K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə39/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Hujjat 
Miqdori, t. 
Bahosi 
Summasi 

Sana 
125
5 may
30
85000
2550000

142
15 may


20
90000
1800000

May oyida 55 tonna sement qurilish ishlariga sarflangan bo‘lsa, u holda


sementning qurilish tannarxiga kiritilgan qiymati FIFO usul bo‘yicha 4700000
so‘mni ( 10*80000 + 30*85000 + 15*90000), 1 iyun holatiga omborda qolgan
sementning qiymati 450000 so‘mni (5*90000) tashkil etadi.
AVEKO usulida materiallarning bosh qoldig‘i va kirimi asosida ularning
o‘rtacha bahosi aniqlanadi. Keyin ushbu o‘rtacha baho sarflangan va qoldiq
materiallarga ko‘paytirilib, mos ravishda ularning qurilish qiymati (tannarxi)ga
kiritilgan hamda qoldiqda qolgan qismlarining qiymati topiladi. Yuqoridagi
ma’lumotlarga ko‘ra 1 tonna sementning AVEKO usul bo‘yicha o‘rtacha bahosi
85833,33 so‘mni

( 800000 + 2550000 + 1800000) : (10 + 30 + 20)

, qurilishga
sarflangan sementning qiymati 4720833 so‘mni (55*85833,33), oy oxirida qolgan
sementning qiymati esa 429167 so‘mni (5*85833,33)ni tashkil qiladi.
Materiallar qiymatini baholashning bir o‘zini identifikatsiya qilish usuli,
odatda, yakka (individual) tarzda yaratilgan va o‘z analogiga ega bo‘lmagan
materiallarga (moslamalar, konstruksiyalarga) taalluqlidir. Bunday materiallar
qaysi baholarda olingan bo‘lsa, o‘sha baholarda hisobdan chiqariladi.

2.Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va 
ularning ombor hisobi

Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish ularning kelib


tushish manbalariga, tashib keltirish shartlari va usullariga, shuningdek nima
maqsadlarda chiqim qilinganligi va boshqa holatlarga bevosita bog‘liqdir. Ushbu
maqsadlarda qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy
ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. Quyida materiallar harakatiga doir ayrim
asosiy boshlang‘ich hujjatlarni tuzish va ulardan foydalanish tartiblariga qisqacha
to‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlariga materiallar asosan ta’minotchilardan, bosh pudratchi
va subpudratchilardan, buyurtmachilardan, ta’minot-savdo korxonalaridan kelib


tushadi. Materiallar ta’sischilardan ularning ustav kapitalidagi ulushi sifatida,


shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz moliyaviy yordam
sifatida olinishi ham mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin