K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

13.4.Pul oqimlari to„g„risida 
hisobotni
 tuzish 
 
Pul oqimlari to‗g‗risida 
hisobotning
(4-son shakl) asosiy maqsadi bo‗lib korxonada 
hisobot
davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul 
mablag‗larining davr boshi va oxiridagi 
holati
to‗g‗risida yig‗ ma ma‘lumotlarni aks 
ettirish 
hisoblanadi
.
Hisobot
to‗rtta ustunchadan iborot bo‗ lib, uning 1 va 2- ustunlarida 
hisobotning
ko‗rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‗rsatiladi.
Hisobotning
3 va 4- ustunlarida mos ravishda pul mablag‗larining kirimi va chiqimiga 
doir ma‘lumotlar aks ettiriladi. 
Pul oqimlari to‗g‗risida 
hisobot
ikki bo‗limdan iborot bo‗lib, uning birinchi 
bo‗limida milliy valyutadagi pul mablag‗larining 
holati
va 
harakati
, ikkinchi bo‗limida 
esa chet el valyutasidagi pul mablag‗larining 
holati
va harakati O‗zbekiston respublikasi 
Markaziy bankining kursi bo‗ yicha milliy valyutada aks ettiriladi.
Hisobotda
pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‗ rsatkichlar korxonaning pul oqimlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni bevosita faoliyat turlari bo‗ yicha guruhlashga yo‗naltirilgan. 
9-son BHMS ― Pul oqimlari to‗g‗risida 
hisobot
‖ga muvofiq korxonalarning pul 
oqimlarini asosan 
quyidagi
faoliyat turlari bo‗ yicha guruhlash ko‗zda tutilgan: 
Asosiy (operatsion ) faoliyat bo„yicha
–ushbu guruhda mahsulot, tovar, ish va 
xizmatlarni sotishdan olingan tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun 
ta‘ minotchi va pudratchilarga to‗langan to‗lovlar, xodimlar nomidan to‗langan daromad 
solig‗i va boshqa to‗lovlar, ijtimoiy sug‗ urta bo‗ yicha to‗lovlar va boshqa asosiy 
faoliyatga doir to‗langan pul mablag‗lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida 
(010-050 satrlar) aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi asosiy faoliyatga doir pul 
mablag‗larining kirim va chiqimi ma‘ lumotnomaning 261,262,264,271,273- 
ustunchalarida ko‗rsatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin