davlat
siyosatining bosh yo‘nalishi
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamiyatda bo- 
zor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini 
ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Binoba- 
rin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlaming asl maqsadi 
insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan 
oigan besh tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himo­
yalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir.
0 ‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish dav- 
rida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu 
choralar odamlaming turmush darajasini keskin pasayib ketishining 
oldini olishda muhim rol o ‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik 
va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik 
yillarida odamlaming turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsa- 
dida davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va us- 
lublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‘zgartirib turil- 
gan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya 
to‘lovlari
tarzidagi bevosita pul to ‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar 
tarzidagi toiovlam i joriy qilish usuli keng qo‘llanildi.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. 
Korxonalaming o ‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish soha- 
sidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qopla- 
nib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlaming ko‘pgina qis­
mi bo‘yicha narxlardagi tafovutlaming o ‘mi qoplandi. Shu bilan 
birga qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, 
boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun be- 
pul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, 
maktab o ‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi
266


kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, ko‘pgina toifadagi fuqarolarga 
turaijoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal 
xizmatlar haqini to‘lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo.
Aholining ijtimoiy himoyalanishiga muntazam e ’tibor berar 
ekan, respublika hukumati islohotlaming birinchi bosqichidagi taj- 
riba asosida inson va oila hayotining barcha sohalarini yaxshi- 
lashga qaratilgan chora-tadbirlaming butun bir tizimini shakllan- 
tirishga erishdi. Aytish mumkinki, Mustaqillik yillarida narxlar 
erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib bo- 
rishi munosabati bilan daromadlaming eng kam va o ‘rtacha da- 
rajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari 
tizimidagi eng ustun yo‘nalishlardan biri bo‘lib keldi va hozir- 
gi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalish aholining 
barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlaming dast- 
labki davrida keng miqyosda qo‘llanildi. Boshqa mamlakatlardan 
farqli o‘laroq, 0 ‘zbekistonda daromadlar nisbatini o ‘zgartirish ish 
haqi, pensiyalar, stipendiyalaming, jam g‘arma banklaridagi aholi 
omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida 
markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amal- 
ga oshirildi. 1995-yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi 
ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga aj- 
ratildi.
1992-1998-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalaming 
eng kam miqdori bir necha bor oshirildi. Masalan: eng kam ish 
haqi 1995-yilda 1994-yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996-yilning
1-yarmida esa 1995-yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. 
Nafaqaxo‘rlaming ijtimoiy ahvolini e ’tiborga olib, eng kam pensi- 
yaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq 
bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamo- 
yillariga to‘la mos kelar edi. Masalan, 1998-yil 1-iyuldan ish haqi­
ning eng oz miqdori 1100 so‘m bo‘lgani holda, qarilik pensiyasining 
eng kam miqdori 2100 so‘mni tashkil etadi, nogironlik pensiyasi esa 
hundan ham ortiqdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida eng kam ish 
haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx- 
navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov 
qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining kes­
kin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilamingt>ylik 
o ‘rtacha ish haqi birgina 1996-yil dekabriga kelib, 1995-yil dekabri- 
ga nisbatan 2,6 barobarga o ‘sdi.
267


Daromadlar miqdorini o‘zgartirish orqali aholini ijtimoiy himo- 
yalash chora-tadbirlari tizimida 1993-yilda joriy etilgan yangi Yago- 
na tarif setkasi ham aholi ijtimoiy himoyasida katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlaming ish haqi miqdorlarini 
tarif koeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita 
o ‘zaro bog‘lash imkonini berdi.
Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o ‘rtacha ish 
haqi, pul daromadlari o‘z-o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga res- 
publikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat 
va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada 
saqlab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihat- 
dan himoyalashning ikkinchi eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‘shni 
mamlakatlarga nisbatan birmuncha mo‘tadil siyosat o ‘tkazilganligi 
iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu 
0 ‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda nihoyatda muhim 
edi. Aksariyat respublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan 
un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar res­
publika tashqarisiga olib chiqib ketilishi hollari yuz berdi.
Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
0 ‘zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga 
hayotiy muhim masala sifatida qaraldi, mahsulotlami tashqariga olib 
chiqib ketilishini bojxonalar orqali qat’iy nazorat qilish va yuqori 
boj to‘lovlari joriy etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab, murak- 
kab bir paytda iste’mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‘ngra 
esa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlami muomalaga kiritish, kunda- 
lik zarur tovarlaming cheklangan turlarini m e’yorlangan tarzda so- 
tishni tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. Bu tizim o ‘zini to‘la oqladi. 
U bozomi pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‘iga 
barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlarini va kundalik xarid mollarini 
muntazam ravishda chiqarib turishni ta’minlash, ulami iste’mol qi­
lish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi.
0 ‘tish davri qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu tizim respubli- 
kaning barcha aholisiga hayotiy muhim mahsulotlami iste’mol qilish 
va xizmatlardan bahramand bo‘lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafo- 
latlami ta’minlab berdi.
1992-1996-yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand- 
shakar, o ‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, 
kommunal va transport xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman saq­
lab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bolg an oilalar 
bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Islohotlar-
268


ning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatla- 
rida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda 
0 ‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyat- 
ga ega bo‘ldi. Odamlaming islohotlami jadallik bilan olib borishga 
ishonchini kuchaytirdi.
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilaming manfaatlarini himo- 
ya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o ‘tishga tayyorgarlik ishlari olib 
borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari daraja- 
siga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq 
ravishda oshirishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy 
himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo etadi. 
Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki alma- 
shuvini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy 
chora-tadbirlaming ko‘rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatda ichki bozomi, xalqimiz manfaatlarini faqat baquv- 
vat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat’iy xulosaga 
kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o ‘zimizda ishlab 
chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hi- 
sobiga to ‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlan- 
gan bo‘lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining 
oxirlariga kelib (1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan 
tarzda sotishdan butunlay voz kechish va erkin narxlarga o‘tish im- 
koniyati tug‘ildi.
Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o ‘tishga muvaffaq 
bo‘lindi. Buni 0 ‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichi­
ning muhim natijasi, deb baholash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta’min- 
langan qismini qo‘llab-quvatlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri 
bo‘ldi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin