Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham
zoye bo‘Iishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda o ‘tgan ko‘p jahongirlami biladi. Ular- 
ning aksariyati faqat buzgan. Amir Temuming ulardan farqi shunda- 
ki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Uning 
«Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht
qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektir-
dim», 
degan so‘zlari fikrimizning dalilidir.
Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston 
bilan chegaralanib qolgan emas. Buning isboti sifatida Sohibqiron 
qadami yetgan joylardagi tarixiy obidalami eslashning o‘zi kifoya.
Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloq- 
larida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Kobul kabi uzoq yerlarda ham 
obodonlik ishlarini olib borgan, sug‘orish inshootlarini qurdirgan.
Shu ma’noda men buyuk bobomizdan qolgan har bir tarixiy 
yodgorlikni, u qayerda joylashgan bo‘lmasin, xalqlami bir-biriga 
bogTab turuvchi beqiyos vosita, deb bilaman.
Bir o ‘ylab ko‘raylik. Ahmad Yassaviy maqbarasi qurilganiga 
olti asr boTdi. Shu vaqt ichida bu maskan dunyoning turli burchak- 
laridan kelgan minglab-millionlab ziyoratchilami ma’naviy jihatdan 
birlashtirib, ezgulikka da’vat etib kelmoqda.
«Agar bizning qudratimizni bilmoqchi boisangiz, qurgan
binolarimizga boqing», 
deganda Amir Temur, eng avvalo, o ‘z xal- 
qiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yangilishmagan 
boTamiz.
To‘rtinchidan, 
har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz 
tasavvur qilib boTmaydi. Buni teran anglagan Sohibqiron hokimi- 
yatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar bar- 
po etish, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan bogTagan. Qaysi 
bir shaharga tashrif buyurmasin, Amir Temur eng avvalo o ‘sha yer- 
lik olim-u fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mav- 
zularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik so- 
halarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hoi 
edi. Mazkur fazilat Sohibqironning avlodlari - a^niqsa, Mirzo 
Ulug‘bekka o‘tgani - shubhasiz. Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi 
boTish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishishida bobo-
561


si Amir Temuming ta’siri benihoya katta bo‘lgan. U Ulug‘bekdagi 
noyob iste’dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yu- 
rib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin