Bog’cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi. Bog’cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) o’zlarining faoliyatlari uchtm qandaydir ahamiyatga ega bo’lgan, ularda kuchli taassurot qoldirgan va ulami qiziqtirgan narsalami beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. (Jlar biror narsani eslarida olib qolishni o’z oldilariga maqsad qilib qo'ymaydilar va hali maqsad qo’yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar.
Bog’cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning hukmron bo'lishi tasodifiy bir xol emas. Btming o’z sabablari bor. Har bir tarbiyachi - pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlami yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to’g’ri rivojlantirish mumkin. Bog’cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, awalo ular oliy nerv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqligidadir. Bir qator psixologlar tomonidan o'tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko'rsatishicha, bog’cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlarga ega.
Biiinchidan, bog’cha yoshidagi bolalaming nerv sistemasi xuddi ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakterga egadir, ya’ni ulaming nerv sistemalaii haddan tashqari egiluvchan, ta’sirotga beriluvchandir. Shiming uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli bog’lanishlar (assotsiyatsiyalar) juda yengillik bihm hosil bo’ladi. Bolalar nerv sistemasining xususiyati ulaming esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli bog’cha yoshidagi bolalar ashula, ritmli she’r, qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalami beixtiyor hamda juda tez eslarida olib qolaveradilar.
- 106-
Ikkinchidan, bog'cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi eyngil qo’zg’aluvchan bo’lishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bog’lanishlai (assotsiyatsiyalar) juda beqaror bo’lad, ya’ni mustahkam bo'lmaydi. Shiming uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va hodisalar ulaming xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qomaydi. Ular tez esga olishlari bilan birga. tez unutib ham yuboradilar. Ko’pinchanarsa va hodisalaming bog’cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustahkam saqlanib qolishi shu narsa va hodisalaming bolaga qanchalik emotsional ta’sir qilishiga bog'liq bo’ladi.
Uchinchidan, bog'cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo’zg’alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bo'lganligi tufayli ular o'xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o’zida juda ko p idrok qilingan narsalaming farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan juda ko’p narsalami bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar. Agar bog’cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni haqida, ya’ni idrok qilgan narsalarini bir boshidan so’zlab berish iltimos qilinsa, u ma’noli va sistemali qilib so'zlab berolmaydi. Bola bunday holda, gapni tasodifiy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki birdaniga ko’rgan juda ko’p narsalarini bola tamomati aralashtirib yuborgan bo’ladi.
Bola esida olib qolgan narsalarida hali sistema yo’q. Shuning uchun bola dastawal chuqur taassurot qoldirgan, ya’tii esida chuqur o’mashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin. Agar bog’cha yoshidagi bolaga bir vaqtning o’zida haddan tashqari ko’p narsalar ko’rsatilsa, ular hamma narsalami bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar va Ibirontasini ham puxtaroq esda olib qololmaydilar.
0’tkazilgan tajtibalaming ko’rsatishicha, kichik bcg'cha yoshidagi bolalarga nisbatan o’rta va katta yoshdagi bog'cha boleJarida ixtiyorsiz va mexiinik ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg'aygan sari ulaming xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, holalar o’sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o’sgan sari, ular narsa va liodisalar sumnkasiga, ya’ni to’g’ri kelganicha emas, balki tanlab, ya’ni o'zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo’la boshlaydilar.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish lozimki, keyingi yillar mobaynida bog’cha yoshidagi bolalarda mantiqiy, >a’ni ma’nosiga tushunib esda olib qolishga nisbatan rnexanik esda ollib qolish ustun bo'ladi, degan fikr mavjud bo’lib, shu bilan birga mexanik esda olib
-107 -
qolish mantiqiy esda olib qolishga qarama-qarshi qo'yilar edi. So’nggi yillarda o’tkazilgan ekserimental tekshirishlar natijalarining ko'rsatishicha, bog'cha yoshidagi bolalrda ham narsa va so’zlaming ma’nosiga tushimib esda qoldirish samarali ekani amqlangan. Lekin bog’cha yoshidagi bolalaming mantiqiy esda qoldirishlari ularga to’la tushiniladigan material berilganda yaqqol ko’rinadi.
Bog’cha yoshidagi kichik bolalarda ko’proq obrazli xotira rivojlangan bo'ladi. Shuning uchvrn uUir eshitgan narsalariga nisbatan ko’rgan narsalami yaxshi eslarida olib qoladilar. Uning asosiy sababi, birinchidan, bog’cha yoshidagi bolalarning idroklari, konkret obrazli xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda hali nutq, to’la to’kis shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda nutqni anchagina egallab olganlaridan keyingina so’z bilan jfodalab olingan narsalami esda yaxshi olib qoladigan bo'ladilar. Bolalar juda ko’p narsalami asosan turli o’yin faoliyatlari davomida eslarida olib qoladilar. Shuning uchun ulaming esda olib qolishlari ko'pincha epizodik va tasodifiy xarakterga ega bo’ladi.Bu esa eslarida olib qolingan narsaiami ma’lum bir tizimga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli bolalaming xotiralaridagi narsalar tartibsiz bir-biri bilan aralashib ketadii. Natijada bircn narsani esga tushirishlari qiyin bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalar xotirasiga xos bo’lgan tartibsizlikni yo'qotish va xotirasini o’stirish juda ko’p jihatdan tarbiyachilarga bog’liqdir. Tarbiyachi bolalami esda olib qolishlari lozim boTgan materialni ularning yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli mazmunli o'yinlardan foydalanish maqsadga rnuvofiqdir. Umuman, bolaning materialni esda olib qolishini va qayta esga tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib borishi 3:arur. Chunki bog’cha yoshidagi bola xotirasining barcha tiplari o’sa boshlaydi. Biroq shu narsa xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli, mexanik, mantiqiy kabi) harakat xotirasi nisbatan kuchliroq rivojlanadi. Shuning uchun ham tinli harakatlami hamda musiqa ostida o’ynashni bu yoshdagi bolalar osonlik bilan o’slashtiradilar. Mexanik tarzda o’zlashliriladigan nutq materialni ham qisman liarakat xotirasiga kiritadi. Shu sababli bog'cha yoshidagi bolalar tez aytiladigan turli ritmdagi sheTlami bir-ikki qaytarishdayoq yodlab oladilar. Masalan, bekinmachoq, o’yini o’ynash oldidan aytiladigan “sanashlar”. Bekinmachoq o’yinining simashlarida hech qanday ma’no yo’q, lekin juda ifodali va jarangli ritmikabor.
Bog’cha yoshidagi bolalarda emotsional xotira ya>:shi bo'lsa ham, lekin xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchliroq
- 108 -
bo’ladi. Katta odamlar kuchli emotsiorial ta'sir qilgan ba’zi narsa va hodisalami hech vaqt eslaridan chiqarmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalar esa kuchli emotsional ta’sir qilgan narsalarni ham ba’zan eslaridan chiqarib qo’yishlari mumkin. Bolalar xotirasini o'stirishda tarbiyachi va ota-onalaming nutqi ham nihoyatda katla rol o’ynaydi. Bola bilan gaplashilganda nutq sodda, taiaffuz aniq va tushunarli bo'lishi kerak. Xotiraning taiaqqiyoti bolaming bog’cha yoshi davrida tugallanmay, bolaning bundan keyingi taraqqiyotida, ya’ni ta’lim-tarbiya va turmush tarziga qarab o’zgarib o’sib boradi.
Tafakkur muammosii va yosh davrlarida rivojlanishi. Bola tug’ilishidanoq tafakkur qilish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Tafakkur bolaning o’sib, bilim va tajribalarining ortib borishi jarayonida rivojlanadi. Bola dastlab tashqi olamni va undagi narsalami sezish, idrok qilish otqaligina biladi. Bunday bilish bolaning ana shu narsalar bilan boTgan aktiv faoliyati davomida tobora takomillashib boradi. Kichik yoshdagi bolalar atroflaridagi narsalar bilan qanchalik ko’p munosabatda boTsalar bu narsalar o’rtasidagi o'xshashlik tomonlami shunchalik ko’proq payqay boshlavdilar. Keyinchalik bolalar o’xshash narsalami umumlashtira boshlaydilar. Masalan, 6-7 oylik bola uyda yolg’iz qolgan paytida stol oldiga emaklab kehb, dasturxonni tortib o’ziga keraldi narsalami olishga muvaffaq boTar ekati, xuddi shunday harakat yoTi bilan karavotning ustidagi narsalami ham olishga harakat qiladi. U dasturxonni tortgan kabi choyshab yoki ashyoni tortib karavot ustidagi narsalami olishga urinib ko'radi.
Ilk bolalik yoshidagi bolalaming tafakkufi o’z-o’zicha, ya’ni stixiyali ravishda emas, balki katta odamlaming rahbarligida rivojlana boshlaydi. Katta odamlar bolalaming shu paytgacha orttirgan bihmlariga asoslanib, ulaming o'zlari mustaqil egallay olmaydigan tushuncha va bilimlami o'zlashtirib olishlarida yordamlashadilar. ^Uia shu tariqa bolalar o’zlarining individual faoliyatlari orqali bilish mumkin boTgan ayrim narsalami va ayiim tushunchalamigina emas, balki butun insoniyat tomonidan yaratilgan tushunchalami hamda mantiqiy fikr qiUsh shakllarini ham egaUab ola boshlaydilar.
Bolalarda tafakkur bir yoshga toTib, ikki yoshga qadam qo’ygan davrdan boshlab namoyon boTa boshleydi. Ana shu davr mobaynida, birinchidan bolalar anchagina turmush tajribasiga ega boTa boshlaydilar, ikkinchidan tili chiqa boshlaydi. Bolalar bir yoshdan oshgach, o’zlariga yaqin narsalaming nima uchun kerakligini tushunadigan boTib qoladilar (masalan, uydagi idish-tovoqlaming, piyola va qoshiqlaming nimaga
-109 -
kerakligini bilib oladilai). Ikki yoshli bolalar tafakkurining eng ko’zga tashlanib turadigan xususiyati shundan iboratki, ular avni shu chog’da ko'rib, idrok qilib turgan narsalari haqida tafakkur qiladilar. Tafakkuming asosiy jarayonlari, ya’ni analiz, sintez, umumlashtirish bolalaming narsalar bilan bo'lgan amaliy faoliyatlari jarayonida sodir bo'ladi. Ana shuning uchun ulaming tafakkurlari bevosita harakatlari bilan bogTiq boTadi, tafrkkur harakatlarida namoyon boTadi.
Yasli yoshidagi bolalar idrok qilayotgan narsalarining ichki va eng muhim xususiyatlarini hali aks ettira olmaydilar. Shu sababli ular idrok qilayotgm narsalami umumlashtirganlarida bu narsalaming ko’zga tashlanib turadigan tashqi belgilariga, xususiyatlarigagina asoslanadilar. Masalan, bir yarim yoshli bola olmani, koptokni, yog'ochdan qilingan yumaloq shami umumlashtirib, ulaming hammasini olma deb ataydi. Shunday qilib, kichik yoshdagi bolalarda tafakkur ulaming turmush tajribalarining orta borishi, turli xil narsalarga doir bilim va tushunchalaming ko'payishi hamda nutqning rivojlanishi jarayonida takomillashib boradi.
Obrazli tafakkur va so’z mantiqiy tafakkur. Tafakkur bolaning bog’cha yoshdagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog’cha yoshdagi bolalarda turmush tajribasining anchagina ko’payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi o'sgan boTishi, uchinchidan esa, bog’chada harakatlar qilish imkoniyatiga ega boTishlaridir. Bog'cha yoslidagi bolalar o’zlarining mustaqil harakatlari davomida atroflaridagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi,
Bolaning bog’cha yoshdagi davnda uning erkin harakat qilish maydoni yasli yoshdagi davrga nisbatan juda ham kengayib ketadi. Bu esa tafskkuming rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Bog'cha yoshdagi bolalar o’z tajribiilarida ancha narsalarni bilib olganlaridan so’ng narsialaming ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ularda juda ko’p savollar (bu nima? nega bunaqa? kim qilgan? qayerdan kelgan? nima qiladi? kabi) paydo boTadi. Bu shubhasiz, tafakkuining faol va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi.
Bog’cha yoshdagi bolalarda har xil sohalarga doir savollaming tug’ilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalaming savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o’z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning
-110-
savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin bog'cha yoshdagi bolalaming hamma savolariga javob berish qiyin, chunki ulai' o’zlari hali mutiaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalaming son- sanoqsiz savollariga ulaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim.
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushina olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil boTadi. Juda ko’p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, ulami “ko’p maxmadona boTma”, “sen bunday gaplami qayerdan o’rganding”, deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand egandan so’ng, kattalarga savol bemiaydigan, ayrim murakkab narsalami c»’z bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushinadigan boTib qoladi. Masalan, 7 yoshli katta gunih bolasi “yomgTr qayerdan yog’adi?” degan savol beradi. Bu bolaga yomg’iming jrnzaga kelishi juda sodda va tushinarli qilib gapirib berildi (hatto sovuq oynaga i ssiq par qilib ta sir qilganda, suv zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko’rsatiladi) Bola bir oz qarab turib, yo’q anaqa emas deb javob beradi. BoTmasa, qani sen tushuntirib ber, deb so’raldi. Shunda bola quvidagicha tushuntirib berdi: “Yomg'ir osmonda yashaydi, uning uyi bulutlardan ham balandda. Bulutlar ochilib ketgan paytda yomg’ir yig’ilib ketadi...” deb tushuntirdi. Bolaning ana shtnday afsonaviy tushunchasidan voz kechib, to’g’ri, ilmiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi. Ana shuning uchun bog’cha yoshidagi, hali tunnush tajribasi oz bo'lgan bolalarga tabiat hodisalarini bunday yolg’on afsonaviy tarzda tushuntirish yaramaydi.
Bclalar beradigan savollarining juda qiziq boTishiga bir necha sabablar bor. Birinchidiin, bog'cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalami qanday boTsa, shundayligicha, ya'ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, ikkinchidan, ularda katta odamlardagidek idrok qilayotgan narsa va hodisalami chuqur analiz va sintez qilish xususiyati liali o’smagan boTadi, uchinchidan, ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir lilmiy tushunchalar hali tarkib topmagan va nihoyat, to’rtinchidan, ulaming turmush tajribalari juda oz boTadi. Bog’cha yoshidagi bolalaming beradigan savollaridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga ega ekanligi ham ko’rinib turadi. Masalan, bog’cha yoshidagi bolalar quyidagi savollami berishlari mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, er kattami? Yulduzlar nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kimduzi ko’rinmaydi?
-lll -
Daraxtkir nima yeb o’sa.di? Qorbobo odammi? Hozir qorbobo qayerda? Nima uchun qorbobo vozda kelmaydi? Elektr toki qayerdan keladi? Nega sirnda olov ko'rinmaydi? Bog’cha yoshidagi bolalarni tabiat va jamiyatdagi narsalaming sababiy bog'liqligi hamda nchki taraqqiyot qonunlati emas, balki shu narsalaming o’zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani bilishga intiladikir.
Ayrim bolalar haddan tashqari ko'p savoflar beradilar, boshqa bir bolalar esa deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalaming juda ko’plab savollar berishlari ijobiy xarakterga ega bo’lib, bu ulaming qiziquvchanligini, faollijgi va mustaqilligidan darak beradi. Odatda juda passiv \a tortinchoq bolalar savol bemiaydilar. Bunday bolalarga turli mashg’rlotlar ekskursiyidar vaqtida tarbiyachining o’zi savol berishi, shu bilan uleimi akrivlashtirib borishi lozim.
Bog’cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta borgan sari narsa va hodisalar o'rtasidgai o’zaro bog’liqlik hamda ayrim tabiiy sabablami tushuna boshlaydilar. Masalan, katta gmuh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida mulohaza yurgizishayotganlarining guvohi bo’lamiz. “Temir og’ir narsa boTgani uchun suvda cho’kadi, yog’och yengil, shiming uchun u oqadimi”, “ichi bo’sh banka yengil, shuning uchun u cho’kmaydi”, “umg’ni yerga eksa, ko’karib chiqadi” shu kabilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni shu chog'da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum boTgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o’z tasawixriga asoslanib, qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan “yong’oq suvda cho’kadimi yoki oqadimi?” deb so'ralganida, u “oqadi” deb javob bergan. Bolaning to’g’ri javob berganligiga sabab shundaki, u o’z tajribasida yong’oqni suvga tashlab ko’rgan. Ana shu tarzda bog’cha yoshidagi bolalarda indcktiv va deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda formalari yuzaga kela boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |