3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan
nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasini
shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan ta
nishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini
shakllantirish;
6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shim-
chalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda
aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o'zaro
bog'liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o'rganishning
muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga
ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so'z turkumi sifatida
otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa
otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga aha
miyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi,
kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini
o'rganishga e’tibor qaratiladi. O'quvchilaming nutqi va tafakkurini
o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal
qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil
qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli
nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi.
So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik
belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlaming umumiy leksik ma’nosi
shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar
Dostları ilə paylaş: