2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Kartoshka ekilgan maydon, ming ga
|
84,6
|
78,8
|
86,8
|
89,6
|
Kartoshka hosildorligi, sentner/ga
|
225,1
|
217,9
|
224,8
|
227,3
|
Kartoshka yalpi hosili, ming tonna
|
2789,5
|
2793,7
|
2911,9
|
3089,7
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda kartoshka ekilgan maydon va yetishtirish hajmi keyingi yillarda ortib bormoqda. 2019-yil holatiga kartoshka yalpi hosili ko’rsatkichi bo’yicha Samarqand (622,6 ming tonna), Andijon (369,1 ming tonna), Toshkent (366,7 ming tonna), Surxondaryo (324,2 ming tonna) va Farg’ona (310,3 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega ega bo’lgan bo’lsa, Sirdaryo (59,9 ming tonna), Jizzax (79,3 ming tonna) va Navoiy (79,3 ming tonna) viloyatlarida eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
Kartoshka hosildorlik darajasi bo’yicha esa Samarqand (292,0 sentner/ga), Navoiy (260,3 sentner/ga) va Andijon (254,3 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Namangan (185,9 sentner/ga), Sirdaryo (157,7 sentner/ga) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (119,0 sentner/ga) eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
So’nggi yillarda kartoshka ekin maydonlari oshirilmoqda. Jumladan, 2019-yil holatiga kartoshka ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 2,7 foizini tashkil etgan, 2016-yilda ushbu ko’rsatkich 2,3 foizni tashkil etgan edi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda sabzavotchilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotlar ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda sabzavot ekinlari maydoni, hosildorligi va yalpi hosili to’g’risidagi ma’lumotlar 20.11-jadvalda keltirilgan.
20.11-jadval Mamlakatimizda sabzavot ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumot
-
Dostları ilə paylaş: |