Quyoshsimonlar (Heliozoa) kenja sinfi. Quyoshsimonlar kenja sinfiga chuchuk suvlarda va dengizlarda yashaydigan hayvonlar kiradi. Kichik suv havzalarida kattaligi 1 mm. keladigan turlariko’p uchraydi.
Nurlilardan markaziy kapsulasining bo’lmasligi bilan farq qiladi. Quyoshsimonlarning yumaloq sharsimon hujayradagi sitoplazmasi kataklarga bo’lingan keng ektoplazma va endoplazma zonalariga ajraladi. Endoplazmadan juda ko’p radial joylashgan aksopodiylar chiqadi. Shuning uchun ularning yadrosi, chuchuk suvda yashovchi turlarining ektoplazmasida esa ikkita qisqaruvchi vakuoli ham bo’ladi.
Quyoshsimonlar bir hujayralilar (infuzoriyalar, xivchinlilar) va mikroskopik mayda ko’p hujayralilar (og’iz aylangichlilar, kiprikli chuvalchanglar) bilan oziqlanadi. Ozig’ini soxta oyoqlari (aksopoditlar) yordamida yopishtirib oladi va endoplazmasiga o‘tkazadi. Oziq endoplazmada hazm bo’ladi. Oziq qoldig’i ektoplazma orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Quyoshsimonlar aksopoditlar yordamida suvda muallaq turadi yoki suv tubida dumalab harakat qiladi. Ko’pchilik turlarining qattiq skeleti bo’lmaydi; ayrim turlalarining mayda kremniy ignachalari bo’ladi.
Quyoshsimonlar jinssiz hamda jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payishi ko’pincha ikkiga bo’linish yo’li bilan boradi. Jinsiy ko’payish esa o’ziga xos murakkab jarayonni o’z ichiga oladi. Masalan, Actinophres sol ning dastlab aksopoditlari qisqaradi va tanasi ikkiga bo’linadi. Bu ikkala hujayra bitta umumiy sista qobiq hosil qiladi. Har qaysi hujayra sista ichida reduksion bo’linish (meyoz) orqali gametaga aylanadi. Gametalar juftlashib, zigotaga aylanadi. Zigota sista qobig’idan chiqib, jinssiz ko’paya boshlaydi. Hosil bo’lgan yosh hujayralarning qo’shilishi bilan boradigan bunday jinsiy ko’payish pedogamiyadeb ataladi.
Nazorat uchun savollar Quyoshsimonlar qanday usullarda ko’payadi.
Markaziy kapsula nurlilarning sitoplazmasini qanday zonalarga ajratib turadi?