Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Muammoli ta’limni nazariy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

Muammoli ta’limni nazariy asoslari. 

Maktablar  oldida  turgan  bosh  maqsad  o`quvchilarni  har  tomonlama  garmonik 

rivojlanishni  ta’minlashdan  iborat.  O`quvchi  shaxsini    har  tomonlama  garmonik  

rivojlanishni  ko`rsatuvchi  asosiy  faktor  uning  yuqori  darajada  mustaqil  fikrlay  olishida 

namoyon bo`ladi. 

  Agar  o`quv  jarayoni  o`quvchini  mustaqil  fikr    yurita    olishga  o`rgatsa,  unday 

ta’limni rivojlantirishga asoslangan o`quv- biluv jarayoni deb qabul qilish mumkin. 

 

Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish. 



Muammoli vaziyatni asoslash, tushuntirish. 

Muammoli vaziyatni  o`quvchilar bilan birgalikda tahlil qilish. 

Muammoli vaziyatni   yechimining bir necha usullarini aniqlash. 

Muammoning natijaviy  yechimini tanlab, har tomonlama baholash. 

Muammoli ta’limning umumfunksiyalari. 

-  Bilimlar  tizimining  o`quvchilar  tomonidan  o`zlashtirib  olinishi  va  aqliy-amaliy, 

ijodiy yechimlar faoliyati

-  Mustaqil  ravishda  bilimga  bo`lgan  qiziqishlarining    ortishi,  o`quvchining  ijodiy  

qobiliyatlari o`sishi; 

- O`quvchida didaktik- materialistik rivojlanishning  shakllanishi; 

Muammoli ta’limning o`ziga xos funksiyalari. 

- Ijodiy fikrlash orqali bilimlarni o`zlashtirish shakllanadi. (ayrim mantiqiy va ijodiy 

fikrlash faoliyatlarning  shakllanishi) 

-  Olgan  bilim,  malakalarini  hayotda    qo`llay  olishlari  shakllanadi,  o`quv 

muammolariga mustaqil  yo`l ochish ko`nikmalari xosil bo`ladi. 

-  ijodiy  fikrlash  tajribalari  shakllanadi,  ilmiy  metodlar  asosida  izlanishga 

o`rganadilar, uning amalda qo`llaydilar. 

  Ilmiy  izlanish  tajriba-  sinovlar,  pedagogik  amaliyotlar  shuni  ko`rsatadiki, 

muammoli  vaziyatlarni  hamma  o`quv  faoliyatlariga  nisbatan  quyidagi  tiplarga  bo`lish 

mumkin. 



 

1-tip.  Agar  o`quvchilar  oldiga  vazifalar  qo`yilib,  qo`yilgan  masalalarga  hayotdan 



o`quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib chiqadi. 

2-tip.  O`quvchilar  ilgarigi  darslarda  olgan  bilimlarini  yangi  mavzuni  o`zlashtirish 

vaqtida  qo`llash zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi  mazmunning  yechimi ilgarigi 

olgan bilimlarini o`zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar. 

3-tip.  Muammoli  vaziyatlarni  shunday  holatlarda  ham  uchratish  mumkinki, 

o`rganilingan nazariy bilimlar yechimida mavzui o`rganish amaliy yechimlariga mos 

kelmasa. 

1- 


tip.  Muammoli  vaziyat  shunday  hollarda  ham  uchrashi  mumkinki,  o`quv 

topshirigi amalda bajarish uchun o`qituvchida  isbot, nazariy asos bo`lmasa. 

O`quvchini fiklashga yo`naltirilgan maxsus vositalarni qo`llab, uni fanga qiziqtirish, 

erkin  fikrlashga  o`rgatish,  rivojlantirish  tizimi  yaratib  borilsa,  buni  muammoli  ta’lim 

deyish mumkin. 

O`quvchini  faollashtirishda  samarali  metod,  usullarini  an’anaviy  ta’limni  amalga 

oshirishda didaktik yondashuv asosida olib borilishi deb tushuntiriladi. 

O`quvchilarning  aqliy  fikrlashlarni  tayyor  mavjud  bo`lgan  yo`llar  bilan  o`stirish 

maqsadida  erishishning  oddiy  usuli  bo`lib,  u  ijodkorlikka,  izlanuvchanlikka  olib 

kelmaydi. 

Muammoli  ta’lim  jarayonida  o`quvchi  tahlillar  asosida  qo`llash,  sintez  qilish, 

umumlashtirish,  faktik  materiallarni  aniqlashtirish,  o`zi  mustaqil  yangi  axborotni  oladi. 

Boshqacha  aytganda,  bu  bilimni  kengaytirish,  chuqurlashtirishni  ilgariga  olgan, 

o`zlashtirgan bilimlari asosida o`zlashtirish, qo`llay bilishdan iborat. 

Olgan bilimlarni yangicha qo`llashda o`qituvchi qo`llanma, darslikdan tayyor qolda 

bermaydi,  u  o`quvchi  tomonidan  izlab  topiladi.  Mana  shu  holat  izlanuvchanlik, 

sinchkovlik metodida ishlash ko`nikmalarini shakllantiradi. 

  Aqliy  izlanish-  juda  murakkab  jarayon,  u  asosan  muammoli  vaziyat  vujudga 

keltirilganda,  aniq  muammolar  kuchaygandagina  vujudga  keladi.  Agar  o`qituvchi 

topshiriq  berib,  uni  qanday  bajarish  yo`lini  aytib,  uni  bajarishga  undasa,  bu  muammoni 

yechishga kirmaydi. Bu o`quvchini  tanho yechimga o`rgatadi xolos. 

     O`quvchini  haqiqiy  faollashtirish,  uni  muammoni  mustaqil  fikrlash,  nazariy, 

amaliy  tomonlarini  hisobga  olish,  tahlil  orqali  muammo  yechimini  o`zi  o`ylagandek  

yakun toptirishga olib kelish kerak. 

     Muammoli  ta’lim  an’anaviy  ta’limdan  o`zining    maqsad,  prinsip,  metodlari, 

vazifalari jihatidan keskin farq qiladi. An’anaviy ta’limning bosh maqsadi ilgaridan fanga 

ma’lum  bilimlarni  o`zlashtirish,  o`quvchini  fanga  ma’lum    ma`lumot  bilan 

qurollashtirish, ularda ular haqida tushuncha va malakalar hosil qilishdan iborat. 

Muammoli ta’lim darajalari. 

Birinchi  bosqich.  O`qituvchi  muammoni  to`liq  yoritadi  va  uni  yechimini  topib 

beradi, qarshi savollar yordamida o`quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi. 

Ikkinchi bosqich. O`qituvchi muammoni qo`yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin 

o`quvchilarni muammo yechimini mustaqil izohlashga yo`naltiradi. 

 Uchinchi  bosqich. O`qituvchi  muammoni  bayon  etmaydi, balki  muammoli  vaziyat 

yaratadi. O`quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo`llarini izlab 

topadilar. 




 

To`rtinchi bosqich. Bunda o`qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga 



yaqinlashib boradi,  lekin uning mazmuni va yechimini ko`rsatmaydi. 

O`quvchini  mustaqil  faoliyatga  yo`naltiriladi.  Muammoli  ta’limda  o`qituvchi, 

o`quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali 

ravishda  muammolar  qo`yib  beradi,  o`quvchiga  axborot  beradi,  o`quvchi  mustaqil 

ravishda xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o`quvchi yordamida ma’lum tushuncha 

qoidalar,  xulosalar  chiqaradi.  O`qitish  shunday  xislatki,  o`quvchi  o`z  faoliyatida  ta’lim 

mazmunini  bayon  qilishda  qolgan  muammolar  vaziyatlarni  keltiradi.  Bir  vaqtda 

muammoni hal yetishga undaydi. 

Muammo  –  ilmiy  bilishni  rivojlantirish  zarurligini  sub`ektiv  shaklidir. 

Umummuammoli  vaziyatda,  ya’ni  jamiyat  rivojlanish  jarayonida  bilish  va  bilmaslik  

o`rtasida ob`yektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.  

Muammoli  o`qitish  –  o`quvchilar  o`quv  –  biluv  jarayonida  muammoli  vaziyatni 

tahlil  etish,  sintez  qilish,  umumlashtirish  asosida  uning  yechimi  bo`yicha  takliflar, 

gipotezalar keltiriladi. Qarashlarining to`griligini isbotlashga harakat qiladilar.  

Muammoli  vaziyat  –  bu  insonning  intellektual  qiyinchiliklarda  paydo  bo`lgan 

vaziyatlardan chiqish jarayoni ma`sullari va nomas`ullari faktlarga suyanib, maqsad sari 

intilishi vaziyatdan chiqa olishga intilishi, qiziqishlar orqali ijodkorlikka mahsulot olishga 

yo`l ochadi. 

Muammoli  vaziyat  …  muammo…  uning  yechimini  izlab  topish…  muammoning 

yechimi.    

O`quv-  tarbiyaviy  ishlarni  takomillashtirish,  ta’lim  jarayoniga  va  o`quv-biluv 

jarayoniga  «Muammoli  o`qitish»  didaktikasini  joriy  etib  borish  asosiy  ish  jarayoniga 

aylanmog`i kerak. 

  Muammoli  ta’lim  ta’lim-  tarbiya  jarayonini  faollashtirish,  o`quvchilarning  o`quv- 

biluv jarayoniga ehtiyoji qiziqishi, xohishini orttirishga sabab bo`ladi. 

  Agar  o`qituvchi  muammoli  ta’limning  mazmun-  mohiyatini  yaxshi  o`zlashtirib 

olsa,  o`quv  jarayonining  shakli  va  metodlarini,  texnik  jihatdan  jihozlanishini  amalda 

qo`llay  olsa u o`z- o`zidan muvaffaqiyat keltiradi. 

  O`qituvchining    didaktik  jihatdan  yaxshi  tayyorgarligi  juda  muhimdir.  Chunki 

muammoli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha o`rganish- o`quv jarayonini 

san’at darajasiga olib chiqish demakdir, u o`z navbatida o`quvchining ta’lim mazmunini 

to`la o`zlashtirib olishga kafolatdir. 

Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli kechish shartlari 

1. O`quv materiallarini muammolashtirish. 

2. Bolaning faolligini tashkil etish. 

3. O`qitishning bola hayoti, turmush tarzi, mehnati o`yin bilan aloqasi. 

Muammoli vaziyatlar yaratish usullari. 

1.  O`qituvchi  bolalarni  ziddiyat  holatiga  keltiradi  va  o`zlaricha  yechimini  topishni 

taklif qiladi. 

2. Amaliy faoliyatdagi  ziddiyatlar to`qnashuvini vujudga keltiradi. 

3. Bir savolning o`ziga har xil fikrlarni bildiradi. 

4. Hodisani har xil pozistiyadan ko`rib chiqishni taklif qiladi. 

5. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishiga undaydi. 

6. Aniq savollar qo`yadi, yechimini so`raydi. 




 

7. Muammoli topshiriqlarni qo`yib, yechimini so`raydi. 



Muammoli o`qitish metodlari. 

1.  Muammoli  bayon  etish,  bunda  pedagog  mustaqil  ravishda  muammoli  vaziyatni 

vujudga keltiradi va uning mustaqil yechimini qidiradi, topadi. 



2.  Pedagog  mustaqil  ravishda  muammoni  qo`yadi,  ammo  uning  yechimini 

o`quvchilarni jalb qilgan holda hamkorlikda izlaydilar, topadilar, xulosalaydilar.  



3.  Pedagog  o`quv  jarayonida  o`quvchilar  oldiga  muammoni  qo`yadi.  O`quvchilar 

uni izlaydilar, axborot almashadilar, qayta ishlab, o`zlarining ishtiroklaridagina yechimni 

topadilar.  

4.  Muammoli  vaziyat  o`quvchilarni  o`zlari  tomonidan  vujudga  keltiriladi.  Uning 

yechimini boshqa o`quvchilar izlanish, yangicha fikrlash orqali topadilar, o`zaro yechim 

qidiradilar. O`qituvchi yo`llanma, maqullash orqali passiv ishtirok etdi.  

Muammoli  ta’lim  sohasida  qalam  tebratgan  M.I.Mahmudov,  M.N.Skatskin, 

I.Ya.Larner kabi olimlarning xulosalariga ko`ra quyidagi metodlarni keltirish mumkin: 


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin