Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

6.Aqliy hujum. 

Aqliy hujum muammolarni hal qilishda  keng  qo’llaniladigan samarali metoddir. U 

o’quvchilarni  mustaqil  fikrlashga,  o’z tasavvurlari  va  ijodlaridan  foydalanishga  undaydi. 

Aqliy hujum metodidan darsning uchala bosqichida ham foydalanish mumkin. 



 

Savol - javob metodi: 

Savollar 3 xil bo’ladi: 

1. Yo’naltiruvchi                      

 2. Ma'lumot beruvchi 

3. Esga keltiruvchi 

Savol - javob metodidan  o’tgan mavzuni so’rash va yangi  mavzuni mustahkamlash 

bosqichida  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  Savol  -  javob    metodidan    foydalangan  

holda    didaktik  (ta'limiy)  o’yinlardan  foydalanilsa  ta'limda  samaradorlik  (o’quvchilar 

faolligi) oshadi. 

Bu o’yinlardan  biri  -  "·qo’stingni top" o’yinidir.  O’yinni tashkil etish uchun o’tgan 

mavzuga doir o’quvchilar soniga qarab savol -  javob  kartochkalari  tayyorlanadi.  Barcha 

o’quvchilarga  bu  kartochkalar  tarqatiladi.    Shovqin  bo’lmasligi  uchun  bir    boshdan 

savollarni  o’qish  taklif  etiladi.    Savolni  eshitgan  barcha  o’quvchilardan  birtasiga  shu  

savolning  javobi  bor  u  aytishi  lozim. Darsda shunday  holatlar bo’ladiki hech kimdan 

sado  chiqmaydi  unda  boshqa  savolga  o’tiladi.   O’yin  oxirida    kimga    javob    kartochkasi 

qolganligi  aniqlanadi    va    bu    qaysi  savolning  javobi  ekanligi  o’qituvchi  va  o’quvchilar 

yordamida  topiladi.  Savol  -    javob  metodidan  "baliq  ovi"  o’yinida  ham  foydalanish 

mumkin.  Baliqchalar shakli  karton  qog'ozidan  tayyorlanadi, magnit, ip va tayoqchadan 

qarmoq tayyorlanadi. Baliqchalarga savol yoziladi. Kartonga  skripka  bog'lab  qo’yiladi.  

Biror    sovg'adan  bo’shagan  karobka  olinadi,    unga  baliqchalar  solinadi.  O’quvchilar 

navbat bilan kelib qarmoq tashlab baliqni  ovlaydi  va  savolga javob beradi. Savol - javob 

metodidan  bahs  davomida  ham  foydalanish  mumkin.  O’rtaga    savol  muammo  tarzida 

tashlanadi.  O’quvchilar  bu  savolga  munosabat  bildiradilar.    To’g’ri  javobni    topishga  

harakat qiladilar. 




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin