JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 69
qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-4742-son qarorlari qabul qilindi. Qolaversa, 2022-2026 yillarga
mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot Strategiyasining 34-maqsadiga
ko’ra, hududlarning muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini
hamda xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish belgilangan. Mazkur
maqsad bo’yicha shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori
bo’lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo’yicha pullik santexnika,
elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash, keytering kabi xizmatlarni ko’rsatish punktlarini
rivojlantirish vazifasini qo’yilishi dolzarb hisoblanadi.
Aholi turmush hayotida, farovonligi va o’zini o’zi band qilishda maishiy
xizmatlar asosiy o’rinda turadi. Chunki, maishiy xizmatlar aholining kundalik
turmush hayotida bevosita zarur bo’lgan, turmush darajasiga ta’sir qiladigan
xizmatlar majmuidan iborat.
Dostları ilə paylaş: