Journal of integrated education and research



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix15.07.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136623
1   2   3   4   5
11 TALABALARNING BADIIY VA IJODIY KOMPETENSIYALARINI

IYUN
2023
ISSN: 2181-3558
 

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
ta’limning o‘zi yangiliklarga boy bo‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm 
surishi lozim. 
Tasviriy san'at o'qituvchilarining maxsus kasbiy tayyorgarligi nafaqat 
pedagogik mahoratni o'rgatishdan, balki eng avvalo, mustaqil ijodiy ishlay 
oladigan professional rassomlarni tarbiyalashdan iboratdir. Realistik rangtasvir 
nazariyasi va amaliyotini malakali bilish rassom-pedagog faoliyatidagi 
muvaffaqiyatning kaliti hisoblanadi. O‘z navbatida, badiiy ta’limda o‘qitshning 
dastlabki kunlaridanoq talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 
psixologik-pedagogik 
sharoit 
yaratmasdan 
turib, 
rassomlik 
mahoratini 
shakllantirish mumkin emas. 
Ma’lumki, har bir talabada tevarak-atrofni ijodiy his etishni tarbiyalash, 
tevarak-atrofdagi voqelikni yaxlit rangli idrok etish, tasvirlangan narsaga estetik 
munosabatni shakllantirish ta’limning ikki shakli-auditoriyada va mustaqil ishda 
amalga oshiriladi.
Adabiyotlar sharhi.
Badiiy-pedagogik amaliyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, natyurmort ishlash 
bo'yicha mustaqil ishlashda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan rangtasvirni o'qitish nazariyasi va metodikasi masalalari hali ham yetarli 
darajada ishlab chiqilmagan. 
O’zbekiston olimlari tomonidan talabalarning mustaqil badiiy va ijodiy 
faoliyatini tashkil etish muammolari, bo'lajak rassom-pedagog shaxsining ijodiy 
salohiyatini shakllantirishning samarali yo'llari va talabalarning badiiy – ijodiy 
kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga doir bir qancha tadqiqotlar olib 
borilgan.
O’zbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, S.S.Bulatov, S.S.Abdullayev, 
B.B.Azimov, N.X.Tolipov, Q.Q.Qosimov, R.X.Hasanov, Abdirasilov S va 
boshqalar ushbu muammoga doir tadqiqotlar olib borganlar.
Professor Botir Boltabaevich Baymetovning “Oliy pedagogik ta'limda 
bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning 
ba'zi masalalari”
1
nomli maqolasida ushbu muammoga keng ko’lamda 
yondoshilgan.
Rossiyalik olimlardan G.М Gladishev o’zining «Педагогические условия 
развития духовно-творческого потенциала будущего художника-педагога» 
2
nomli 
avtoreferatida 
bo’lajak 
rassom-o’qituvchilarning 
ma’naviy-ijodiy 
potensialini rivojlantirishning pedagogik shart sharoitlariga asosiy e’tiborni 
qaratgan. 
Tadqiqot metodologiyasi.
1
B.B.Baymetov. Oliy pedagogik ta'limda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantirishning ba'zi masalalari. Аcademic research in educational sciences. volume 2 | issue 1 | 2021. 277-283 
бетлар. 
2
Гладышев Г.М. Педагогические условия развития духовно-творческого потенциала будущего художника-
педагога: Автореф. дис.канд. пед. наук, Оренбург, 2000.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin