3.1. Regression model to’g’risida tushuncha Yuqorida aytib o’tilganidek ekonometrikada statistika usullari keng qo’llaniladi. Ekonometrika iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanishni miqdoriy jihatdan ifodalashni maqsad qilgan holda u avvalo regressiya va korrelyatsiya usullari bilan bog’langan.
Regressiya haqida tushuncha.O’rganiluvchi erkli parametrlar o’rganiluvchi erksiz parametr bo’lsin. Alohida hollarda ni parametrlarning funktsiyasi deb qarash mumkin, ya’ni
(3.1)
A
gar hosil xajmi bo’lsa, u sug’orishlar soniga, ishlatilgan mineral ozuqa hajmiga, havoning harorati va boshqalarga bog’liq. Bundan ko’rinadiki, hosildorlik tasodifiy jarayondir. Shuning uchun (3.1) munosabat tasodifiy o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi. Bunday o’zgaruvchilarni deb belgilasak (3.1)ni o’rniga ushbu
(3.2)
munosabatni yozish mumkin.
Bunday munosabat(bog’lanish) korrelyatsion deyiladi. Y va lar orasidagi analitik munosabat regressiya tenglamasi deyiladi.
Regressiya tenglamasiga kiritilgan o’zgaruvchilarning soniga bog’liq ravishda juft (oddiy) va ko’p omilli (o’lchovli) regressiya bo’lishi mumkin.
bu erda: natijaviy belgi(erksiz o’zgaruvchi);
erkli o’zgaruvchi(omil).
Natijaviy belgining ikki va undan ortiq erkli o’zgaruvchilar bilan regressiyasi ko’p omilli regressiya deyiladi.