Misol. Aytaylik, qurilish ob’ektining shartnoma qiymati 60000000 so‘m,
shundan QQS (20 %) 10000000 so‘m. Demak, qurilish ob’ekti bo‘yicha sof
tushumning shartnoma qiymati 50000000 so‘m (60000000 – 10000000). Qurilish
ob’ektining smeta bo‘yicha tannarxi 35000000 so‘m. Qurilishning tugallangan
qismining haqiqiy tannarxi 28000000 so‘m.
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra:
(1) qurilishning tugallanish foizi – 80,0 % (28000000 / 35000000);
(2) qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi yalpi tushum – 48000000
so‘m (60000000 * 80 % / 100 %);
(3) qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi sof tushum (daromad) -
40000000 so‘m (50000000 * 80 % / 100 %);
(4) qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi 8000000
so‘m (48000000- 40000000).
Daromadlarni tugallanish foizi asosida tan
olish usulida qurilishning
tugallangan qismining qiymati va tugallanish foizi pudratchi hamda
buyurtmachilar tomonidan imzolangan «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar)
qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan tasdiqlanadi.
Ushbu
hujjat asosida qurilish tashkilotida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromad
hamda QQS summalariga yuqorida keltirilgan
mos ravishdagi buxgalteriya
yozuvlari beriladi.
Bosqichli usul qurilish ob’ektining tarkibiy qismlarini bosqichma- bosqich
topshirish hollarida qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llashning
asosiy shartlaridan biri
bo‘lib qurilish loyihasi va qurilish loyiha-smeta hujjatlarida uning alohida olingan
tarkibiy qismlarining shartnoma qiymati hamda smeta tannarxini alohida
belgilanganligi hisoblanadi. Bunday holatlarda qurilish ob’ektining alohida olingan
tarkibiy qismi (bosqichi)ga doir daromad va tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura» hamda KS-6 shakldagi hisob registrlari bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar
asosida qurilish ishining alohida bosqichini bajarishdan olingan daromad va QQS
summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.
Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan
olingan daromadlarning
analitik hisobi 16-s ishlov qaydnomasida yuritiladi. Ushbu ishlov qaydnomasida
tahliliy ma’lumotlar buyurtmachilar hamda ular
uchun bajarilgan qurilish
ishlarining turlari bo‘yicha mujassamlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: