yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan
buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida
ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va
tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun
bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning
harakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki
xolatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan
asosiy maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida ko‘tarish;
harakatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirish;
ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat
unumdorligini oshirish;
texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish.
Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati
to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat
imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot
uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: