K arim a q osim ova


va  fonologiya, leksikologiya



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

 
va 
fonologiya,
leksikologiya
 
va 
frazeologiya, s o ‘z yasalishi
 
va 
etimologiya, gram­
matika — morfologiya
 
va 
sintaksis, stilistika,
 
shuningdek, 
orfoepiya,
grafika, orfografiya
 
kabi fanlar ona tili m etodikasining m uhim asosi 
hisoblanadi.
Fonetika va fonologiya grafika bilan bog'liq holda savod o'rgatish 
m etodikasini ishlashda, elem entar o'qish ko'nikm asini shakllantirishda 
asos bo'lib xizm at qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tam oyil 
asosida yoziladigan imlo qoidalarini o'zlashtirishda ham aham iyati 
katta. H usnixat m etodikasi grafika nazariyasiga tayanadi.
Leksikologiyani bilish m aktabda lug'at ishi (m a'nodosh va zid 
m a’noli so'zlarga oid xilma-xil m ashqlar o'tkazish, ko'p m a’noli
www.ziyouz.com kutubxonasi


s o ‘zlar, ularning m a’no bo ‘yoqlari ustida ishlash) ni t o ‘g ‘ri tashkil 
etish uchun ju d a m uhim dir.
So'zning tarkibi va so 'z yasalishini o'rgan ish da m etodikaga so 'z 
yasalishi, etim ologiya, gram m atika asos vazifasini bajaradi.
Morfologiya va sintaksis m avhum til hodisalarini shakllantirishni, 
til qurilishi haqida tush unch a hosil qilishni to 'g 'ri tashkil etishga, 
gram m atik tushunchalardan to 'g 'ri yozuv m asalalarini hal qilish u c­
h u n foydalanishga imkon beradi. G ram m atikadan bilimi bo'lm agan 
o'quvchilarda im lo va punktuatsiyadan k o 'n ik m a va m alakalam i shakl­
lantirish m um kin emas. G ram m atika o'qu v ch ilar nutqini o'stirishda 
m uhim o 'rin tutad i, chunki gram m atika so 'z shakllarini to 'g 'ri tuzish, 
so 'z birikmasi tarkibidagi so'zlarni o 'zaro to 'g 'ri bog'lash va gapni 
to 'g 'ri tuzishga o'rgatadi.
T o'g 'ri yozuvga o'rgatish m etodikasining rivojlanishida o'zbek tili 
imlosi nazariyasini hisobga olish talab etiladi.
O 'qish m etodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o 'q u v ­
chilar badiiy asarni am aliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunos- 
Iikdan nazariy m a ’lum ot berilm aydi, am m o m etodika adabiy asarning 
yaratilish qonuniyatlarini, ularning o'quvchilarga t a ’sirini, ayniqsa, 
adabiyotshunoslikka oid m avzulardan asarning g'oyaviy m azm uni, 
uning mavzusi va sujeti, kom pozitsiyasi, jan ri, tasviriy vositalarini h i­
sobga olishi zarur.
Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari
O 'quvchilarga ona tilini o'rgatish, ularni tarbiyalash va h a r 
m onlam a rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyas 
asoslanib, barcha yaqin, o 'zaro bog'liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, 
ona tili o 'q itish m etodikasi o 'z tam oyillarini ishlab chiqadi. Bu ta- 
m oyillar um um didaktik tam oyillardan o'zg ach a bo'lib, o'qituvchi 
bilan o'quvchi o'rtasidagi o'q u v m ehnatining yo'nalishlarini belgilab 
beradi.
O na tili o 'q itish tam oyillari quyidagilar.
1. 
Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining 
to ‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. 
N utq, til qonuniyatlariga, 
oz bo'lsa-da, e ’tib o r berm aslik am aliy nutq faoliyatini egallashga salbiy 
ta ’sir ko'rsatadi. M asalan, fonetik ko'nikm alarga yetarli e ’tibor beril- 
m asa, imloviy savodxonlikka p u tu r yetadi. Bu ta ’lim tam oyili tildan 
olib boriladigan m ashg'ulotlarda eshituv va k o'ruv ko'rsatm aliligini
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta ’m inlashni va nutq organlarini m ash q qildirishni (gapirib berish, 
ifodali o ‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.
2. Til ma’nolarini 
(leksik, gram m atik, m orfem ik, sintaktik m a’n o - 
larini) 
tushunish tamoyili. 
S o ‘zni, m orfem ani, so ‘z birikm asini, gapni 
tushunish borliqdagi m a’lum voqea-hodisalar o'rtasidagi bog‘lanishni 
aniqlash dem akdir. Til m a’nolarini tushunish tam oyiliga am al qilishning 
sharti tilning h am m a tom onlarini, tilga oid barcha fanlar (gram m atika, 
leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni o ‘zaro bog'langan holda 
o 'rg anish hisoblanadi. M asalan, m orfologiyani sintaksisga tayangan 
holdagina o'rganish, o'zlashtirish m um kin. Sintaksisni o'rganishda 
esa m orfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, gram m atika, so'z 
yasalishiga suyanadi va hokazo. S o'zni m orfem ik tahlil qilish uning 
m a’nosini tushunishga yordam beradi. T ilning ham m a tom onlari bir- 
biri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, o'q itish d a buni albatta hisobga 
olish kerak.
3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili. 
Til — ju d a m urakkab hodisa, 
uning tuzilishini, izchil tizim ini fahm lab olm ay turib, sal bo'lsa-da, 
uning qonuniyatlarini, o'xshashliklarini o'zlashtirm ay turib, uni yodda 
saqlab bo'lm aydi. Bola gaplashish, o 'q ish , eshitish bilan til m aterial- 
larini yig'adi, uning qonunlarini o'zlashtiradi. N atijada kishida tilga 
sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.
4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. 
Bu tam oyil til hodisa­
larini tushunm ay turib savodli yozish, nutq m adaniyati vositalarining 
xabar berish vazifasini tushunish bilan b ir qatorda, uning ifodaliligini 
(uslubga oid) tushunishni, m azm uninigina em as, balki so 'z va nutq 
birliklarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy 
bo'yoqdorligini ham tushunishni k o 'zd a tutadi. Bu tam oyilga amal 
qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, 
tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa m atnlardan 
foydalanish talab etiladi. Bu esa m atn m azm uni va uning o'ziga xos 
,,noziklik“larini ham anglab yetishga yordam beradi.
5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili. 
Bu 
tam oyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta ’sir etadi va til o'qitish 
m etodikasini tuzishda xizmat qiladi.
M etodika tam oyillari, didaktika tam oyillari kabi, o'qituv chi bilan 
o'quvchining m aqsadga m uvofiq faoliyatini belgilashga, ularning 
birgalikdagi ishlarida qulay y o'nalishni tanlashga yordam beradi, 
m etodikaning fan sifatida nazariy asoslash elem entlaridan biri bo'lib 
xizm at qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amaliy fanlar u ch u n am aliyot m u h im rol o'ynaydi. O na tili o 'qitish
m etodikasi ham am aliy fanlar sirasiga kiradi. H ar qanday am aliy xu­
losalar ishonarli bo'lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli 
bo'lishi lozim. M etodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tas- 
diqlanishi yuqori saviyada bo'lishi tekshirish m etodlarining puxtaligiga 
ham bog'liq.
Tekshirish m etodlari 2 xil:
1. Nazariy tekshirish m etodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:
a) biror hodisaning m etodik asosini, unga bog'liq boshqa fanlarni 
o'rganish, qo'yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo'nalishini 
belgilashda;
b) m asala tarixi, xorijiy m aktab tajribalari va m avzuga doir 
adabiyotlarni o 'rg a n ish , tajribani tahlil qilish, m asalaning isb o tlan - 
m agan va hal qilinm ag an o 'rin la rin i an iq lash , ilgarigi tajrib a bilan 
hozirgi ahvolni taq q o slash , hozirgi kun talabi bilan b ah o lashda;
d) bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya) 
ning tekshirish m etodlarini, olim larning tekshirish ishlari tajribasini 
o'rganish, qulay m etodlarni tanlash, o'zining yangi eksperim ental 
m etodikasini yaratish, m ateriallarni tayyorlash m aqsadida;
e) em pirik tajriba yo'li bilan olingan m ateriallarni tahlil qilish va 
um um lashtirish, o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, eksperi- 
m ent natijasini tahlil qilish, am aliy tavsiyanom alarni shakllantirishda.
2. Em pirik m etod (tajribaga asoslangan m etod). Bu m etod quyi­
dagi m aqsadlarda qo'llanadi:
a) bu m etod o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, yangiliklari- 
ni tanlash, um um lashtirish, baholash va om m alashtirish, o'qituvchi va 
o'quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;
b) o'quvchilarni o 'q itish jarayonini m aqsadga m uvofiq kuzatish 
(dars, uning biror qism ini, o 'qu v ch ilam in g javobi, hikoyasini, yozm a 
ishini tekshirish), o'qituvchi va o'quv ch ilam in g faoliyatini so'rovnom a 
orqali tekshirish;
d) eksperim ent (tajriba) m eto d idan foydalanish. H ozirgi kunda 
keng tarqalgan bu usulda deduktiv y o'ld an boriladi, y a’ni gipoteza 
qo'yiladi, m avzuga asosan eksperim ent u ch u n m aterial (o'q uv m a- 
teriali) tayyorlanadi. Eksperim ent bir necha m arta takrorlanadi, bir 
necha sinf va bir necha guruhlarda o'tkaziladi. Eksperim entda 2 ta 
sinf tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uch u n tan la n -
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan tekshiruv sinfi. Tajriba sinfida yangi m etod, yangi darslik, yangi 
ishlanm adan foydalanilsa, tekshiruv sinfida am aldagi m etod, darslik, 
ishlanm adan foydalaniladi. Ikkinchi m arta sinflar alm ashtiriladi, bu 
chaprost deb nom lanadi. H ar ikki holda ham natija yuqori bo'lsa, 
dem ak, ish usuli foydali sanaladi.
Eksperim ental tekshirish o ‘z m aqsadining kengligi bilan farqlanadi: 
ayrim m etodik usullam i tekshirishda om maviylik talab qilinm aydi, 
am m o yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tum an, 
viloyat jalb qilinadi.
Eksperim ent vazifasiga k o 'ra quyidagi hollarda o'tkaziladi:
1) yangi m etod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda;
2) m etod yoki qo'llanm aning qay darajada foydaliligini tekshirishda;
3) m etod yoki q o 'llan m aning muvofiqligini va sam aradorligini 
aniqlashda.
Eksperim ent natijasini chiqarishda belgilangan baho m e’yoriga 
am al qilinadi. Bunday m e’yor aniq, barcha holatlar uchu n ham bir 
xil bo'lishi lozim. O na tili m etodikasida yozm a ishlarda yo'l qo'yilgan 
xatolar soni va xarakteri, m a ’lum bir vaqtda o'qilgan yoki yozilgan 
so'zlar soni, og'zaki hikoya va yozm a inshoning hajmi va izchilligi 
m e’yoridan foydalaniladi.
B oshlang'ich sinflarda on a tili o 'qitish m etodikasi o 'z predm eti 
va vazifalariga m os ravishda em pirik tekshirish m eto did an quyidagi 
ishlarda ham foydalanadi:
1. Tlg'or o 'q itu v c h ila r ish tajribasini um um lashtirish da. Buning 
uchun ilg'or o'qituvchilarning ish-tajribalari o'rganiladi, tahlil qilinadi, 
eng foydali jihatlari aniqlanadi va um um lashtiriladi. Bu m etodika fani 
nazariy xulosalarining to'g 'rilig in i tekshirishda asosiy m ezon bo'lib 
xizm at qiladi, bu fanni yangiliklar bilan boyitib boradi.
2. B oshlang'ich sinflarda on a tili o'qitish m etodikasi sohasidagi 
m eros va yangiliklarni o'rganishda.
3. T a ’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali 
ekanini tekshirishda.
4. Ona tilidan o 'q u vch ilam ing o'qishlari, yozuvi, m ustaqil va ijodiy 
ishlari ustidan kuzatish olib borishda.
5. O 'quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og'zaki qayta hikoya- 
lash, yozm a ish kabi usullar yordam ida tahlil qilishda.
Yuqoridagi tekshirish m etodlari ushbu fanning davr talabidan kelib 
chiqib rivojlanishida katta aham iyat kasb etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tarixidan
0 ‘zbek xalqi ju d a qadim zam onlardayoq ilm -fanga katta e ’tib o r 
bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, 
al-X orazm iy, A m ir T em ur, U lu g ‘bek va boshqa ko‘plab allom alar 
ilm -fanni dunyoga tanitganlar. Ilm -m a ’rifatga beqiyos hu rm at bilan 
qaragan xalqim iz qanday qiyinchilik va to 'siq lar bo'lm asin, o 'z far- 
zandlarining savodli bo'lishini orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq 
m aktabga o'qishga berganlar. M aktabdor dom lalar o 'z usullari va 
tajribalariga asoslanib bolalarga saboq berganlar.
D em ak, O 'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud 
bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechm agan, b a ’zi 
xato va kam chiliklarga ham yo'l qo'yilgan. C hu no nch i, XX asrning 
20-yillarida m aktabni rivojlantirishda ju d a jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi. 
K om pleks dasturlarda ona tilini o'rganish tizim i buzildi: gram m atik, 
orfografik ko'nikm alarga yetarli aham iyat berilm adi. Savod o'rgatishda 
yaxlit so 'z m etodi tilning fonetik xususiyatlariga m os kelm adi, analitik- 
sintetik ishlar t a ’m inlanm adi, puxta, to 'g 'ri yozuv masalalari uchun 
zam in yaratilm adi.
K eyinchalik 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan „B oshlang'ich va 
o 'rta m aktab haq id a“gi, 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan „B osh­
lang'ich va o 'rta m aktab o 'q u v dasturlari rejimi haq ida“gi qarorlar 
yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kam chiliklam i bartaraf qil­
ishda va o 'q u v m ashg'ulotlari tizim ini ishlab chiqishda m aktabga va 
o 'qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o'rgatishda analitik- 
sintetik tovush m etodi qayta tiklandi. G ram m atik, orfografik m ate­
riallarni izchil o'rgatishga, o 'quvchilam ing har tom onlam a savodli 
bo 'lib, m adaniy nutqni egallashlariga katta aham iyat berila boshlandi. 
O 'q uvch ilar va o'qituvchining o'quv m ehnatini tashkil etishning asosiy 
shakli bo'lgan dars m etodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi.
O 'tg an asrning 50—70-yillari m obaynida boshlang'ich sinflarda 
ona tili o 'q itish m etodikasi sohasida anchagina q o'llanm alar yaratildi. 
Bu yillarda o n a tili o 'qitish m etodikasi fan sifatida rivojlana bosh­
ladi, um um iy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilm iy 
tekshirishlarning natijalari on a tili o 'q itish m etodikasini takom illashti­
rish va yangi m etodika yaratishga imkon berdi. O 'zbek tilshunosligi 
sohasidagi m uvaffaqiyatlar ham tilni o 'zlashtirish jarayoniga va m e­
todikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko'rsatdi. Xuddi shuningdek, 
bu fanning rivojlanishiga o'qituvchilarning om m aviy ish tajribalarini 
o'rganish, um um lashtirish katta ijobiy t a ’sir ko'rsatdi. O 'sh a davrdagi 
jurnallarda o 'n lab m etodik m aqolalar bosilib chiqdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1955-yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida b oshlang'ich 
ta ’lim o 'qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Bu 
ham ona tili o 'q itish m etodikasining o'sishiga ijobiy ta ’sir k o 'rsatdi, 
ya’ni bo shlang'ich sinf o'qituvchilarining um um iy va maxsus tay ­
yorgarlik darajasi o'sdi. Institutlar qoshidagi kafedralarda ishlovchi 
ilm iy xodim lar m etodik m asalalarni chuqur, ilm iy asosda hal qilishga 
harakat qildilar.
M ustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o'qitishga katta 
aham iyat berila boshlandi. Bunda 1989-yil 21-oktabrda , , 0 ‘zbek tiliga 
Davlat tili m aqom ini berish haq id a“gi q aro r alohida o 'rin tutadi.
T a ’lim sohasidagi bu o'zgarishlar ona tili o'qitish m etodikasida ham
bir qato r im koniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko'plari 
m aktablarda am aliyotga tatbiq qilinm oqda, ba’zilari hozircha sinovdan 
o 'tkazilm oqda. Sinov davrida, birinchidan, o'quvchiga, uning darsdagi 
va darsdan tashqari vaqtdagi o 'q u v m ehnatiga, u du ch kelayotgan 
qiyinchiliklarga, ko'nikm a-m alakalarini va rivojlanish qonuniyatlarini 
o'rganish m etodikasiga ko'proq aham iyat berilm oqda. Ikkinchidan, 
ta ’lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o'stirish, m ustaqil- 
ligini va o 'q u v ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari 
hal qilinm oqda. U chinchidan, mavjud ta ’lim tizimidagi tekshirishlar 
bilan bir qatorda o'qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish 
m aqsadida ham tekshirishlar olib borilm oqda.
Shunday qilib, fan sifatida ona tili o'qitish m etodikasining o 'z
predm eti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo'lib, bir q a to r fanlar 
o 'rtasid a uning m a ’lum o 'rn i bor. Bu fan ham boshqa fanlar кзЫ. 
rivojlanib, taraqqiy etib borm oqda.
M am lakatim iz m ustaqillikka erishgach, ta ’lim sohasida ham katta 
islohotlar am alga oshirildi. Jum ladan, „ T a ’lim to 'g 'risid a “gi 0 0 -
nun, „K adrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi, „ D a v lat/tili 
to 'g 'risid a “gi qonun qaytadan k o'rib chiqildi, Davlat t a ’lim standartlari 
ishlab chiqildi, ona tili dasturlari va darsliklari yangilandi.
O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 1998-yil 13-may- 
dagi „O 'zbekiston Respublikasida um um iy o 'rta t a ’lim ni tashkil etish 
to 'g ‘risida"gi 203-sonli qarorida um um iy o 'rta ta ’lim ikki bosqichdan 
iborat qilib belgilandi:

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin