Journal of science-innovative research in uzbekistan


“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN



Yüklə 40,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü40,38 Kb.
#198725
1   2   3   4   5
396-400

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
397 
o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash 
ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. O‘z fanini sevuvchi, kasbining fidoiysi 
bo‘lgan o‘qituvchi va mohir pedagoglar darslarni tashkil etishda o‘quvchilar 
qiziqishini oshirish va darslarni jonlantirish uchun turli metod va o‘yinlardan 
foydalanadi. Bunday metod va o‘yinlar bolalarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini 
yanada orttishiga ular orasidagi do‘stlik, ahillik, birdamlik kabi tushunchalarni 
shakllanishida, guruh va jamoa bo‘lib 
uyishib ishlash, liderlik, boshqaruvchilik 
qobilyatlarini, chaqqon va uddaburon
bo‘lish kabi keng ko‘lamdagi bir qator 
tushunchalarni shakllanishida katta rol o‘ynaydi. O‘yin asosida o‘tilgan darslar 
xotirada uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Qolaversa, bunday noodatiy darslarni 
o‘quvchilar ham yaxshi ko‘radilar.
Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos 
keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi 
qoidalarning mavjudligidir. Zero, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun didaktik 
o‘yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo‘lib o‘quvchilarda 
tafakkur, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar 
o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Didaktik 
o‘yinlar o‘qish darslarida o‘quvchilarning qiziqishini o‘stiruvchi vosita hisoblanadi. 
Ta’limiy o‘yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning 
ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi musobaqali 
o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilsa, o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalar hosil 
bo‘lib boradi. Dars jarayonlarida o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda 
vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim.
Darslarda o‘tkazilgan didaktik o‘yinlar orqali bolaning tortinchoqlik, xato 
qilishdan qo‘rqish kabi noqulayliklari barham topadi. O‘yin orqali jamoada ishlashni 
o‘zi bajarayotgan vazifaga ongli yondashishni, zimmasidagi mas’uliyatni his qila 
boshlaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlarni



Yüklə 40,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin