K arim a q osim ova



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

adabiyotlarni o'qish;
2
) mavzuga va uni yoritishga m os material tanlash, uni tartibga
solish, joylashtirish, ya’ni suhbat, m uhokam a qilish, zarur materialni
ajratish, reja tuzish, lug'at ustida ishlash, im lo va leksik tom ondan
tayyorlash va hokazo;
3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya ’ni insho m atnini tuzish, uni
yozish, takomillashtirish, xatolarni to'g'rilash va uni tekshirish.
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari
vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material
yig'ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini ku­
zatish bir hafta, hatto undan ko'proq davom etadi; rasmlar esa insho
yozishdan oldin ko'riladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday qilib, insho yozish yoki og'zaki hikoya qilish darsi ilgari
bajarilgan ishlam in g yakunidir. Insho darsining um um lashtiruvchilik
roli bog'lanishli nutq sohasidagi ko‘nikm alam i egallash m e ’yoriga
qarab ortib boradi.
Insho darsining qurilishi tayyorlov b osqich in in g xarakteriga b og‘liq.
Tayyorlov bosqichida qancha k o‘p ishlansa, in sh o darsida matn ustida
shuncha chuqur ishlash im koniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin
yoki og'zaki hikoyalashda yig'ilgan materiallarni o'quvchilar yodiga
tushirish, ularda qiziqish uyg‘otish, yozish ga yoki hikoya qilishga
xohish uyg‘otish zarur.
Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur b o ‘lib qolsa,
ikkinchi darsdan 15—20 daqiqa, 3—4-sinflarda bir yoki bir yarim dars,
ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho
tahlili va xatolar ustida ishlash u chun 20—25 daqiqa vaqt ajratiladi.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin