Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«2004-2009-yillarda maktab ta’limini



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«2004-2009-yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ni 
amalga oshirish 
mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi 
eng muhim vazifa, deb hisoblandi va maktab ta’lim tizimini tubdan 
yaxshilashni; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o ‘quv- 
moddiy bazasi va ta’lim standartlari shakllantirilishini; yashash 
joyidan qat’i nazar, qishloq va shahar maktablarining meddiy ba­
zasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlami bosqichma- 
bosqich bartaraf etish asosida bolalaming ta’lim olishi uchun teng
517


shart-sharoitlar yaratilishini; o ‘qituvchilar mehnati har tomonlama 
rag‘batlantirilishini ko‘zda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining 
asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari ma’qullandi.
Shu bilan birga maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umum­
milliy dasturini amalga oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari 
belgilandi.
- kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlashning, 
avariya holatidagi binolami buzib tashlashning manzillari aniq 
ko‘rsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyiha- 
larini ishlab chiqqan holda umumiy ta’lim maktablarining moddiy- 
texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
- maktablami zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, 
kompyuter texnikasi, darsliklar va o ‘quv-uslubiy materiallar bilan 
ta’minlash;
- ta’lim tizimida qo’llanilayotgan o ‘quv standartlari va o ‘quv 
dasturlarini takomillashtirish;
- umumiy ta’lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylar- 
dagi maktablami malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular 
tarkibi sifatini oshirish, o’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash 
va malakasini oshirishning samarali tizimini y.aratish, o ’qituvchilar 
mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish;
- umumiy ta’lim maktablarida sportni rivojlantirish va ulaming 
sport bazasini mustahkamlash.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin