Tilog’och (Larix) bo’yi 30—45 m li daraxt, 500—900 yil yashaydi, yog’ochi namga chidamli. Lak-bo’yoq sanoatida undan terpentin olinadi. Po’stlog’idan oshlovchi (dubil) moddalar, bo’yoq va efir moylari olinadi. Tez o’suvchanligi va serunum xom ashyo berishi bilan eng samarali o’simlik hisoblanadi. MDH territoriyasidagi o’rmonlar maydonining 40% ini tilog’och o’rmonlari tashkil qiladi.
Qarag’ay (Rinus) — bo’yi 20—40 m keladi, 200—300 yil yashaydi, yog’ochi yengil, qattik va chidamli. Qarag’ay o’rmonlari tuproqni yuvilib ketishdan satslaydi. Ximiya sanoatida qarag’ay saqichidan smola, skipidar va kanifol olinadi. Sibirь qarag’ayining urug’idan olinadigan moy meditsinada va konserva sanoatida ishlatiladi; qarag’ay kurtaklarida fitontsid modda bo’lgani uchun ulardan dizenfektsiya qiluvchi va nafas olishni yengillashtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.
Qoraqarag’ay (Picea) — bo’yi 20-30 m, 250—300 yil yashaydi, yog’ochi qog’oz-tsellyuloza, qurilish sanoatida ishlatiladi. Yog’ochidan gidroliz yo’li bilan etil spirt, atseton, glitserin, vitamin S va hokazolar olinadi.
Pixta (Abius) — bo’yi 30—40 m, 200—500 yilgachaa yashaydi, tanasida, po’stlog’ida, bargida smola va efir moylari juda ko’p. Ayniqsa, yosh shoxchalari va uning barglaridan olingan moyda 30—40% gacha bornilatsetat bor. Undan borneol spirt va kamfora moyi olinadi. Po’stlog’idan oynalarni shirachlovchi balьzam olinadi.
Tis (Taxus) — bo’yi 30 m keladigan ninabargli daraxt, 3000—4000 yil yashaydi, yog’ochi qattiq, sekin chiriydi. yog’ochi duradgorlik va mashinasozlikda ishlatiladi. Bargi, po’stlog’i va yog’ochida zaharlovchi toksin alkoloidi bor.
Qayin (Betula) — bo’yi 25—30 m keladigan daraxt, 400 yilgacha yashaydi. Yog’ochi juda yuqori sifatli bo’ladi. Qayinning kurtagi va gullari meditsinada (suyak singanda og’riqni bosa-digan vosita) hamda parfyumeriyada (pomadalar tayyorlashda) ishlatiladi.
Eman (Quercus)—bo’yi 30—40 m ga yetadigan, 50—100 yil yashovchi daraxt. yog’ochi yuqori sifatli, po’stlog’i va uzunchoq yong’oq shaklidagi mevalari meditsinada (ichak kasalliklarini davolashda, qon to’xtatuvchi va zaharlanganda foydalanuvchi vosita sifatida) ishlatiladi. Yog’ochdan oshlovchi moddalar olinadi.
Jo’ka (Tilia) — 300—400 yil yashyydi, bo’yi 25—30 m gacha yetadi. yog’ochi ancha yumshoq bo’lib, duradgorchilikda ishlatiladi. Arg’uvon guli shiraga boy. Gulidan likyor va konьyak tayyorlashda foydalaniladi.