bo'lak bo'lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi:
Biz
mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushun
cha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmosh
larining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan
so'z bilan birikma tarzida ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar
o'rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan
olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar
bajartiriladi.
Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishik
lar bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma
ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib,
nutqda uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda
kishilik olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf
etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ish-
latishlarini bartaraf etish uchun o'quvchilaming ijodiy yozma ishlari:
bayon va insholari o'qib berilib, tahlil qilinadi.
O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini
man, san
tarzida sheva
ta’siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga
ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham
yo'qotishdir.
O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga
o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Savol va topshiriqlar
Dostları ilə paylaş: