K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

1.Boshlang„ich qiymat – 
bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va 
boshqa yo‗llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o‗z 
ichiga 
 
aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni oladi. 
Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang‗ ich qiymati komissiya tomonidan ekspert yo‗li 
bilan topiladi.
2.
Qoldiq qiymat –
bu aktivlarning boshlang‗ich qiymatidan foydalanish davrida 
jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati.
3.
Sof sotish qiymati -
bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab va 
taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida keltirilgan 
qiymat turlaridan kam ham, ko‗p ham bo‗ lishi mumkin. 
Korxona aktivlarining alohida turlarini baholash va kalkulyatsiya qilishda o‗ziga 
xos xususiyatlar mavjud va bunda turli usullardan foydalaniladi. Ular to‗g‗risida keyingi 
boblarda to‗xtalamiz.
2.5.Hujjatlashtirish 
 
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan yana bitta farqli xususiyati 
shundaki, unda aks ettirilgan xo‗jalik operatsiyalari qat‘iy hujjatlashtirilgan bo‗ ladi, ya‘ni 


38 
hisobda aks ettirilgan ma‘lumotlar hujjatli asosga ega bo‗ladi. Bu o‗z navbatida 
buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini muhimliligini, ishonarliligini, yuridik kuchga ega 
ekanligini ta‘ minlaydi. Shuning uchun ham hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining 
muhim usuli hisoblanadi.
Hujjatlashtirish – 
bu xo‗jalik operatsiyalarini ma‘lum bir hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish usuli. 
Hujjat – 
bu ho‗jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi
yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‗ luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-
moddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni
kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo‗jalik 
operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‗ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu 
shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek 
esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi. 
Buxgalteriya hisobida juda ko‗p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli belgilariga 
qarab tasniflash mumkin ( 6-chizmaga qarang ). 
Maqsadiga ko„ra
 
buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi, 
farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga 
bo‗linadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin