Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«O‘zbekiston NATO munosabatlarining asl mohi-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«O‘zbekiston NATO munosabatlarining asl mohi-
y a t i- davlatimizning xavfsizügini va tinchligini ta’minlash,
qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirislT' uchun
shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlash-
dan iborat».
351


Konstitutsiyaga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasining siyo- 
siy maqsadi insonparvar demokratik huquqiy davlat yaratishdir, 
0 ‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlaming to‘la huquqli 
subyektidir va uning tashqi siyosati davlatlaming suveren tengligi, 
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning 
daxlsizligi, nizolami tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlaming 
ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof etil- 
gan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
0 ‘zbekiston shu paytgacha, dunyoning barcha mamlakatlari, 
qit’alari va mintaqalari bilan o‘z munosabatlarini, bu mamlakatlar- 
ning ustqurtmasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, faqat xalqaro hu­
quqning barcha tan oigan qoida va mezonlari asosida qurib keldi va 
bundan keyin ham shu yo‘ldan boradi.
0 ‘zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevar yoidan bo- 
rib, o ‘z zimmasiga fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya 
qilish vazifasini yuklab, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Usta- 
viga binoan o ‘zini mudofaa qilish huquqini amalga oshira borib, 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuniga 
asosan yetarli zamriyat miqyosida o ‘zining harbiy salohiyati va mu­
dofaa qobiliyatini ta’minlamoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va harbiy strategiya- 
siga asos solingan bu qoidalar ilk bor 1991-yil avgust oyida qabul 
qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari 
to‘g ‘risida»gi Qonunda va Oliy Kengashning « 0 ‘zbekiston Respub­
likasining davlat Mustaqilligi to ‘g ‘risida»gi Bayonotida o ‘z aksini 
topdi.
Keyinchalik, 0 ‘zbekiston Respublikasining harbiy strategiyasi, 
0 ‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunida ken- 
gaytirildi va unga aniqlik kiritildi. Ushbu qonunda davlatni mudofaa 
qilishning maqsad va vazifalari, harbiy doktrinaning yo‘nalishlari 
hamda davlat hokimiyati va fuqarolaming 0 ‘zbekiston Respublika­
sining mudofaa qobiliyatini ta’minlashning tashkiliy, boshqamv, hu- 
quq va majburiyatlari asoslari aniq belgilab berildi.
Harbiy strategiyaning huquqiy rivoji va uning asosiy me’yor 
hamda qoidalarini mustahkamlashga 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi muhim hissa qo'shdi. Davlatimizning asosiy qonu­
nida fuqarolaming qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqo- 
bil xizmatni o‘tashi majburiyligi, mamlakat Prezidentiga Respublika 
Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondonlik vazifasi yuklatil- 
ganligi normativ jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning 
«Mudofaa va xavfsizlik» nomli maxsus bobida 0 ‘zbekiston Qurolli
3 5 2


Kuchlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy masalalari Konstitu- 
tsion ravishda tartibga solingan.
Davlat harbiy strategiyasi shakllanishi va aniq yo‘nalishlarini 
belgilashda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasi 
muhira hissa qo‘shdi. Bu sessiyada mamlakatimiz Prezidenti I. Ka­
rimov tomonidan birinchi maria milliy xavfsizlikning eng muhim 
(asosiy) to‘qqiz tamoyili shakllantirib berildi. 0 ‘zbekistonning jahon 
hamjamiyati va davlatlararo xavfsizlik tizimida faoliyati, davlatlar- 
aro bitimlar mustahkam tizimini yaratish va unga so‘zsiz amal qilish, 
tashqi siyosatni mafkuradan to‘la xoli etish, qo‘shilmaslik harakati- 
da hamda MDH davlatlarining kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok 
etish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro ham- 
korlikni chuqurlashtirish, milliy xavfsizlik tizimini yaratish hamda 
jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma’naviy axloqiy, madaniy va tarixiy 
ildizlariga tayanish shular jumlasidandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’riflab beril- 
gan milliy xavfsizlik tamoyillari davlatimiz harbiy strategiyasining 
huquqiy asosini yakunlovchi hujjat bo‘lmish harbiy doktrina asosini 
(negizini) tashkil etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, harbiy doktrina hatto sobiq 
Sovet Ittifoqida ham yo‘q edi. Bu 0 ‘zbekiston harbiy siyosatining 
huquqiy asosini, strategik maqsad va g‘oyalarini ko‘rsatadi.
Yosh suverefti davlat bo‘lmish 0 ‘zbekiston o‘zining Mustaqillik 
yillari mobaynida tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va 
tinchlik muammolarining prinsipial yangi nuqtayi nazari va masala- 
lariga tayanadigan, milliy xavfsizlikning umumdavlat konsepsiyasi- 
ning tarkibiy qismi bo‘lgan hamda mamlakatning mudofaa siyosatini 
asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab chiqdi va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda qabul 
qilindi.
Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh 
qilish va harbiy-texnik siyosat istiqbollarini ishlab chiqish hamda 
harbiy bilim, harbiy san’at va ofitser kadrlami tayyorlashni yanada 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Oldiga qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra mamlakat harbiy Doktrinasi- 
ning mazmuni va strukturasi aniqlandi. U o ‘z ichiga umumiy qoida- 
lar, siyosiy va harbiy-tashkiliy aspektlar hamda harbiy doktrinaning 
huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada davlatning o‘z fuqarolari 
hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish*1iuquqini 
amalga oshirish bo‘yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab 
berilgan.
12 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
353


0 ‘zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo mojarolar- 
ni urush y o ii bilan hal etishga qat’iy ravishda qarshi chiqadi va 
o‘zining tashqi siyosat faoliyatida harbiy nizolar hamda qarama- 
qarshiliklaming kelib chiqish sabablarini bartaraf etuvchi yoki yo‘l 
qo‘yilmaydigan, xavfning oldini olish diplomatiyasi usullari yorda- 
mida dunyo hamjamiyatining davlatlari o ‘rtasidagi harbiy nizo­
lar oldini olish masalalarini bosh vazifa, deb biladi. Bu vazifalar 
O'zbekiston Respublikasining qonuniy va me’yoriy hujjatlarida 
mustahkamlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida urush va harbiy ni- 
zolaming oldini olishni o ‘zining bosh strategik yo'nalishi, deb qabul 
qilib, hech qanday harbiy blokka kirmaslik, agressiyadan tashqari 
o ‘z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatlarga qarshi qo'llamaslik, hech 
kimni o ‘z dushmani deb qaramaslik va yadrosizlikning uch tamoyili- 
ga amal qilish majburiyatini oldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘zining xalqaro faoliyatida urush- 
ning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli choralar ko‘rish lozim, 
deb hisoblaydi. BMT mavqeyini oshirish, faol integratsiyalanish, 
yadro qurolini sinashni butkul to‘xtatish, kimyo qurolini yo‘q qilish, 
Markaziy Osiyo hududini yadrosiz mintaqa, deb e’lon qilish, aqida- 
parastlikka, ekstremizmga, terrorizmga barham berish va boshqalar 
shular jumlasidandir.
Harbiy Doktrinada Markaziy Osiyo mintaqasining o ‘ziga xos 
xususiyatlari, harbiy xavfning potensial manbalari, zamonaviy 
urushlaming xarakter va oqibatlari, harbiy-strategik bosh vazifalari, 
Qurolli Kuchlarni qurish va qo'llashning tamoyillari hamda respub- 
lika iqtisodiyoti, hududi va aholisini mudofaaga tayyorlashning rao- 
hiyatlari ochib berilgan.
Amaldagi 0 ‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining aso- 
siy g ‘oyalarini rivojlantira borib, keyingi besh yilda dunyoda, min- 
taqada va mamlakatda ro‘y berayotgan geopolitik vaziyatni hisobga 
oigan holda 0 ‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi ish- 
lab chiqildi va qabul qilindi.
Uni ishlab chiqishda va qabul qilishda alohida geopolitik o‘rin 
egallab turgan Markaziy Osiyo mintaqasining hozirgi paytda xal­
qaro terrorchilik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni yoyishga, 
mintaqadagi mamlakatlami o‘zlari tanlagan demokratik taraqqiyot 
yo‘lidan qaytarishga urinayotgan ekstremistik kuchlar va diversion- 
qo‘poruvchi markazlaming o ‘ta manfaatdor obyektiga aylanayotgani 
hisobga olingan. Narkobiznes va g ‘ayriqonuniy qurol-aslaha savdo- 
si ko‘lamining kengayayotgani xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda.
3 5 4


Bunday sharoitda davlatning eng muhim vazifasi - Mudofaa vazirli- 
gi, chegara va ichki qo‘shinlaming tezkor, zamonaviy qurol-aslahaga 
ega, professional jihatdan yaxshi tayyorlangan birlashma va qismla- 
rini tashkil etish, mamlakatning yagona himoya va mudofaa tizimini, 
barcha qo‘shin turlari va harbiy bo‘linmalari, huquq-tartibot idora- 
lari o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmini shakllantirishdan 
iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi konsepsiyasining 
prinsipial o‘rinlariga, mamlakat va mintaqaning xavfsizligi, tinchligi 
va barqarorligiga tahdid solayotgan kuchlami chuqur o‘rganishga 
asoslangan holda Mudofaa doktrinasi harbiy qurilish, ishonchli mu- 
dofaani, davlatning hududiy yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlashga 
doir asosiy tamoyillami belgilab beradi.
Qabul qilingan doktrina mutlaqo mudofaaviy xususiyatga ega 
bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasining tinchlikparvar siyosati ifo- 
dasidir. Doktrinada umumiy xavfsizlik tamoyilidan kelib chiqqan 
holda, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik va barqa- 
rorlikni saqlash borasidagi sa’y-harakatlami birlashtirish zarurligi 
ta’kidlanadi.
Doktrinada vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari 
va muassasalaming mamlakat mudofaa salohiyatini ta’minlash bo­
rasidagi o‘mi va ma’suliyati belgilab berilgan. Doktrina qoidalari- 
ni amalga oshirisl^Vatanimizning har bir fuqarosi uchun muqaddas 
burchdir.
1999-yilning fevralida Toshkentda sodir bo'lgan fojea, so‘ngra 
Qirg‘iziston janubida, Buxoro va Andijonda sodir bo‘lgan voqealar 
xalqimizning tinch hayotini ko‘ra olmaydigan kuchlar borligini va 
ular 0 ‘zbekistonni tanlagan yoiidan qaytarish uchun har qanday qa- 
bohatga tayyor ekanligini ko‘rsatdi. Mustaqil 0 ‘zbekiston posbonlari 
bo'lgan Qurolli Kuchlar askarlari mana shu og‘ir kunlarda o‘zlarini 
jasur va matonatli Vatan himoyachilari sifatida ko‘rsatdilar.
Sarhadlarimiz 
daxlsizligini 
saqlash, 
yurt 
osoyishtaligini 
ishonchli himoya qilish ma’naviy yuksak, jismonan baquwat 
askarlar va zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlangan professional 
armiyaga bog‘liq. Istiqlol davrida shakllangan Qurolli kuchlarimiz 
bugun sobiq ittifoq davridagi armiyadan keskin farq qiladi. Endilik- 
da Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan yigit yagona Vatan -
ona 0 ‘zbekiston uchun, uning osoyishtaligi yo‘lida o‘z burchini ado 
etayotganini yaxshi anglaydi. Ayni paytda muddatli harbiy xizthatga 
chaqiriluvchi yoshlar katta tanlovdan o‘tib, ular orasidan eng saralari 
tanlab olinmoqda. Tabiiyki, Qurolli Kuchlaming mudofaa salohi-
355


yatini oshirish, har qanday sharoitda mashaqqatli vaziyatdan sha- 
raf bilan chiqish harbiylardan nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, bal- 
ki yuksak aql-idrok, intellektul salohiyatni ham talab etadi. Hozir 
Qurolli Kuchlami barpo etish va tashkil etishning mutlaqo yangi 
konsepsiyasiga amal qilinmoqda. Muddatli harbiy xizmat bir yil- 
gacha qisqardi, har tomonlama ta’minlangan nufuzli serjantlar mak- 
tabining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Amalda o‘zini oqlagan, saflarida 
ming-minglab yoshlarimiz o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan safarbar- 
lik chaqiruv rezervi xizmati tashkil etildi. Eski nomaqbul kazarma 
muhitiga barham berildi. Muddatli va kontrakt xizmati, ofitserlik va 
qo‘mondonlik tarkibi xizmatlarining o ‘ziga xos jihatlarini hisobga 
olgan holda harbiy xizmatchilaming yashash va dam olishlari uchun 
munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Mamlakatning barcha hududlarida harbiy qismlar askarlari turli 
qurollardan foydalanish, zirhli va g ‘ildirakli jangovar texnikalami 
boshqarish, kompyuter trenajyorlardan foydalanish sirlarini mukam- 
mal egallashmoqda. Harbiy tayyorgarlik jarayonini ilg‘or texnik va 
texnologik vositada yangicha uslublar asosida tashkil etish, intellek- 
tual mezonlar va yo‘nalishlami takomillashtirish izchil davom etti- 
rilmoqda.
- Bugungi Qurolli Kuchlar o ‘n besh yil aw algi armiyadan qan­
day jihatlarga ko‘ra farqlanadi?
Yuqoridagilami umumlashtirib, shuni aytish kerakki, istiqlol yil- 
larida Qurolli Kuchlarimiz sohasida chuqur islohotlar amalga oshi- 
rildi. Mamlakatimiz rahbariyati harbiy sohada islohotlar o‘tkazishda 
asosiy omilni hisobga oldi. Ulardan birinchisi, Qurolli Kuchlaming 
texnikaviy jihatdan yaxshi ta’minlanishi hamda boshqaruvning 
ishonchli vositasiga ega bo‘lishidir. Ya’ni son jihatdan uncha ko‘p 
bo‘lmagan, ammo samaradorligi yuksak milliy armiyani shakllanti- 
rish maqsad qilib olingan.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin