Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Xususiylashtirishning amalga oshirilishi, mulkdorlar



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

3-§. Xususiylashtirishning amalga oshirilishi, mulkdorlar
sinfining shakllantirilishi
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtiso- 
diy islohotlaming tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan 
farqli oTaroq 0 ‘zbekistonda o‘tish davrida xususiylashtirishni vau- 
chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini 
tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Dav- 
lat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis 
qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o‘zgartirilib, u Davlat mulkini 
boshqarish va tadbirkorlikni qoTlab-quwatlash Davlat Qo‘mitasi 
deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi 
muhim ahamiyatga ega boTdi, zero u xususiylashtirishning ikkita 
g‘oyat muhim vazifasini bajarar edi. 
",1
0 ‘zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, 
balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablagTar tadbirkorlik-
14 - 0 ‘z b e k i s t o n t a r i x i , 3 .
4 1 7


ni qoilab-quw atlash uchun berilishi jihatidan ham o ‘ziga xos, o‘z 
yo‘liga ega bo‘lgan davlat sifatida ko‘zga tashlandi.
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning hu- 
quqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil 
qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islo- 
hotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.
0 ‘zbekistonda ko‘p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 
1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xu- 
susiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi 
uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay- 
landi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar 
ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar 
keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan 
samarali foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov to- 
monidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng aw alo mahalliy xususi- 
yatlar va talablami hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni 
paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi bilan alohida 
ajralib turadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin