biq birinchi kotibi Sh. Rashidov asossiz tarzda tanqid ostiga olindi.
Bunday nomaqbul ish uslubi quyi bo‘g‘in idoralarida ham yuz berdi.
Joylarda yuz bergan mana shunday bir-birini noxolis tarzda
inkor qilish oqibatida siyosat davomiylikning buzilishiga olib kel-
di. Hamma darajada birinchi shaxs faoliyatini tanqid qilish orqali
mehnatkash xalqning vij donan, halol mehnati inkor qilindi. Muhimi
kadrlar qo‘nimsizligini vujudga keltirdi. Bu mutlaqo noto‘g ‘ri yo‘l
edi.
Awalgi yillarda kadrlar siyosatida yo‘l qo‘yilgan ikkinchi xa-
tolik kadrlaming nazariy tayyorgarligi, ulaming ma’naviy-axloqiy
fazilatlariga yetarli e’tibor berilmaganlikda ko‘rindi. Bu partiya tash-
kilotlari faoliyatida juda jiddiy qusurga aylanib ketgan edi. Kadr
tanlashda xodimning odamlar bilan ishlash qobiliyati, kasb mahorati
emas, ko‘proq shaxsiy sadoqati birinchi o ‘ringa qo‘yildi. Natijada
rahbarlaming zamonaviy bilim saviyasi, siyosiy yetukligi, m a’naviy
barkamolligi, odamlami ishontirish va ergashtira olish fazilatlari
e’tibordan chetga surilgan edi.
Dostları ilə paylaş: