Qurilish tashkilotlarida yuqorida keltirilgan jadvaldagi statistika hisobotlarini
2.Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish
xususiyatlari
Qurilish
tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azishda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 27 dekabrda 140-
son buyruq bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish bo‘yicha
tartib»ga asoslaniladi. Quyida ushbu tartibga asoslanilgan holda moliyaviy hisobot
shakllarining alohida moddalarini to‘lg‘azish xususiyatlariga to‘xtalamiz.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)
Asosiy vositalar (012-satr)da qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy
vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi.
Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar
ko‘rsatiladi:
- asosiy vositalarning mos ravishda boshlang‘ich qiymatini hamda jamlangan
eskirishini aks ettiruvchi schyotlar (0110-0199 va 0210-0290)ning davr oxiridagi
qoldiqlari summalarining farqi;
- belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan uzoq muddatli
ijaraga
olingan asosiy vositalarning, chunonchi lizing bo‘yicha sotib olinadigan
qurilish mashinalari va uskunalarining qoldiq qiymati (mos ravishda 0310 va 0299
schyotlar qoldiqlari o‘rtasidagi farq summasi);
- titulli vaqtinchalik bino va inshoatlarning qoldiq qiymati. Ushbu aktivlarga
kiruvchi bino va inshoatlarning ro‘yxati, ularning boshlang‘ich qiymati, jamlangan
eskirish summasi va qoldiq qiymati qurilish tashkiloti
hisob siyosatida aniq
ifodalangan bo‘lishi lozim, jumladan, ularning qoldiq qiymati mos ravishda 0120
va 0220 schyotlar tarkibida ochiladigan analitik schyotlar qoldiqlari farqi
summasidan iborat bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: