,,Son“ni o'rganish tizimi ham son haqidagi
materialni leksik va
grammatik tomondan sinfdan-sinfga o'tgan sayin boyitib, murak-
kablashtirib borishni nazarda tutadi.
Boshlang'ich ta ’limda son uch yo'nalishda o'rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang'ich sinflarda quyidagi izchillikda o'rganiladi:
— 2-sinfda nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va
narsaning sanog'ini, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs va
narsaning tartibini bildirishi;
— 3-sinfda „Son - so'z turkumi" tushunchasi kiritiladi. O'quv
chilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog'lanib
kelishi
yordamida aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi. Bularni o'rganishda sonning
leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan
bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi.
— 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va
arab raqamlari bilan yozilishi, qo'sh
undoshli sonlarning, grammatik
shakllangan sonlarning (ikkov, o'ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning
gramm, kilogramm, metr, litr, so'm, tiyin so'zlari bilan qo'llanishi va
shu so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'lishi o'rganiladi. O'quvchilaming
sonlarni otga bog'lanishi, so'roqlar yordamida sonni o'zi bog'langan
so'z bilan ko'chirish ko'nikmalari o'stiriladi.
Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati
uni leksik va grammatik aspektda o'rganishni taqozo etadi. Son gram
matika va imlo o'qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muam
moli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda
o'rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan
beriladigan tushunchalaming
mohiyatiga, o'quvchilaming tayyorgarlik darajasiga bog'liq holda tan
lanadi. Agar o'quvchi son haqida m a’lum darajada bilimga ega bo'lsa,
yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola
son haqida umuman tushunchaga ega bo'lmasa, induktiv va analiz
metodlaridan foydalaniladi.
„Son" ustida ishlash dastur talabiga ko'ra 1-sinfdan boshlansa
ham, uni o'rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo'linadi.
,,Son“ boshlang'ich ta’limda elementar nazariy tushunchalar asosida
amaliy o'rganiladi.
Lekin
1-bosqichni
to'liq ma’noda sonni amaliy
o'rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman
nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va
1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o'rganuvchi
keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi.
Ma’lumki, savod o'rgatish davrida o'quvchilar bilan kundalik
ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og'zaki savol-javoblar
o'tkaziladi. Masalan: „Bugun nechanchi sana?
Biz nechanchi asrda
yashayapmiz? Bu yil nechanchi yil? Darsga nechta o'quvchi kelmadi?
Bir yil necha faslga bo'linadi? Yilning birinchi fasli qaysi?" yoki man
tiqiy mashqlar ishlash bilan bog'liq holda: „Xonadoningizda nechta uy
hayvoni bor? Nechta yowoyi hayvon nomini bilasiz?" kabi.
Mavzular bilan bog'liq holda, „Oila" mavzusida: „Oilangizda
nechta kishi yashaydi? Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz)
bor? Siz oilada nechanchi farzandsiz? Nechanchi yilda tug'ilgansiz?
Hozir nechanchi sinfda o'qiyapsiz?" yoki
О
tovushi va
О о
harfi bilan
tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yulduz bor? (Bolani
o'ylashga majbur qiladi), Nechta yulduzning nomini bilasiz?" kabi.
1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida „Gapda nechta
Dostları ilə paylaş: