K arim a q osim ova



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qara
kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar h ar xil lug'aviy 
m a’noni ifodalaydi.
So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq 
boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z 
tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. U lar so'zni tovush tom onidan 
tahlil qilishga o'rganadilar, y a’ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


tovushlam i tartibi bilan aytadilar. B unda tovush to m o n d an tahlilni h arf 
to m o n d an tahlil bilan aralashtirm aslikka alohida aham iyat beriladi.
So'zning tovush tarkibini t o ‘g‘ri ta s a w u r etish undagi harflarni 
tushirib qoldirm ay yoki o ‘rnini alm ashtirm ay yozish m alakasini shakl- 
lantirish uchun ham , s o ‘zni t o ‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta 
aham iyatga ega. S huning uchun savod o'rg atishdan so 'ng ham so'zn i 
tovush to m on dan tahlil qilish m ashqlari yordam ida so'zdagi tovushlar 
tarkibini aniqlash ko'nikm asini takom illashtirish ustida ishlab borish 
zarur.
M a’lum ki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo'linadi: 
unli
tovushlar
va 
undosh tovushlar.
Buni o'quvchilarga tushuntirishda u lar­
ning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo 
oqim i og'iz b o 'sh lig 'id an erkin ravishda o 'tad i, u ndosh tovush talaffuz 
qilinganda, havo o g'iz b o 'sh lig 'id a to 'siq q a uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan 
iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan 
shovqin va qism an ovoz eshitiladi);
3) b o 'g 'in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar b o 'g 'in hosil qiladi, 
undosh tovushlar b o 'g 'in hosil qilm aydi).
O 'quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo 'l qo'ym aslik, ak­
sincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki 
shovqin eshitilganda nutq a ’zolarining vaziyatini kuzatish ko'nikm asini 
o'stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar 4-sinfda davom ettiriladi va 
um um lashtiriladi. T ovushlam i o'zlashtirishga bunday yondashish, unli 
va undosh tovushlam i puxta o'zlashtirishga im kon berishi bilan birga, 
o 'quvchilam ing aqliy qobiliyatini o'stirish vazifasini ham bajaradi; 
xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir n echa belgilarini taqqos- 
lashga, um um lashtirishga o'rganadilar.
O 'zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yo­
zuvda harflar bilan ifodalanadi. 1 -sin f o'quvchilari quyidagilarni bilib 
olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilam iz va eshitam iz;
b) harfni k o 'ram iz, o'qiym iz va yozam iz;
d) h a rf — tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O 'quvchilar k o 'p in c h a tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yo'l 
qo'yadilar. U larda grafik m alakani shakllantirish uch u n quyidagilarni 
o'rgatish zarur:
www.ziyouz.com kutubxonasi


1) bir undosh h a rf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi m u m ­
kin (m asalan, 
maktab
so'zidagi 
b
harfi 
p
tovushini, 
maktabim
so‘zidagi 
b
harfi 
b
tovushini ifodalaydi);
2) 
j o ‘ja, jajji
so'zlaridagi 
j
tovushi (jarangli, portlovchi) ham , 
jum al, vijdon
so ‘zlaridagi 
j
tovushi (jarangli, sirg‘aluvchi) ham bitta 
j
harfi bilan ifodalanadi;
3) 
tong, keng
so‘zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush 
(ng)
ikki 
h a rf birikmasi 
(ng)
bilan ifodalanadi;
4) sh, ch h a rf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (sham ol, 
choy).
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi
0 ‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini 
kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz 
und oshlar ajratiladi. K uzatishda o'quvchilar faol qatnashishi va ularga 
jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik 
m uhim ekanini yaqqol ko'rsatish uchun faqat bitta undosh tovush 
bilan farqlanadigan 
baqir — paqir, gid - kul, dil — til, zina — sina,
jo y — choy
kabi so'zlardagi tovushlam i taqqoslash m aqsadga muvofiq. 
B unda o'qituvch i o'quvchilar diqqatini 
b~p, v—f, g—k, d~t, z~ s,j~ c h ,
j —sh
tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz u nd oshdan iborat 
tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni 
am aliy tu shuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qism an 
ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). 
Xattaxtaga quyidagicha yozib qo'yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar: 
b,
i\ 
g, d, z , j , j , g ‘-
Jufti bor jarangsiz undoshlar: 
p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti y o'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar bilan ham 
o'quv ch ilar h ar xil fonetik sharoitda tovushlam i talaffuz qilishni ku­
zatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o'quvchilar so'z oxirida 
yoki unli tovushdan oldin kelgan 
ko'l, bilim, otam, olmos; quyon,
bino; shifoner, fabrika; tong, singil; q o ‘y, kiyik
kabi so'zlardagi jarangli 
undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va 
I, m, n, r, ng, у
jarangli u n ­
dosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, y a ’ni 
jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo'qligini 
(jufti y o 'q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. X uddi shunga 
o'xshash usulda o'quvchilar 
q, h
undoshlari talaffuz qilinganda, faqat
www.ziyouz.com kutubxonasi


shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti 
y o ‘qligini (jufti yo‘q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. 
K uzatish natijasi xattaxtaga quyidagi k o ‘rinishda yoziladi (yoki kar- 
tonda tayyorlangan ko'rgazm a ko'rsatiladi):
Jufti yo‘q jarangli undoshlar: 

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin