bomizning to‘ng‘ich o ‘g ‘li Jahongir Mirzo xuddi shu yerda mangu
uyquda yotibdi.
Hazrati Temur o ‘z oldiga ulug‘vor maqsadlami qo‘yganida, av-
valo o‘z eliga, o ‘z ona yurti - Keshga ishongan va unga tayangan.
U qaysi bir safaridan qaytmasin, dastawal Keshni ziyorat qilgan,
aziz-avliyolaming qadamjolarini tavof etgan, hamyurtlarining duo
va maslahatlarini oigan.
Hurmatli birodarlar!
Buyuk bobomiz haqida soatlab so‘zlash mumkin. Ulug‘ zotlar-
ning tarix osmoniga yuksaladigan manzillari boiadi. Bugun Sharq
olamida «Ilm-u adab qubbasi» deya e ’tirof etilgan Shahrisabz hazrat
Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz sohibqiron
bobomizning qutlug‘ to‘yini o ‘tkazayotgan shu kunlarda eng aw al
bu zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga
va tabarruk zaminga ta’zim qilamiz.
Katta ishonch bilan shuni ta’kidlashim kerakki, bu yurtning far-
zandlari, Temurbekning nabiralari o‘z qalblarida ulug‘ bobosiga xos
go'zal fazilatlami asrab-avaylab, bugungi hayotimizda ham namo-
yon qilmoqdalar.
Aziz do‘stlar!
Ming afsuskim, ko‘p yillar davomida mustabid bosqinchi
mafkura davrida bizni Amir Temurdek buyuk bobomizdan, boy
o ‘tmishimizdan ayirib, xalqimizning ma’naviyatini, g‘ururini, ifti-
xorini yerga urmoqchi boTdilar. Yurtimizda, jumladan, Shahrisabzda
bevosita sohibqironning sa’y-harakatlari bilan bunyod etilgan tarixiy
obidalar xarobaga aylantirildi. Hatto ul zot va avlodlarining qabr-
maqbaralari ham «ilmiy tadqiqotlar» niqobi ostida talon-toroj etildi,
toptaldi.
Lekin xalqimiz ulug‘ ajdodini hech qachon unutmadi. Uning xo-
tirasini hamisha yuragida saqladi.
Qadrli Shahrisabz ahli!
Mana shu qarshimizda turgan Oqsaroy har birimiz uchun ta-
riximizning aziz va mo‘tabar yodgorligidir. Bu ulug‘ bino ham
mustamlakachilar tajovuzining qurboni boTganini yaxshi bilasiz.
Sohibqironning ulug'vor haykali aynan Oqsaroy oldida qad rost-
lagani bejiz emas. Buning o ‘ziga xos, o ‘ziga mos chuqur ramziy
ma’nosi bor.
Jannatmakon Amir Temur bobomiz bu koshona peshtoqiga
shunday bir hikmatni naqsh etib ketganlar. Uning mazmuni sizlarga
maTum:
Dostları ilə paylaş: