ESLATMA: ushbu usuldan “dispersiya” mavsuzini o’tib bo’lgandan keyin
foydalangan ma’qul.
Gul usuli.
Darsga tayyorgarlik bosqichida mavzuga moslab 6 ta chizma plakatga
chiziladi. Shu 6ta chizmaning har biridan 5 tadan kichiklashtirilgan nusxasi
ko’paytiriladi. Qo’ng’iroq chalinishi bilan o’quvchilarga beriladi Sinfdagi
o’tirgichlar guruh bo’lib ish olib borishga moslab qo’yiladi. Har bir partaga birta
katta plakatdan qo’yiladi. O’quvchilar qo’lidagi chizmaga mos chizmani topib ,
o’sha partaga borib o’tirishi lozim. Katta plakatdagi chizmaga moslab har bir guruh
o’zi o’ziga nom tanlaydi. Guruh taqdimoti o’tkaziladi va dars davom ettiriladi.
Biz yuqorida Siz bilan o`z ish faoliyatimizda qo`llab kelayotgan interfaol
metodlardan faqat mashg`ulotlarimizning (dars) tashkiliy qismida o`tkaziladigan
guruhlarga ajrashish yo`li bilan tajriba almashdik. Shu o`rinda shuni
ta`kidlamoqchimizki agar mashg`ulotda qatnashuvchilar guruh bo`lib ishlasalar
an`anaviy deb hisoblab kelinayotgan suhbat, savol - javob, ma`ruza, og`zaki
bayon qilish, darslik ustida ishlash, demonstrasiya, illyustrasiya, sayohat, amaliy
mashg`ulot, dasturli o`qitish kabi metodlar ham interfaol metodga aylanadi.
42
Interfaol metodda dars beradigan o`qituvchi o`z o`rnini o`quvchisiga bo`shatib
beradi. O’qituvchi faqat guruhlar ishini boshqaradi.
Lekin guruhlar ishini boshqarishda ham o`qituvchidan katta pedagogik
mahorat talab etiladi. Ana shunday o`qituvchilargina XXI asr o`qituvchilaridir.
Dostları ilə paylaş: |