Mavzuga doir eng muhim materiallar
PREZIDENT I. KARIMOV NUTQLARI
Ehtirom
Aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz o ‘zbek xalqi hayotida unutilmas tarixiy bir voqeaning
guvohi va ishtirokchisi bo‘lib turibmiz.
Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga
asos solgan, olamni tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhur boigan
ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur haykalini ochish marosimiga
yig'ildik.
Bugun Sharqda tengi yo‘q sarkarda mustaqillik, istiqlol sharofa-
ti bilan o ‘z vataniga qaytdi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan
xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini muno-
sib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi.
Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan
o‘chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragi-
dan milliy ong, milliy g ‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka,
tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o ‘z ajdodlarini, o‘z ba-
hodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi.
Muhammad Tarag‘ay Bahodir o ‘g ‘li Amir Temur yoshlik
chog‘idan mard, dovyurak, g ‘ururli, o ‘tkir zehn va aql-u idrok ega-
si boTib o ‘sdi. Turli dunyoviy ilmlami, harbiy san’atni egalladi.
Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o ‘rgandi. Iymon-e’tiqodli,
halol-pok boTib yetishdi.
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtini mo‘g‘ul bosqinchi-
laridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohi-
bi sifatida el va elatlaming boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini
har sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashhur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko‘p asrlar davo-
mida Sharq-u g ‘arb davlatlariga o‘mak va andoza boTdi. Uning za-
monida madaniyat, ilm-u fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa,
she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga
yetdi. Amir Temuming madaniyat va din ahllariga ko‘rgazgan chek-
siz mehr-muruvvati, ayniqsa, ibratlidir.
Ko‘hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va-el-ulus
manfaati bobida chekkan mislsiz zahmat hamda ko‘rsatgan shijoat-
lariga guvohlik beradi.
539
Insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining
mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da,
u kuch-qudrat zo'rlik, zo‘ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekani-
ni teran angladi.
Bugun bunyod etilgan ulug‘ bobokalonimiz haykalida teran
ramz bor - go‘yoki jahongir tulporining jilovini tortib turibdi, qilich-
siz qoiini oldinga cho‘zib jahon xalqlariga omonlik sog‘inmoqda,
«Kuch-adolatdadir!» demoqda.
Donishmand ajdodimizning mazkur so‘zlarini mana shu muh-
tasham yodgorlik poyiga zarhal harflar bilan bitar ekanmiz, zamon-
lar tajribasidan o ‘tgan bu bebaho hikmatning qalblarimizda doimo
aks-sado berib turishini orzu qilamiz.
Aziz yurtdoshlarim!
Bugun - o ‘zbek xalqi tarixida ulug‘ kun. 0 ‘zbekiston mustaqil-
ligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil toTdi.
Hammangizni - keksa-yu yoshni, butun 0 ‘zbekiston ahlini shu
buyuk sana bilan chin qalbdan, har biringizni alohida bag‘rimga bo-
sib qutlamoqqa ijozat bergaysiz!
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shuning uchun ham
ozodlikni sog‘inib, ozodlik yo‘lida kurashib o‘tgan ajdodlarimizni
duolar bilan eslashimiz ham qarz, ham farzdir. Ajdodlarimizning
pok ruhlari shod boTsin, ulaming orzulariga munosib va sadoqatli
boTaylik.
Istiqlol muborak, aziz vatandoshlar! Ozodligimiz abadiy
boTsin!
Muhtaram do‘stlar!
Ikki yillik istiqlol davrida jonajon diyorimizda bo‘layotgan
o'zgarishlar xalqimizga ishonch va umid bag‘ishlamoqda.
Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi
o ‘ziga xos ramziy bir ma’noga egadir.
Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qi-
lish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va di
yonat hukmron boTgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga
munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik bur-
chimizdir.
Biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mus-
tahkam iroda, iymon-e’tiqod, milliy g‘urur tuyg‘usi, buyuk ajdodla-
rimizdan meros qolgan ma’naviy bisotga ega boTishni talab qila-
di. Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka ishonch b o im o g ‘i
shartdir."
Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go‘zal poytaxtimiz -
5 4 0
jonajon Toshkentimiz o ‘rtasida qad ko‘targan ulug‘ bobomiz siymosi
xalqimizga faxr va g ‘urur baxsh etmog‘i muqarrar!
Bu siymo mard, tanti, halol va g‘ayratli xalqimizni birlashtirish-
da, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo'lishda, qudratli kelajagimizni
qurishda bizga yangi-yangi kuch-quwat va shijoat bag‘ishlaydi.
Barchamizga shu yo‘lda Alloh madadkor bo‘lgay!
Dostları ilə paylaş: |