Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
adabiyotlarni o'qish; 2
) mavzuga va uni yoritishga m os material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya’ni suhbat, m uhokam a qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug'at ustida ishlash, im lo va leksik tom ondan tayyorlash va hokazo; 3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya ’ni insho m atnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to'g'rilash va uni tekshirish. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig'ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini ku zatish bir hafta, hatto undan ko'proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko'riladi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunday qilib, insho yozish yoki og'zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlam in g yakunidir. Insho darsining um um lashtiruvchilik roli bog'lanishli nutq sohasidagi ko‘nikm alam i egallash m e ’yoriga qarab ortib boradi. Insho darsining qurilishi tayyorlov b osqich in in g xarakteriga b og‘liq. Tayyorlov bosqichida qancha k o‘p ishlansa, in sh o darsida matn ustida shuncha chuqur ishlash im koniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og'zaki hikoyalashda yig'ilgan materiallarni o'quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish uyg‘otish, yozish ga yoki hikoya qilishga xohish uyg‘otish zarur. Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur b o ‘lib qolsa, ikkinchi darsdan 15—20 daqiqa, 3—4-sinflarda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash u chun 20—25 daqiqa vaqt ajratiladi.