Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə95/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Litosfera - Yer qobig’ining yuqori qatlamlari.
Lokal (mahalliy) ekologik muammolar muayyan olingan xududlardagi muammolar hisoblanadi.
Mezofit - o’rtacha tuproq namligi sharoitida o’suvchi o’simlik. Mezofitlar kserofitlar bilan gigrofitlar o’rtasidagi ekologik guruh.
Metabolizm-hayot asosini tashkil etib, bu jarayon natijasida hujayra tarkibiga ki­ruvchi modda molekulalarining parchalanishi va sintezi, hujayra tizi­mining hosil bo’lishi, yangilanishi va parchalanishi holatlari ro’y be­rib turadi.
Migratsiya - suvda yashovchi hayvonlarning ko’payishi yoki quruqlikdagi hayvonlarning mavsumiy ko’chnb yurishi.
Mikronaychalar - ichi bo’sh tsilindr­simon tarmoqlanmagan organellar. Nuklein kislotalar – polinukleotidlar – tirik tabiatda keng tarqalgan biologik aktiv biopolimerlar. Ular barcha organizmlarning hujayrasida bo’ladi.
Mikroskop- so’zi grekchadan olingan bo’lib, “mikro“-kichik, “skopeo“-ko’raman degan ma’noni anglatadi.
Mirkobiotsenoz - uncha katta bo’lmagan biotsenoz.
Monokarpiklar -o’z hayot davrida bir marta gullab meva hosil qiladigan o’simliklar.
Mutualizm - simbioz hayot kechirishning bir ko’rinishi. Bunda har ikki organizm ham bir-biridan foyda ko’radi.
Neyronlar-nerv hujayralari.
Neodarvinizm -tabiiy tanlanish yo’li bilan (genetik sabablarga ko’ra) organik evolyutsiya nazariyasidir.
Noosfera- "noos"-aql, "sfera"-shar so’zlaridan olingan. inson mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida o’zgargan biosferadir.
Odam ekologiyasi - ekologiyaning inson atrofini o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy omillar ta’sirini o’rganuvchi bo’limi.
Ontogenez-o’simliklar tuxum hujayrasining urug’la-nishidan tortib tabiiy o’limigacha (kurishigacha) bo’lgan normal hayot tsiklida ulardagi vegetativ va generativ organlarining hosil bo’lish jarayoniga aytiladi.
Oogamiya - grekcha “oog” tuxum, “gameo” nikohlanaman degan ma’noni bildirib. urg’ochi gameta (makrogameta) yirik va harakatsiz, erkak gameta esa (mik­rogameta) juda mayda, kam harakatchan bo’lgan gametalarning qo’shilishi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin