K arim a q osim ova



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

Yurmoq, o'qimoq,
olmoq
kabi fe’llarda leksik m a’no gram m atik m a ’noga mos keladi. 
K o 'p fe’llarda bunday moslik bo'lm aydi. G ram m atik ad a predm et 
harakati deyilganda, harakat bilan birga p redm etning holati, uning 
boshqa predm etlarga m unosabati, predm et belgisining o'zgarishi kabi- 
lar ham tushuniladi: 
uxlamoq, o'ylamoq, sevmoq, o'smoq, k o ‘karmoq
va hokazo. Predm et harakatini bunday keng m a’noda, um um lashtiril- 
gan holda tushunish endigina tilni o 'rgana boshlagan o'quvchilarga 
qiyinlik qiladi, ular harakatni ko 'p ro q yurish, siljish m a’nosida aniq 
ta s a w u r qiladilar. Shuning uchun fe ’lni o 'rganishning boshlang'ich 
bosqichida 
yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq
kabi so'zlarni 
predm et harakatini bildiradi deb hisoblam aydilar. B unday hodisani 
otni o'rg anishd a h am uchratish m um kin. Ayrim o 'quvchilar 
tinch­
lik, qahramonlik, qadam
kabi so'zlarni ot turkum iga kiritm aydilar. 
T ushunchani shakllantirish uchun o'q u vch ilarda m avhum lashtirish 
k o'nikm asini o'stirish, ular diqqatini so'zning aniq leksik m a'nosidan 
gram m atik m a ’nosiga qaratish va shu guruhdagi so'zlarga oid um u ­
miy, gram m atik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga 
birlashtirish talab etiladi. M asalan, 
kim? yoki nima?
so 'rog 'iga javob 
bo'ladigan b arch a so 'zlar ,,o t“ turkum iga birlashadi; predm et bildirish, 
son (birlik va ko'plikda kelish), egalik qo'shim chalari bilan o'zgarish, 
kelishiklar bilan turlanish bu so 'zlar uchu n um um iy gram m atik belgilar 
hisoblanadi. T ushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun 
ta ’lim berish jarayonida q ato r m etodik talablarga rioya qilinadi.
Tushunchani o'zlashtirish ustida ishlash jarayoni
G ram m atik tush u nchan i o'zlashtirish uzoq davom etadigan va 
kichik yoshdagi o 'q uvch ilar uchun ancha m urakkab jarayondir. 
O 'qituvchi boshlang'ich sinflarda tushunchani o'zlashtirishga oid 
ishlarni tashkil etishda o'rganiladigan tushu n chaning lingvistik m o­
hiyatini, bilim larni o'zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik 
xususiyatlarini, o 'q u vch ilam ing nutqiy va aqliy o'sishi bir-birini taqozo 
etishini, gram m atik bilim ning nutqdagi o 'rn in i asos qilib oladi.
G ram m atik tushunchalarda til hodisalarining m uhim belgilari 
um umlashtiriladi. Tushunchani o'zlashtirish ustida ishlash jarayonida 
o'rganiladigan m uhim belgilarni ajratish maqsadida muayyan til materiali
www.ziyouz.com kutubxonasi


analiz qilinadi. Masalan, so'z o ‘zgartuvchi qo'shim cha uchun quyidagi 
ikki m uhim belgi xarakterli:
1) so‘z o ‘zgartuvchi q o'shim cha — so'zning o'zgaradigan qismi;
2) so 'z o'zgartuvchi q o 'sh im cha sintaktik vazifani bajaradi, ya’ni 
gapda so'zlarni bog'lash uchun xizm at qiladi.
T ushunchani o'zlashtirishga oid ishlarda o'qituvchi m uayyan bir 
tushunchaning m uhim belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga k o 'ra, 
shu sinf o'quvchilarini tushunchaning qanday belgilari bilan tanish- 
tirishni. foydalanganda yaxshi natija beradigan leksik m ateriallarni, 
m etodik usul va vositalarni belgilab oladi.
Til m aterialini analiz qilish jarayonida o'rganiladigan tushunchaning 
muhim belgilari ajratiladi 
(tushuncha ustida ishlashning birinchi bos­
qichi), 
so'ng belgilar o'rtasidagi bog'lanish topiladi, bir tushunchaning 
xususiyati sifatida ular orasidagi o 'z a ro m unosabati aniqlanadi, atam a 
beriladi 
(tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). 
O 'quvchilar 
o'rganilgan tushuncha m ohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajri­
basiga tatbiq etishlari uchun tu shuncha ta ’rifini aniq ifodalash ustida 
ishlanadi 
(tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to‘rtinchi 
bosqichda 
o'rganilgan kategoriyani bilib olish uchun m ashq qilinadi; 
amaliy vazifani hal qilish m aqsadida (fikrni aniq ifodalash, so'zni va 
gapni to 'g 'ri yozish uchun) o 'quvchilarda tushunchaga asoslanish 
ko'nikm asi shakllantiriladi.
Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni 
shartli ravishda to 'rt bosqichga bo'linadi:
Birinchi bosqich 
— tushu n chan in g m uhim belgilarini ajratish 
m aqsadida til m aterialini tahlil qilish. Bu bosqichda m a’lum so 'z va 
gaplarning leksik m a’nosidan kelib chiqib m avhum lashtirish amalga 
oshiriladi va shu til hodisasi, til kategoriyasi uchun um um iy hisob- 
langani ajratiladi. O 'quvchilar tahlil qilish va m avhum lashtirish aqliy 
amalini bilib oladilar.
Ikkinchi bosqich 
— tushunchaning belgilarini um um lashtirish, ular 
orasidagi bog'lanishni aniqlash(tushunchalarning ichki bog'lanishini 
aniqlash). atam ani berish. O 'qu v chilar taqqoslash va tarkib am alini 
bilib oladilar.
Uchinchi bosqich 
— tush un ch a ta ’rifmi ifodalashni tushunish, 
belgilar m ohiyatini va ular orasidagi bog'lanishni aniqlash.
To‘rtinchi bosqich 
— yangi til m ateriali asosida o'rganilayotgan tu ­
shunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan m ashqlar ish-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lash, o'rganilayotgan tushunchaning ilgari o ‘zlashtirilgan tushu nch alar 
bilan bog'lanishini aniqlash.
K o'rsatilgan bosqichlarni „fe’l" gram m atik tushunchasini shakl­
lantirish jarayoni m isolida ko'rib chiqaylik:
T ushuncha ustida ishlash til m aterialini tahlil qilish va tu ­
shunchaning m uhim belgilarini aniqlashdan boshlanadi. K o'pgina 
tekshirishlar, agar o'q uvch ilar o 'q itu v ch i rahbarligida m uayyan vazifani 
bajarish bilan dastlabki til m aterialini o 'zlari tuzsalar yoki tanlasalar, 
ularning analitik faoliyati sam aradorligi ortishini ko'rsatdi. M asalan, 
o'qu vch ilar harakatlarini kuzatish asosida gap tuzadilar. D arsda 
o'quvchilarni fe’ldan foydalanish va e ’tib o r bilan yozishga undaydigan 
qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko'rilgan film, 
shu darsda ko'rsatilgan diafilm ning b iro r qism i, o'qilgan hikoya, rasm 
m ateriali yuzasidan gapiar tuzish h a m m um kin. G ap tuzishda fikrni 
aniq ifodalaydigan kerakli so'z (fe’l)ni jam o a bo'lib topish im konini 
beradigan vaziyat yaratish m uhim dir. M asalan, mavzuni o 'rganishdan 
oldin o'quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o'zgarishlarni kuza- 
tadilar.
O'qituvchi: - Bahorda tabiatda qanday o'zgarishlar yuz beradi?
O 'quvchilar: — K u nlar isiydi.
— O 'tla r ko'karadi.
— D araxtlar kurtak chiqaradi.
— Bodom gullaydi.
— Dastlab shaftoli, o 'rik lar gullaydi.
— Olm a keyinroq gullaydi.
O 'quvchilar o 'qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab 
yozadilar.
O 'qituvchi: — N arsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi 
so'zlardan foydalandingiz? U larning tagiga ikki to 'g 'ri chiziq chizing 
(O 'quvchilar vazifani bajaradilar).
— H arakatni bildirgan so'zlarga s o 'ro q bering va taqqoslang (O 'q u v ­
chilar 
nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi?
so'roqlarini beradilar).
— Endi darslikda fe’l haqida nim a deyilganini o'qing.
— Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so'zlar qanday ataladi, 
ular qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
— 
Bodom gulladi. Olma gullaydi
gaplarini gap bo'laklariga k o'ra 
tahlil qiling (O 'q uvch ilar eganing tagiga bir, kesim ning tagiga ikki 
to 'g 'ri chiziq chizadilar).
www.ziyouz.com kutubxonasi


— 
Gulladi, gullaydi
fe’llari gapda qaysi bo'lak vazifasida kelgan? 
(Kesim.)
— F e ’l h aqida nim alarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting 
(um um lashtiring):
1. F e’l nim a? 

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin