Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


G ‘alla mustaqilligi yo‘lidagi dadil qadamlar



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

G ‘alla mustaqilligi yo‘lidagi dadil qadamlar.


Ravon yo‘llar, oydin orzular.


Ozod yurtning baxtli bolalari.


ongimiz va shuurimizdan alohida o‘rin egallagan. Terrorchilar mil- 
lat hissiyoti, tuyg‘ulari va ehtirorslari bilan bog‘liq bo‘lgan ana shu 
omildan ayyorlik bilan foydalandilar.
Islom niqobi ostida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari 
bir guruh aqidaparastlaming qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash 
va shu yo‘l bilan davlat tepasiga chiqib olish singan maqsadlari tu- 
fayli yuz berdi. 1999-yil 16-fevral kuni sodir bo‘lgan qonli fojealar- 
ning butun mazmuni va mohiyati ana shundan iborat.
Fevral voqealari bugunning mahsuli emas. U yillar mobaynida 
maddalab, yiringlab, oxir-oqibatda millat va mamlakat jism-u jonini 
azobga soladigan, so‘ng esa butunlay halokatga keltiradigan ashad- 
diy yovuzlikdir.
Mustaqillik arafasida, aniqrog‘i 1980-yillaming ikkinchi yarmi- 
da sobiq Ittifoq hududida, jumladan, 0 ‘zbekistonda ham vujudga 
kelgan demokratiya o‘yinlari natijasi bo‘lmish bu illat yillar o‘tgan 
sari faoliyat doirasini, shaklini, ta’sir etish yo‘llarini o‘zgartirib turdi. 
Biroq, mazmun-mohiyati o‘sha-o‘shaligicha qolaverdi - qon to‘kish, 
zo‘ravonlik yo‘li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish! 0 ‘zlarining 
qabih niyatlariga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan, 
chirkin va jirkanch maqsadlari yo‘lida millionlab begunoh odamlar 
yostig'ini quritishdan toymaydigan, fikrlashdan uzoq bo‘lgan kishi- 
lar guruhi ayni ana shunday yo‘l tutadi.
Hayotda o‘¿ining qat’iy pozitsiyasiga, mustaqil fikriga ega 
bo‘lmagan, voqelikka aql-idrok bilan emas, balki hissiyot bilan yon- 
dashadigan odamlar havoyi da’vatlarga tez uchadilar. Terrorchilik 
harakati tashkilotchilari aholining xuddi ana shunday irodasi bo‘sh, 
iymoni sust, dunyoqarashi cheklangan, fe’l-atvori shakllanmagan 
qatlami ichiga kirib olishdi. Ulaming zaif jihatlaridan ustomonlik 
bilan foydalanishdi.
Mamlakat Prezidenti fevral voqealariga daxldor bo‘lgan ter­
rorchilik guruhi ta’siriga uchgan, bilib-bilmay ko‘r-ko‘rona ularga 
ergashganlami yurt va millat otasi sifatida gunohlaridan kechishi 
haqida bayonot berganidan keyin sodir bo‘lgan voqealar diqqatga 
sazovor.
Darhaqiqat, bir necha yuzlab yoshlar tanlagan yoilarining 
noto‘g‘ri ekanligini anglab yetdilar. Kimlamingdir tazyiqi va ta’siri 
bilan g‘ayriislomiy - g ‘ayriinsoniy yo‘lga kirib qolganliklaridan 
pushaymon bo‘lib, uzr so‘ramoqdalar. Ana shu fojeaviy holatning 
o ‘zi diniy aqidaparastlik nima ekanligini yaqqol ko‘rsatmoq¡da.
Farg‘ona vodiysida, xususan, Andijon viloyatida payt poylab 
yurgan aqidaparast, ekstremistik guruhlar o‘zlarining uzoq vaqtdan
11 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
321


beri pinhona tayyorlab kelgan rejalarini 2005-yil 13-may kuni amal- 
ga oshirishga urindi. Ular Qirg‘izistondagi kabi 0 ‘zbekistonda ham 
mahalliy va markaziy hokimiyat zaiflik qiladi, degan xomxayolga 
borgan edi. Jangarilar ongi zaharlangan yoshlami o‘zlariga ergash- 
tirib, ma’muriy binolami egallash yo‘li bilan o‘z qabih maqsadi- 
ga erishishni rejalashtirdi. Andijonda xalq say lagan konstitutsiya- 
viy hokimiyatni ag‘darishni, bu yerda musulmon xalifaligi tuzishni 
mo‘ljallagan edi.
Ayrim davlatlaming Markaziy Osiyo mintaqasiga demokratiyani 
majburan o‘matishga urinishidan uchinchi kuch foydalanib qolishi 
mumkin. Bu kuch - islom dinini niqob qilib oigan yovuz niyatli ra­
dikal oqimlardir.
Oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rgan qurollangan jangarilar 
yarim tunda shahardagi post-patrul xizmati batalyoni hududiga 
bostirib kirib, to‘rt nafar navbatchini otib tashlaydi. 0 ‘nlab av- 
tomat, granata, ikkita q o i pulemyoti va boshqa qurol-yarog‘ni 
q o ig a kiritgan bosqinchilar tunda Mudofaa vazirligining harbiy 
qismiga borib navbatchini otib tashlab, qo‘shimcha qurol-aslahani 
qo‘lga kiritadi. Qamoqxona darvozasini buzib kiradi, qurol bilan 
qo‘rqitish orqali hibsxonalardan qariyb 600 nafar mahbusni chiqa- 
rib yuboradi.
Bosqinchilar tinch aholiga tegishli yengil mashinalami egallab 
oladi, qurollardan o ‘q otgan holda viloyat hokimligi, Milliy xavfsiz- 
lik xizmati viloyat boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi 
binolariga hujum uyushtiradi. Ular viloyat hokimligi binosini egal- 
laydi.
Jangarilar har bir harakatini ayollar, bolalar, qariyalar va boshqa 
garovga olingan kishilar panasida turib amalga oshiradi.
Mamlakatimiz Prezidenti shu kuni erta tongdayoq Andijonga 
yetib bordi. Shahar va viloyat jamoatchiligi vakillari, mahalla oq- 
soqollari bilan uchrashdi. Ular bilan maslahatlashgan holda vazi- 
yatni izga solish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi.
Mamlakatimiz, xalqimiz istiqlolning ilk kunlarida belgilab oi­
gan oliy maslagimiz - huquqiy demokratik davlat barpo etish va 
adolatli fiiqarolik jamiyatini shakllantirish yoiidan dadil borave- 
radi. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash, mamlakatni 
modemizatsiya va isloh etish - bosh maqsadimizdir. Erkin, de­
mokratik fiiqarolik jamiyati talablariga to iiq javob beradigan yuk- 
sak taraqqiyotga erishish yoiidan bizni hech kim, hech qachon 
qaytara olmaydi.
3 2 2



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin